3. Haqqoniylik (ob'ektivlik). Bir-biridan mustaqil ta'lim beruvchilar bir xil talabalarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo’yicha bir xil baho bergan holdagina mazkur baholash haqqoniy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir.
Baholash tizimi o’quv maqsadlariga mos bo’lishi, shuningdek, baholash shart-sharoitlari va maqsadlari bilan talabalar oldindan tanishgan bo’lishlari lozim. Talabalarga bir xil murakkablikdagi va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
4. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qo’yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo’lishi uchun baholash asosli va aniq ma'lumotlarga asoslangan bo’lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo’naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi.
Baholash ishonchli bo’lishi uchun talabalarda bir-biriga o’xshash, ammo har xil sharoitlarda baholash o’tkazilganda, natijalari bir xil bo’lishi kerak. Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning natijalari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo’lishi uchun turli ekspertlar yordamida baholash o’tkazilganda, uning natijalari bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak.
Baholash ishonchliligining ikki tomoni bor:
Baholash usulining ishonchliligi. Agar foydalanilayotgan baholash usulining ishonchliligi yuqori bo’lsa, talabaning o’zlashtirish darajasi baholashning har xil usullaridan foydalanganda ham o’zgarmay qoladi (olingan natijalar bir xil, o’zgarmas bo’ladi).
Baholashning o’zlashtirish darajasini hisobga olish ishonchliligi. Talabaning o’zlashtirish darajasini baholash usullarining ishonchliligi deb, baholash boshqa joyda va boshqa imtihon oluvchi tomonidan o’tkazilganda ham, uning bir xil bo’lishi, o’zgarmasligi tushuniladi.
Baholash usullarining ishonchlilik darajasi quyidagi holatlarda ko’proq bo’ladi:
hamma talabalar qo’yilgan talabni aniq tushunsa;
baholash shartlari oldindan ma'lum qilinsa va unga rioya qilinsa;
hamma natijalar baholashning oldindan kеlishilgan mеzonlariga to’la asoslangan bo’lsa;
tasodifiy xatolarni kamaytirish maqsadida mos baholash turlari qo’llanilsa.
5. Qulaylik. Baholash tizimi o’quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o’quv va ishlab chiqarish standartlariga mos bo’lishi, murakkab bo’lmasligi, nazorat o’tkazuvchi va talaba uchun qulay bo’lishi lozim. Baholashni o’tkazishda imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo’lsa, ball berish o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Bunda mavzuning muhimroq bo’lgan qismlariga unchalik muhim bo’lmagan qismlariga nisbatan ko’proq ball berish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |