O’tkir Bronxit
O’tkir, oddiy bronxit – bronxlar obstruktsiyasisiz, o’pka to’qimasi shikastlanish belgilarisiz kechadigan bronxlar yallig’lanishi.
Tashhisot mezonlari
1. Anamnezi
Kasallik ko’p hollarda o’tkir respirator infektsiyadan so’ng rivojlanadi.
2. Klinik mezonlar
Respirator sindromi - tomoqning shilliq qavati qizargan, rinit, kasallikning boshlang’ich davrida quruq yo’tal, keyinchalik shilliq balg’am, kam hollarda yiringli shilliq bo’ladi.
Nafas yetishmovchilik sindromi - qayd etilmaydi, kasallikning og’ir kechish davrida bir oz kuzatiladi.
O’pka-bronx sindromi – perkutor tovush o’zgarishsiz yoki qutichasimon, dag’al nafas, quruq, katta va o’rta kattalikdagi pufakli nam, nafas olganda eshitiluvchi, yo’taldan so’ng o’zgaruvchi xirillashlar. Kam hollarda bir-yarim mayda pufakli nam xirillashlar eshitiladi.
Intoksikatsiya simptomi – teri bir oz oqargan, gavda harorati me’yorda yoki subfebril holatgacha ko’tarilgan. Gavda harorati davomiyligi 2–3 kundan oshmaydi. Kasallikni adenoviruslar va mikoplazmalar chqo’zg’atsa gavda haroratining ko’tarilishi 8–10 kungacha davom etishi mumkin.
3. Laborator va instrumental tekshiruv natijalari
O’pka rentgenogrammasi (zotiljamga shubha qilingan hamma bolalar tekshiriladi), o’pka suratining kuchayishi, o’choqli soyalar qayd etilmaydi.
Umumiy qon tahlili – leykotsitlar soni me’yorda yoki bir oz oshgan, kam hollarda leykopeniya, limfotsitoz, ECHT ko’pchilik bemorlarda o’zgarmaydi.
Tasnifi
O’tkir oddiy bronxit.
O’tkir obstro’qtiv bronxit.
O’tkir bronxiolit.
O’tkir obliteratsiyalanuvchi bronxiolit.
Qaytalanuvchi bronxit.
Qaytalanuvchi obstro’qtiv bronxit.
Surunkali bronxit.
Surunkali obliteratsiyalanuvchi bronxit.
Davolash
Simptomatik davo – o’tkir respirator virusli infektsiyaning 1–2 kunlari burunga bir kunda 4–6 marta interferon tomiziladi. Virusli bronxitda bakteriyaga qarshi dori vositalari tavsiya etilmaydi, mikoplazma sababli kelib chiqqan bronxitda eritromitsin yoki sumamed buyuriladi.
Yo’talga qarshi dori vositalari: libeksin, bronholitin, faqat quruq yo’tal bo’lganda balg’am ko’chishini yengillashtirish uchun ko’p suyuqlik, alteyka damlamasi, bromgeksin. Qiynaydigan og’ir yo’tal qayd etilganda mahalliy ta’sir etuvchi gormon preparatlari (bekotid, beklamet) tavsiya etiladi. Laringotraxeitda bug’li ingalyatsiya, agar patologik jarayon chuqur kechsa, suvli va 2% natriy xlor, natriy bikarbonat aralashmasi bilan ingalyatsiya o’tkaziladi. Bronxitlarda ko’p tavsiya etiladigan gistaminga qarshi dori vositalarining ta’sir kuchining samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun ularni tavsiya qilish mumkin emas. Bolalarga gorchichniklar, bankalar qo’yish tavsiya etilmaydi, chunki ular bola terisini shikastlaydi, ko’p hollarda terining allergik kasalligiga sabab bo’ladi. Oyoqqa issiq vannalar qilish tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi va yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Profilaktikasi
Quyidagilarni o’z ichiga oladi:
bolalarni chiniqtirish;
ratsional ovqatlantirish (emadigan bolalar sun’iy ovqatlantirilgan bolalarga nisbatan kam kasallanadilar);
virusli kasallik bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot qilmaslik;
O’RVIning dastlabki klinik belgilari paydo bo’lganda interferon tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |