VURning asosiy asorati reflyuks - nefropatiya hisoblanadi. Reflyuks nefropatiya fokal skleroz, tubulo-interstitsial funktsiyaning turgun buzilishi, doimiy proteinuriya, glomerulyar filtratsiyaning pasayishi, arterial gipertenziyaning rivojlanishi, surunkali buyrak yetishmovchiligi kelib chiqish xavfini oshiradi. Dj. Levi kaydnomasiga kura, bolalarda 5 yoshgacha reflyuks - nefropatiya rifojlansa, buyrakda chandikdar paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarni kup yil davomida (7-15 yil) kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, VUR 1- darajada-89%, 2-daraja-86%, Z-daraja-83%, 4 va 5-daraja 41% xollarda tuza lishi mumkin.
Pielonefrit rivojlanishining yana bir sharti buyrak interstitsial tukimasining zararlanishi, ya’ni interstitsial nefrit xisoblanadi. Bunga sabab kilib, virus va mikoplazmalar, dori bilan zaxarlanishlar, dismetabolik nefropatiya, ksantomatoz va boshkalarni keltirish mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan obstruktiv buzilishlar natijasida VUR rivojlanib, buyraklar interstitsiyasi zararlanadi hamda organizm reaktivligi pasayishi fonida bakteriemiya va bakteriuriya rivojlanadi yoki pielonefrit yana qo’g’aydi. Bakteriuriya va bakteriemiyaga sabab jinsiy organlarni g interkurrent kasalliklari (vulьvit
,vulьvovaginit), tishlar kariesi, surunkali xoletsistit, kolit, surunkali tonzillit bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |