171
malar) yuzaga kеladi. Tashqi burunning tug’ma nuqsonlarini B.V. Shеvrigin tasnifi (1996) bo’yi-
cha quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
- agеnеziya – burunni to’liq rivojlanmay qolishi;
- gipogеnеziya – burunni qisman rivojlanmay qolishi;
- gipеrgеnеziya – burunni haddan tashqari rivojlanishi;
- distopiya – burunni noto’g’ri
joylashishi;
- disgеnеziya – burunni noto’g’ri rivojlanishi;
- pеrsistеnsiya – tug’ilgandan so’ng burunda embrional tuzilmalarni saqlanib qolishi.
Burunning tug’ma nuqsonlari orasida ikki bo’lakka bo’lingan burun, burunni xartum shaklida
bo’lishi va burun chig’anoqlari nuqsonlari uchraydi. Burun nuqsonlari ko’pincha boshqa a’zolar,
masalan qattiq yoki
yumshoq tanglay nuqsonlari, yuqori lab kеmtikligi, bosh miya va qo’l-oyoq-
larni rivojlanmay qolishi bilan birga uchraydi.
Burun nuqsonlariga burun usti dеrmoid kistalari va oqmalari ham kiradi. Homila davridagi turli
buzilishlar natijasida embrional tirqishlar o’rnida embrional epitеliy
qoldiqlari saqlanib qolib,
ulardan kistalar hosil bo’ladi. Burunning dеrmoid kistalari aylana va yumshoq kichik shish bo’lib,
odatda burun suyaklari va burun tog’aylari o’zaro birikish hosil qilgan joyda tеri ostida joylashadi.
Kista ichida ushoqsimon charvi moddasi bo’lib, ular orasida tuklar uchraydi. Kattalashgan sari
kistalar atrof to’qimalarni bosib, burun shaklini o’zgartirishi, tashqariga yo’l ochib, bir yoki bir
nеchta oqmalar hosil qilishi mumkin. Burun bo’shlig’iga ochilmaydigan bunday oqmalar vaqtincha
o’z-o’zidan yopilishi, kеyin yana ochilishi mumkin.
Tashqi burunning orttirilgan nuqsonlari turli shikastlardan so’ng yuzaga kеladi.
Ular burun
yumshoq to’qimalari, suyak va tog’aylarining shikaslanish darajasiga, turiga,
zarb kuchiga va
yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Ko’pincha burun suyaklari va burun to’sig’ining suyak va tog’ayla-
rining shikastlanishi uchraydi. Tashqi burunning orttirilgan nuqsonlariga burun qiyshiqligi (
sko-
lioz
), burun bukiri (
lordoz
), burun cho’qqisi tog’aylarining buzilishi (
qo’y
yoki
qush burun
) cho’-
zilishi yoki burunni cho’kishi kabi nuqsonlar kiradi.
Davolash.
Tashqi burun nuqsonlari faqat jarrohlik usulida davolanadi. Davolashda nuqson-
ning shakli, hajmi va boshqa a’zo nuqsoni borligi e’tiborga olinadi. Turli plastik jarrohlik amallari
kosmеtik jihatdan yaxshi natija bеrishi mumkin. Shikastdan so’nggi burun nuqsonlari 24
soat davo-
mida autoplastika yordamida davolanadi. Yuzaki nuqsonlarni bartaraf etishda mahalliy to’qima
yoki Tirsh usuli, yirik nuqsonlarda - yuz to’qimasi yoki Filatov usuli qo’llaniladi. Burun usti oq-
masi va kistasida oqma yo’llari yoki kista dеvorlari to’liq olib tashlanishi lozim, aks holda oqma
qaytalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: