Talaba bajara olishi kerak:
Nafas tizimi bilan ogrigan bolalardan anamnez yigish
Kuzdan kechirish va baxo berish
Nafas yetishmovchilik belgilarini aniklash
Ovoz titrashdagi uzgarishlarni aniklash
Bemorning upkasini eshitib kurish.
Nafas tizimi kasalliklari sindromlarini aniklash
Bronx yullari uzgarishlarini aniklash.
Plevra bushligiga suyuklik va xavo tuplanishi belgilarini aniklash.
Upkadagi fizikal uzgarishlarni aniklash va baxolash.
10.Ellisa- Sokolova- Damuazo chiziklarini aniklash.
Surab surishtirilganda avvalom bor bolada tumov bor yo’qligi aniqlanadi. Agar tumov bo’lsa, unda ajralib chikayotgan suyukliklar xususiyatlari bilan qizikamiz. CHunonchi, suyuklik shillik ajralmalar o’tkir respirator virusli infektsiyalarda va allergik rinitlarda uchraydi. Toza shillikli, shillik-yirigli ajralmalar, qizamiq, gripp va adenovirusli infektsiyalarning kechikkan davrlarida, xamda gaymorit kabi kasalliklarda kuzatiladi.
Qon aralash ajralmalar burun bug’ma (difteriya)sida, burun bushligiga yot jism kirib kolganda bo’ladi. Burundan qon ketish gemorragik diatez, leykoz, gipoppastik kamqonlik, burun polipi, bod kasalligi kabi kasalliklarga xosdir.
Ko’rik tumov esa ko’prok bolalarda sifilis kasalligida uchraydi.
Yo’tal. Nafas olish organlarining kasallanishining xususiyatli belgilaridan biri bo’lib, uning bir necha ko’rinishlari mavjud.
Xirillab yoki kuv-kuv yo’talish. Bu xikildok yalliglanganda, xakikiy yoki soxta krupda uchraydi. Xakikiy krup bug’ma tayokchalarning xikildok shillik pardalarining zararlantirish natijasida nafas olish yullarida paydo bo’lib, xavo yuli torayadi va bemorning nafas olishi kiyinlashadi, ovozi bo’g’iladi va ovozi chikmaydi.
Soxta krup – gripp, tumov, qizamiq kabi xastaliklar bilan og’rigan bemorlarda tamoq-xikildok shillik pardasining yalliglanishi natijasida bemor nafas olishining kiyinlashuvi. Asta-seki yo’talning kuchayishi bilan birga tadrijiy nafas olishning kiyinlashishi xakikiy krup uchun xosdir. Yo’talning birdaniga, ayniksa kechasi paydo bo’lib kiyinlashuvi ko’pincha krupda uchraydi.
Traxeitda yo’tal og’ir ko’rik bo’lib xuddi bochkaga urilgandek ovozda bo’ladi.
Xurujli yo’tal – bu yo’tal birdan boshlanib, birining ketidan ikkinchisini davom etishi va ko’p xollarda bemor yuzining qizarishi ko’sish bilan kechadigan yo’talga xos. Ko’kyo’talning o’tkir davrida spazmatik, ya’ni tirishib, tilini ogzidan chikarib yo’talish kuzatiladi. Yo’tal vaqti-vaqti bilan, ayniksa tunda xuruj qiladi.
Ko’rik yo’tal – bronxit boshlanish davrida, xul (balgamli) yo’tal bronxitning keyingi davrlarida bo’lishi mumkin. Yopishkok balgam bronxial astmada bo’ladi.
Zotiljam boshlanish davrida yo’tal ko’rik, keyingi kunlarda xul, mabodo plevra yalliglangan bo’lsa, yo’tal kiska ogruvchan bo’ladi.
Bitonal yo’tal – tonlarning bittasi ko’pol va past, ikkinchisi esa jaranglaydigan tovush bilan bo’ladi. Bunday yo’tal kekirdakning 2 bronxga bo’lingan joyidagi yo’tal zonasida kattalashgach, limfo tugunlarining ta’sirida bo’lishi mumkin. Bunday holat sil bronxoadenitida, limfogranulematozda, limfasarkomada, leykozda, oralik a’zolar usmalarida bo’lishi mumkin.
Tuxtovsiz ko’rik yo’tal – faringitda va nazofaringitda bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalar ko’p xollarda balgamni yutib yuboradilar. Balgam juda ko’p, to’la og’iz bilan yiringli bo’lishi bolalarda abtsess yoki yiringlagan O’pka kistasining bronxga ochilishida kuzatiladi. Kattarok yoshdagi bolalarda ko’p balgam surunkali zotiljamda kuzatiladi, bronxoektazlari bo’lganda. Bundan tashkari intoksikatsiya belgilari (tana xaroratining oshishi, kungil aynib ko’sish) bo’ladi. Ba’zan zotiljam korinda ogrik bilan kechadi (abdonimal sindrom), bu holatlarda tekshirishni mukammal o’tkazish va boshqa kasalliklardan farqlay bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |