Tahliliy ma'ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma'lum bir tizimga solingan savollarni ma'lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko’pincha oliy o’quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtihon-attestatsiyalar oldidan o’tkaziladi.
Yakunlovchi ma'ruza ma'lum bir mavzu, muammoni yoki faktni o’rganib, uning yakuni bo’yicha o’tkaziladi. Muammo yechirnlari va fanning predmeti to’g’risida asosiy xulosalar bayon etiladi.
Ma'ruzaga qo’yiladigan asosiy talablarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Ma'ruza tayyorlash shakliga, boshqacha aytganda ma'ruza
matniga qo’yiladigan talablar.
Ma'ruza o’qishga qo’yiladigan talablar.
Birinchi guruh, ma'ruza matniga qo’yiladigan talablar quyida-gilardan iborat:
O’qituvchi ma'ruzaning detallashtirilgan rejasi, boshqacha
aytganda, texnologik xaritasim tuzishi zarar. U aniq va lo’nda
ifodalangan butun ma'ruza mazmunini qamrab oluvchi masalalarni
o’z ichiga olishi zarur.
Bayon qilinishi ko’zda tutilgan masalalar mantiqiy izchillikda
yoritilishi hamda ular qisqacha xulosalar bilan yakunlanishi kerak.
Ma'ruza matni kirish, asosiy va yakuniy qism, ya'ni xulosa
qismlaridan iborat bo’ladi.
Ma'ruzaning mazmuni ochib beriladigan asosiy qismida
quyidagi jihatlarga e'tibor berilishi lozim:
a) ma'ruzaning g’oyaviy nazariy jihatlari:
mavzuning asosiy tushunchalarini o’quv dasturiga mos ra-
vishda ochib berilishi;
ma'ruza matnining ilmiyligi;
ma’ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi
masalalarning berilishi;
nazariyani amaliyot bilan bog’liqligi;
o’rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o’rni bel-
gilanishi va boshqalar.
b) ma'ruzaning metodik jihatlari:
* ma'ruzaning mantiqiyligi va isbot talab qilmasligi;
materialni avodli va mazmundor tarzda berilishi;
o’quvchi-talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari;
tarbiyaviy yo’nalishga ega ekanligi.
Ma'ruzani o’qish va matnini tayyorlash jarayonida qo’llaniladigan barcha an'anaviy va zamonaviy usullar, yo’llar hamda texnik vosita, jumladan, multimedia vositalari va ko’rgazmali o’quv qurollari bayon qilinayotgan mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Ma'ruzaning yakuniy qismi, xulosasida quyidagilar ko’rsatilishi shart:
mavzu yuzasidan asosiy xulosalar;
ma'ruzadagi asosiy tayanch tushunchalar;
* talabalarda bilishga va o’rganishga qiziqish uyg’otuvchi
hamda o’zlashtiruvchilarni nazorat qilish imkonini beruvchi savol-
lar turkumini keltirilishi;
5. Adabiyotlar ro’yxati ma'ruza mazmunmi aks ettirishi lozim.
Ikkinchi guruhga ma'ruza o’qiydigan o’qituvchi va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar kiradi.
Ma'ruza o’qish jarayon sifatida o’byektiv va subyektiv tomonlarning birligidir.
Ma'ruza o’qishning obyektiv tomoniga o’qituvchiga bog’liq
bo’lmagan, o’rganilayotgan fanning mazmuni, dars o’tish tamoyil-
lari kiradi. Subyektiv tomonlariga esa:
O’qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
O’qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun-
qoidalarini qo’llay bilish mahorati;
d) har bir o’qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo’llashdagi individual xususiyatlari kiradi.
Dars berishda pedagog subyektiv omil sifatida namoyon bo’ladi. Ko’p jihatdan talabalarning o’zlashtirishi o’qituvchining dars o’tishda tanlagan metodlariga bog’liq.
Har bir o’qituvchi o’z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma'ruza va nutqida o’ziga xos jihatlarini ko’rsatadi. Ma'lum bir mavzuni yoritishda o’qituvchi o’zi yaxshi bilgan yoki o’zining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’lgan, lekin shu mavzuga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan savolga ko’p vaqt ajratib, qolgan savollarni ko’rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu — mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun dars o’tishdagi muhim vazifalardan biri, bu — subyektiv omillar, albatta, obyektiv omillarga bo’ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Bunda, albatta, to’plangan metodik tajriba qo'l keladi.
Ma'lum bir yo’nalishga, farmasevtikani asosiy qonunlari, tendensiyalari, prinsiplari, ijtimoiy, farmasevtika taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo’yilishini ilmiylik bilan hamda farmasevtikaning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta'minlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |