Sutka davomida ajraladigan siydikning soni. Birinchi kunlarda siydik chikarish soni 4-5 taga yetadi. Ba’zan esa birinchi kunlarda siydik kelmasligi, ya’ni anuriya kuzatiladi. 3-kunga borib siydik chikarish soni oshib ketadi, 6-10 kunlarga borib siydik chikarish soni 20-25 marotabani tashkil kiladi. Yilning oxiriga borib, siydik chikarish soni 15-16 taga kamayadi. 2-3 yoshda 10 tagacha kamayadi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda 6-7 marta sutka davomida siydik chikariladi.
Pollakiuriya xolati ayniksa erta yoshdagi bolalarda fiziologik xolatdir. Fiziologik pollakiuriya, siydik kopi sigimi kichikligi va siydik kup xosil bulishi xisobiga kuzatiladi. Xar bir siydik chikarishning mikdori, yoshiga karab kupayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |