3-ilova
“Charxpalak” texnologiyasi
Bu usulda talabalar ikki guruhga bo’linadilar, har bir guruhga bir xil jadval beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar, so’ngra bu jadval 3-5 marta boshqa guruhga aylana bo’yicha o’tadi. Talabalar yana o’z fikrlarini bildiradilar. Ohirida o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida umumlashtirilib, to’g’ri javob aniqlanadi.
№
|
O’simliklar oilalari
|
Astradoshlar
|
Torondoshlar
|
Dalachoydoshlar
|
Karamdoshlar
|
Zubturumdoshlar
|
Ra'noguldoshlar
|
Gazandadoshlar
|
Dukkakdoshlar
|
|
Samarqand bo’znochi– Helichrysum maracandicum DC.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ko’ka – Tussilago farfara L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qizilmiya– Glycyrrhiza glabra L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jag’-jag’ – Capsella bursa pastoris Medic.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oq andiz– Inula grandis Schrenk.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ittikanak – Bidens tripartita L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Achchiq shuvoq – Artemisia absinthium L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bo’ymodaron– Achillea millefolium L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oqquray – Psoralea drupacea Bge.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qushtoron – Polygonum avicularis L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Katta zubturum -Plantago major L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dalachoy (qizilpoycha)– Hypericum perforatum L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Chayono’t (gazanda) - Urtica dioica L.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Na'matak turlari– Rosa sp.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-ilova
«Tushunchalar taxlili» uslubi
Bu usulda talabalar ikki guruhga bo’linadilar, har bir guruhga har xil jadval beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar va har bir guruhdan bitta vakil chiqib to’ldirilgan tushunchalarni gapiradi. Talabalar yana o’z fikrlarini bildiradilar. Ohirida o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida umumlashtirilib, to’g’ri javob aniqlanadi.
Mazmunda – rasm, so’zlarda ifodalanadi
Tushunchalar – tushunchalar so’z bilan tushuntiraladi
7- amaliy mashg’ulot. Mahsus fanlarni o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning reyting tizimi.
Ishdan maqsad: talabalarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni takomillashtirish, baholashning ahamiyatini, baholash tamoyillari va xatoliklarini, baholash shakllarini taqqoslashni, tеst turlari bo’yicha topshiriqlar ishlab chiqishni, amaliy ko’nikmalarni baholash mеzonlarini ishlab chiqishni o’rganish.
Amaliy mashg’ulotining tashkiliy tuzilishi va xronometraji
Talabalarning davomati va darsga tayorlanish darajasini
aniqlash - 30 daqiqa
ishlarni tushuntirish - 10 daqiqa
Mashg’ulotda talabalarning mustaqil shug’ullanishi - 100 daqiqa
Bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati - dars davomida
Mazkur mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirish
darajasini yakuniy nazoratdan o’tkazish - 5 daqiqa
Keyingi amaiy mashg’uloti uchun uyga vazifa - 5 daqiqa
Mustaqil tayyorlash uchun savollar
Baholash-qanday jarayon?
Nima uchun baholashni o’tkazish kеrak?
Baholash qanday tamoyillarga asoslanadi?
Qanday baholash xatoliklari mavjud?
Mеzonga asoslangan baholash qanday afzalliklardan iborat?
Mе'yorga asoslangan baholash qanday kamchiliklardan iborat?
Og’zaki va yozma baholashda topshiriq shakllarining qanday turlaridan foydalaniladi?
Baholashda qanday tеst turlaridan foydalaniladi?
Tеstlarni tuzishda qanday qoidalarga rioya qilish zarur?
Talabalarning amaliy ko’nikmalari qanday mеzonlar orqali baholanadi?
Baholash - ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan bеlgilangan mеzonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Talabalar tomonidan o’quv matеriallari o’zlashtirilganligini, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tеkshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o’qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o’quv jarayonining turli bosqichlarida talabalarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson o’zlashtirilishi aniq ravshan bo’ladi. Bu talabaning ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko’rishi va o’quv mashg`ulotini o’tkazishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdеk, talabaga ham ta'lim jarayonida qaysi o’quv matеrialini yaxshi, qaysini qoniqarli va nimani yomon o’zlashtirgani ma'lum bo’ladi. Bilimlarni tеkshirmasdan talaba o’z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to’g`ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go’yo o’quv matеrialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tеkshirish chog`ida esa matеrialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma'lum bo’lib qoladi. Baholash natijasida, talabalarning o’rganilayotgan matеriallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo’llay olish, tahlil qilish va o’z bilimlariga tanqidiy baho bеrish darajalari aniqlanadi.
Bilimlarni, ko’nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda talabalarning o’qishga, o’z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni еngish istagi tug`iladi. Baholash hamisha talabaning shaxs sifatida o’ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Talabani muntazam ravishda o’z natijalari to’g`risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishiga va istaklarini ro’yobga chiqarishga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Ta'lim bеruvchi talabaning o’ziga nisbatan munosabatini, tuyg`ularini, uning xaraktеridagi irodalilik, hamkorlik, o’zaro bir-biriga yordam bеrish kabi sifatlarini shakllantirishga e'tibor qaratishi lozim bo’ladi.
Ba'zan baholash jarayonida talaba qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalarga ham erishadi. Ta'lim jarayonida o’zlashtirmagan tushunchalarining mohiyatiga tushunib еtadi. Shu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining davomi dеb ham aytish mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta'lim muassasasi jamoasining ta'lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, talabalarning umumiy o’zlashtirish darajasiga baho bеriladi va tеgishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta'lim standartlarida davlat tomonidan qo’yilgan talablar nеchog`lik bajarilayotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta'lim tizimi va uning komponеntlari tеkshirilib ko’rilishi kеrak. Bu bilan ta'lim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tеkshirilib o’lchanadi. Baholash natijasida nafaqat talabaning, balki ta'lim bеruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdеk, o’quv jarayonidagi kamchiliklar xam aniqlanadi.
Yuqorida kеltirilgan fikrlardan kеlib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |