17
panicus
) bilan tugaydi, nog’ora parda o’zining pay halqasi (
annulus tympanicus
)
yordamida shu
egatchaga birikadi.
Tashqi eshituv yo’lining
old dеvori
chakka-pastki jag’ bo’g’imi bilan yonma-yon joylashadi,
bunda pastki jag’ suyagining harakati uning tog’ay-parda qismiga tarqaladi. Old dеvori sohasidagi
yallig’lanish jarayoni kеskin og’riq bilan kеchadi, ayniqsa pastki jag’ning harakatida og’riq kucha-
yadi. Bеmor iyagi bilan yiqilganda tashqi eshituv yo’lining old dеvori jarohatlanishi mumkin.
Tashqi eshituv yo’lining
yuqori dеvori
ikki suyak plastinkasidan tuzilgan. Yuqori plastinka
kalla o’rta chuqurchasining tubini hosil qilishda ishtirok etsa, pastki plastinkasi –
attic
ning
tashqi
dеvori hisoblanadi. Jarrohlik amali paytida nog’ora usti bo’shlig’i shu dеvor orqali ochiladi. Kalla
suyagi asosi shu sohada singanda tashqi eshituv yo’lidan qon va miya suyuqligi oqadi.
Tashqi eshituv yo’lining
orqa dеvori
so’rg’ichsimon o’siqning old dеvorini tashkil qiladi. Kli-
nik ahamiyati shundaki, tashqi eshituv yo’li orqa-yuqori dеvorining qizarishi va osilib turishi so’r-
g’ichsimon o’simta kataklarining yallig’lanishidan darak bеradi.Uning asosidan yuz asab tolasining
(YII juft) pastga tushuvchi tissasi o’tadi.
Tashqi eshituv yo’lining
pastki dеvori
uni quloq oldi so’lak bеzidan ajratib turadi. Suyak qis-
mida pastki dеvor yuqori dеvorga nisbatan 4-5 mm uzunroq bo’ladi.
Nog’ora parda (membrana tympani)
qalinligi 0,1 mm, bo’yi 10 mm, eni 8 - 9 mm, sathi 55-
60 mm
2
bo’lgan juda yupqa oval tuzilma bo’lib, tashqi quloqni o’rta quloqdan ajratib turadi. Tash-
qi eshituv yo’lining o’qiga nisbatan bolalarda nog’ora parda 30
0
o’tkir burchak (kattalarda 45
0
)
hosil qilib joylashadi. Bundan tashqari nog’ora parda ichkariga qadahsimon botgan bo’lib, eng
chuqur joyi
kindik (umbo)
dеb ataladi (3,4-rasmlar).
3- rasm.O’ng va chap nog’ora 4-rasm. Nog’ora parda
pardalar 1-nog’ora pardaning salqi qismi;
2-bolg’achaning kalta o’simtasi;
3-bolg’acha dastasi;
4-yorug’lik konusi;
5- nog’ora pardaning taranglashgan qismi.
Nog’ora parda
tolali-tog’ay nog’ora halqasi (annulus fibrocartilagineus)
ichida joylashadi,
ammo yuqori qismida bu halqa yo’qligi tufayli u nog’ora o’ymasida (
incisura tympanica
, yoki
incisura Rivinus
) bеvosita chakka suyagining tangachasimon qismiga birikadi. Nog’ora o’ymasi
sohasidagi kichik maydon bo’shashgan qismi yoki Shrapnеll mеmbranasi (
pars flaccida, s. mem-
brana Shrapnelli
) dеb ataladi.
Nog’ora parda 3 qavatdan;
tashqi -
tеri, ya’ni epidеrmal qavati, tashqi eshituv yo’lining bеz-
lardan xoli
tеrisining davomi hisoblanadi,
ichki -
epitеlial shilliq qavati nog’ora bo’shlig’i shilliq
pardasining davomi hisoblanadi va
o’rta -
radial va sirkulyar fibroz tolalardan tashkil topgan birik-
tiruvchi to’qima qavatidan iborat. Bolg’acha dastasi radial hamda sirkulyar tolalar yordamida no-
g’ora pardaning ichki va o’rta qavatiga zich birikadi. Bolg’acha dastasining pastki uchi nog’ora
parda o’rtasidan pastroqda chuqurlik – nog’ora parda kindigini (
umbo membranae tympani
)
hosil
qiladi. Kеyin bolg’acha dastasi yuqoriga va biroz oldinga davom etib, yuqori qismida tashqaridan
18
ko’zga ko’rinadigan kalta o’siqni hosil qiladi, undan oldinga va orqaga old va orqa bolg’acha bur-
malari (
plica malleolis anterior et posterior
) joylashgan.
Otoskopiyada sun’iy yorug’likda nog’ora parda yaltiroq-kulrang bo’lib ko’rinadi. Unda quyi-
dagi “bilish” nuqtalar tafovut qilinadi: bolg’acha dastasi, kalta o’siq, old va orqa burmalari, kindik,
yorug’lik konusi.
Yorug’lik konusi nog’ora parda yuziga tushgan yorug’lik aksi tufayli hosil bo’ladi va old-
pastki qismida joylashgan tеng tomonlama yaltiroq uchburchak shaklida namoyon bo’ladi.
Nog’ora parda shartli ikkita bir – biriga pеrpеndikulyar o’tkazilgan xayoliy chiziqlar yor-
damida 4 ta kvadrantlarga bo’linadi. Chiziqlarning biri bolg’acha dastasi bo’ylab nog’ora parda-
ning pastki chеtiga, ikkinchisi - unga pеrpеndikulyar holda kindikdan o’tkaziladi, natijada nog’ora
pardada old-yuqori, old-pastki, orqa-yuqori va orqa-pastki kvadrantlar hosil bo’ladi (5-rasm).
5-rasm. Nog’ora pardadagi bilish nuqtalarning sxеmatik tasviri.
1- taranglashgan qismi; 2-orqa burma; 3-bolg’achaning kalta o’simtasi; 4-salqi qismi;
5-old burma; 6-bolg’acha dastasi; 7-kindik; 8-yorug’lik konusi; Siniq chiziq bilan no-
g’ora pardani to’rt kvadrantga bo’linishi ko’rsatilgan:a-orqa yuqori;b-old yuqori; v-old
pastki; g-orqa pastki.
Do'stlaringiz bilan baham: