O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi tosнkеnt tibbiyоt akadеmiyаsi



Download 452,24 Kb.
Sana04.04.2017
Hajmi452,24 Kb.
#6072
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASН VAZIRLIGI

TOSНKЕNT TIBBIYОT AKADЕMIYАSI
“Tasdiqlayman”

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Professor Teshaev O.R.

_____________________________

«27»avgust 2015 yil

Kafedra: DAVOLASН FAKULTЕTI FAKULTЕT VA GOSPITAL JARROHLIK KAFЕDRASI


Predmet: Fakultet jarrohlik


TA'LIM TЕXNALOGIYАSI

Amaliy mashgulotda dars mavzusi:



«O’TKIR APPЕNDITSIT»

Toshkent–2015y.

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Berkinov U.B.

Assistent Saxiboev D.P.

Ta'lim texnologiyasi tasdiqlangan:

Kafedra majlisida bayonnoma № 1 «27»avgust 2015 yil




Mavzu: Utkir appenditsit



  1. O‘quv mashgulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Mavzuni o’rganish davomiyligi - 6 soat.

Talabalar soni: 8-10 kishi

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Amaliy mashgulot (seminar) o’quv xonasida o’tkaziladi. Seminar «o’rgamchak to’ri» usulini qo’llash bilan o’tkaziladi.

Mashgulot o’tkazish joyi

Mashgulot davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi va uni klinik bazalarida o’tkaziladi (TTA 2-klinikasida joylashgan o’quv xonasi, palatalar, boglov xonasi, poliklinika).

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

  1. Kirish qismi

  2. Amaliy qism

- Bemorlar kuratsiyasi

- amaliy ko‘nikmalarni egallash

- amaliy qism muxokamasi


  1. Nazariy qism

- nazariy qism muxokamasi

  1. Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlari va amaliy ish natijalarini baxolash

- o’z-o’zini va o’zaro baxolash

- o’qituvchi baxosi



  1. Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi. Bilimlarni baxolash.

Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

O’kuv darsning maqsadi: Talabalarga o’tkir appenditsit bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis qo‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. Utkir appenditsit sabablari, patogenezini, klassifikatsiyasi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlili qilish.

O’qituvchi vazifalari:

  • O’tkir appenditsit klinikasi va kechish xususiyatlari to’grisida talabalarga tushuncha berish va bilimlarni chuqurlashtirish.

  • O’A klinik tavsifi va kechish variantlarini muxokama qilish.

  • Boshqa kasalliklar bilan taqqosiy tashxis o’tkazish qoidalarini tushuntirish.

  • Talabalarda kasallikka o’z vaqtida tashxis qo’yib, bemorlarni og’ir asoratlar rivojlanmasdan maxsus muassasalarga yuborish ko’unikmasini shaklllantirish

  • Talabalarni davolash va kasalliklarni oldini olishni yangi usullari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini bilish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- o’tkir appenditsit bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarni bajara olishi – o’tkir appenditsit bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



Ta'lim usullari va texnikasi

«O’rgamchak to’ri» usuli; vaziyatli masalalar, mavzu bo’yicha testlar.

O’qitish anjomlari

O’quv qullanmalari, o’quv materiallari, slaydlar, video va audioyozmalar, kasallik tarixi.

O’qitish shakli

Yakka tartibda, guruxda xamkorlikda ishlash, prezentatsiya qilish.

O’qitish sharoitlari

Auditoriya, palata.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat uchun savollar, o‘quv topshirig‘ini bajarish; amaliy ko’nikmalarni bajarish bo’yicha xarakat algoritmini namoyish etish; yozma nazorat: testlar, talaba mustakil ishi.


2. Motivatsiya

Talabalarga kasallik og’ir asoratlarga olib kelmasdan o’z vaqtida adekvat amaliyotlar o’tkazish zarurligini tushuntirish, agar asortlar rivojlangan bo’lsa eng samarali va zamonaviy diagnostika va jarroxlik davosi usullari bilan tanishtirish, amaliyot vaqti va undan keyingi davrlarda bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlar va ularni oldini olish usullari bilan tanishtirish. Talabalarda klinik taffakurni shakllantirish. Muammo to’grisida talabalarda dunyo tibbiyoti nuqtai nazaridan yondoshishni shakllantirish.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Mashg‘ulot mazmuni:

4.1 Nazariy qismi

Anatomik-fiziologik ma'lumotlar. Chuvalchangsimon o‘simta ko‘richakning orqa-medial devoridan uzunasiga ketgan uchta mushaklar uchrashgan joydan chiqadi. U turli holatni egallab, uzunligi 6-16 sm, diametri esa 5-9 mm bo‘lgan yopiq silindr shakliga ega bo‘ladi. Yoshi o‘tgan organizmda o‘simta kichrayadi, devorlari sklerotik o‘zgarishlarga uchraydi, natijada uning bo‘shlig‘i torayib, hatto yo‘qolib ketishi kuzatiladi.

Chuvalchangsimon o‘simtaning retrotsekal joylashishi, 9-25 % holatlarda kuzatiladi. Retrotsekal o‘simta joylashishining 3 turi farqlanadi:



  • Qorin parda ichida joylashishi;

  • Qorin devori ichida joylashishi;

  • Qorin orti bo‘shlig‘ida joylashishi.

Chuvalchangsimon o‘simta faoliyati:

  • Shilliq qavatida ishlab chiqariladigan suyuqlik tarkibida amilaza va lipaza bo‘lib, ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi.

  • Tarkibida ko‘p miqdorda limfatik follikulalar bo‘lib, himoya vazi-fasini bajaradi.

  • Tarkibida peristaltikani kuchaytiradigan gormon bo‘lib, chuval-changsimon o‘simta holati reflektor ravishda me'da, 12 barmoqli ichak va boshqa a'zolarga ta'sir qiladi.

Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda quyidagi hulosa kelib chiqadi: chuvalchangsimon o‘simta inson organizmida ma'lum vazifani bajaruvchi zarur a'zolardan biri bo‘lib, faqatgina patologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lgandagina uni olib tashlash to‘g‘ri bo‘ladi.

Etiologiyasi va patogenezi. O‘tkir appenditsit – chuvalchangsimon o‘simtaning nospetsifik yallig‘la-nishi bo‘lib, inson organizmi va bakteriyalar orasidagi bo‘lgan biologik muloqotni buzilishi natijasida kelib chiqadi. O‘tkir appenditsitda infeksiya ko‘zg‘atuvchisi bo‘lib odatda stafilokokklar, ichak tayoqchasi, aralash va anaerob flora hisoblanadi.

Klinik manzarasi va diagnostikasi. O‘tkir appenditsitning klinik manzarasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi, bu hol kasallikning turigagina emas, balki chuvalchangsi-mon o‘simtaning joylanish xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi.

Odatdagi hollarda, kasallik o‘ng yonbosh sohasidagi o‘rtacha og‘riq bilan boshlanadi, bu og‘riq sekin-asta kuchaya boradi. Og‘riqlar butun qorin bo‘ylab yoki kindik atrofida boshlanib, keyin o‘ng yonbosh sohasiga o‘tishi mumkin.Taxminan 30-35% bemorlarda og‘riq epigastral sohasida boshlanib, 4-6 soat o‘tgach, o‘ng yonbosh sohasiga o‘tadi (Koxer - Volkovich simptomi). O‘tkir appenditsitda odatda og‘riq doimiy, ba'zan esa tutib-tutib og‘riydi, og‘riq unchalik qattiq bo‘lmaydi. Og‘riqlar intensivligi yallig‘lanish jarayonining tarqalganligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Og‘riq, birdaniga o‘ng yonbosh sohasida boshlanib, so‘ng qorinning turli sohalariga tarqalishi mumkin. Bu holat ko‘pincha, chuvalchangsimon o‘simtaning qaerga joylashganligiga bog‘liq bo‘ladi. Chuvalchangsimon o‘simtaning retrotsekal joylashishida og‘riqlar bel, tashqi jinsiy a'zolar sohasiga uzatilib, buyrak sanchig‘i klinikasini beradi. Chuvalchangsimon o‘simta yuqori joylashishida, xoletsistit yoki pankreatit belgilarining ba'zilari kuzatiladi.

Qorinni umumiy tekshiruvidan so‘ng maxsus tekshiruvga o‘tiladi, o‘tkir appenditsit uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Bugungi kunda, o‘tkir appenditsitda uchrashi mumkin bo‘lgan 100 dan ortiq belgilarga ta'rif berilgan. Biroq, ularning quyidagi yettitasini aniqlash, ko‘pincha to‘liq tashxis qo‘yish uchun yetarli hisoblanadi:


  1. Shchetkin – Blyumberg belgisi;

  2. Voskresenskiy (“ko‘ylak sirpanishi”) belgisi;

  3. Obrazsov belgisi;

  4. Sitkovskiy belgisi;

  5. Bartome-Mixelson belgisi;

  6. Rovzing belgisi;

  7. Ivanov belgisi.

Differensial diagnostika. O‘tkir appenditsit kasalligining differensial diagnostikasida barcha kasalliklarni 5 guruhga bo‘linadi:

  1. Qorin bo‘shlig‘i a'zolarining o‘tkir kasalliklari bilan: me'da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi xuruji yoki asoratlari; o‘tkir xoletsistitning ba'zi turlari, o‘tkir pankreatit, o‘tkir enterit, terminal ileit (Kron kasalligi), kolit, gastrit, o‘tkir ichak tutilishi, o‘tkir toksikoinfeksiyalar, tifoparatifoz infeksiya, Mekkel divertikulining yallig‘lanishi, gemorragik kapillyarotoksikoz (Shenleyn-Genox kasalligi) va boshqalar.

  2. Kichik chanoq bo‘shlig‘i a'zolari kasalliklari bilan: ayollar jinsiy a'zolarining o‘tkir, xuruj qilgan surunkali yallig‘lanishlari va asorat-lari, bachadondan tashqari homiladorlik, ayollar jinsiy a'zolarining xavfsiz va xavfli o‘smalari va boshqalar.

  3. Qorin orti qismida joylashgan a'zolar kasalliklari bilan – buyrak sanchig‘i, o‘tkir va surunkali pielonefrit, siydik-tosh kasalligi, sistit, o‘tkir, surunkali glomerulonefrit va boshqalar.

  4. Plevra bo‘shlig‘i a'zolari kasalliklari bilan – o‘ng tomonlama eksudativ plevrit va pnevmoniyaning ba'zi turlari, o‘pka tuberkulezi va boshqalar.

  5. Yurak va qon tomir kasalliklari bilan – yurak miokardi infarkti-ning abdominal turi va boshqalar.

Davolash. Jarrohlik amaliyoti (operatsiya) ga o‘tkir appenditsit diagnozini qo‘yish ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi, appendektomiya operatsiyasi oshig‘ich tartibda o‘tkaziladi. O‘tkir appenditsitning asorati - appendikulyar infiltrat birdan-bir monelik qiladigan hol hisoblanadi, ya'ni operatsiya qilinmay, muolaja qilinadi.

O‘tkir appenditsitning asoratlanmagan turlarini operatsiya qilishda odatda mahalliy og‘riqsizlantirish (A.V.Vishnevskiy usuli bo‘yicha infiltratsion anesteziya)dan, asoratlangan turlarida esa miorelaksantlar yordamida umumiy endoraxeal narkoz yoki og‘riqsizlantirish - ning vena orqali yoki boshqa turlaridan foydalaniladi.

Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda gomeostazning buzilishlarini korreksiya qilishga qaratilgan kompleks muolaja o‘tkaziladi, antibakterial muolaja, peritoneal dializ yoki lavaj, ichak dekompressiyasi va ko‘rsatmalar bo‘yicha enteral zond orqali bilan ozuqalantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kasallik o‘tkir peritonitning tarqalgan turlari bilan asoratlanganda, to‘liq taftish qilishga imkon beradigan o‘rta-o‘rta laparotomiya kesmasi qo‘llaniladi.
4.2.Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar
«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASH

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “”o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.
4.3. Taxliliy qismi
Vaziyatli masala:

10 soat oldin epigastral soxada boshlangan og’riqlar keyinchalik o’ng yonbosh soxaga o’tdi , bir marta qayd qilish kuzatildi.

I. Sizni tashxis:

A. xolesistit

B. gastrit

V. enterit

G. appenditsit *

D. sefalik va ichak

II. Optimal radikal operatsiyani ko’rsating:

A. appendektomiya*

B. konservativ davo

V. limfoterapiya

G. piloroplastika

5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash, Rozdolskiy simptomi)


1. DIFFERENSIAL TASHXIS O‘TKAZISH VA SO‘NGI TASHXISNI ASOSLASH.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tkazish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asoslanib va differensial tashxis utkazib sungi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100

2. TO‘G‘RI PARXEZ VA REJALI DAVONI BELGILASH.



Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Pevzner bo‘yicha davo parxezlari-ning xarakteristikasini o‘rganish

0

10

2

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash

0

10

3

Parxezning sifatini baholash

0

20

4

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6

Profilaktik choralar

0

20




Jami

0

100

3. RAZDOLSKIY SIMPTOMI



Maqsad: appenditsitga xos simptomni aniqlash



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Bemorni tinchlantirish, manipulyasiyani tushintirish.

0

10

2

Rezina perchatkani kiyish.

0

10

3

Bemorni o’ng tomonida turib to’g’ri joylashtirish.

0

10

4

Qorin ko’zdan kechirish

0

10

5

Simmetrik nuqtalar palpatsiyasi

0

10

6

Simmetrik nuqtalar perkussiyasi

0

10

7

Bemor chap yonboshiga perkussiyada og’riq yo’q

0

10

8

O’ng yonbosh soxa perkussiyasida og’riqli

0

10

9

Ishlatilgan jixozlarni dezeritmaga solinigan idishga solish.

0

10

10

Perchatkilarni yechish va ularni dezeritmaga solish.

0

10




Jami

0

100



6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7.Joriy nazoratni baholash mezoni


O‘zlashtirish % va balda


Baho

Talabaning bilish darajasi


1.

96-100%

A'lo”5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95%

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90%

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4.

81-85%

Yaxshi”4”



- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80%

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75%

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7.

66-70%

Qoniqarli”3”

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65%

- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60%

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10.

54-50%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/3 to‘g‘ri yoritilgan. Talaba etiopatogenez, tasnifni bilishi, lekin ularning klinikani, davolash prinsiplarini va asoratlarini tarifida xatoga yo‘l qo‘yilgan. Vaziyatli masalalarga noto‘g‘ri yechilgan. Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam to‘liq bajarishda 3 ta qadamni umuman bilmasligi.

11

46-49%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/4 to‘g‘ri yoritilgan. Talaba etiopatogenez, tasnifni bilishi, klinikani, lekin ularning davolash prinsiplarini va asoratlarini tarifida xatoga yo‘l qo‘yilgan. Vaziyatli masalalarga noto‘g‘ri yechilgan.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam to‘liq bajarishda 4- ta qadamni to‘liq bilmasligi.



12

41-45%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/5 to‘g‘ri yoritilgan. Talaba kasalliklarning tasnifini bilmaydi, kasalliklar to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega emas. Kasalliklarning davolash prinsiplari va asoratlari bo‘yicha savollarga to‘liq bo‘lmagan, qisman noto‘g‘ri javob berilgan.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam to‘liq bajarishda 4 ta qadamni umuman bilmasligi.



13

36-40%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/10 noto‘g‘ri yoritilgan. Talaba kasalliklarning tasnifini bilmaydi, kasalliklarning klinikasini aralashtirib yuborilgan. Kasalliklarning davolash prinsiplari va asoratlari bo‘yicha tushincha yo‘q.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam bajarishda ko‘pol xatoga yo‘l qo‘yilgan.



14

31-35%

Qoniqarsiz”2”

Savollarga javob bermadi. Talaba kasalliklarning tasnifini, klinikasi, davolash prinsiplari va asoratlari bo‘yicha tushincha yo‘q.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam bajarishni umuman bilmaydi.





  1. Mashg‘ulotning texnologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi

(min.)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




5

2

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (aql shturmi, grafik organayzerlar), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, videofilm, mulyaj)ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

so‘rov,

tushuntirish



25

3

Muhokamaga yakun yasash.




5

4

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish.




10

5

Amaliy mashgulotlarni uzlashtirish buyicha talabani mustakil ishi




15

6

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash

og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

25

7

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar



5


9.Tekshiruv savollari

  1. Chuvalchangsimon o‘simta anatomo-topografik ma'lumotalri, joylashish variantlari

  2. O‘tkir appenditsit etiologiyasi, patogenezi

  3. O‘tkir appenditsit klinikasi

  4. O‘tkir appenditsit differensial diagnostikasi

  5. O‘tkir appenditsit davolashi

10. Рекомендуемая литература

I. Основная:

1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Тошкент, 2005.

2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев, Тошкент, 1995.

5. Хирургические болезни. Под ред.М.И.Кузина., Медицина, 2002.

6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соав. Ташкент 2004г.

7. Клиническая хирургия. Под ред. Панцырева Ю.М. М. «Медицина», 1988

8. Воробьев А Справочник практического врача в 3х томах. 1990

9. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия. Москва. Практика 1998

10. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.

11. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М. Медицина 1959-1966.

II. Дополнительная:

12. Савельев В.С. 50 лекции по хирургии. Москва 2004.

13. Диагностический справочник хирурга – Астафуров В.Н. 2003.

14. Лапароскопическая и торакоскопическая хирургия – Константин Франтзайдес. 2000.

15. Здравый смысл в неотложной абдоминальной хирургии – Моше Шайн.2003г

16. Неотложная абдоминальная хирургия – Майстренко Н.А.2002г



17. Абдоминальная хирургия – Григорян Р.А. В 2-х томах.2006г

18. Адреса в Интернете по теме лекции: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su.
Download 452,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish