16 -Mavzu: Ayiruv organlari kasalliklari.
Bolalarda xar-xil yosh davrlarida siydik miqdori va kimyoviy tarkibi turli xil bo’ladi. Siydikni miqdori ko’p sabablarga bog’liq - suyuqlik qabul qilish tartibi, xavo xarorati (yuqori xaroratda siydik miqdori kamayadi, past xaroratda aksincha, siydik miqdori ko’payadi). Bolalarda siydik xosil bo’lishining xususiyati - siydik zichligi pastligi hisoblanadi. Ma’lumki, siydik zichligi kanalcha apparatining reabsorbtsion funktsiyasi bilan xarakterlanadi. Siydik zichligi va uning osmolyarligi o’rtasida nisbiy bog’liqlik mavjud. Sog’lom bolada siydik osmolyarligi 1200 mg/kg (bir yoshgacha -400-600 mg/kg) ga yetadi. Sutkalik osmotik zo’riqish (yuklama) ning ekskretsiyasi uchun siydik xajmi 400 ml.dan kam bo’lmasligi kerak. Kam diurezda azot maxsulotlarining ushlanib qolishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |