O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 10,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/382
Sana08.06.2022
Hajmi10,89 Mb.
#644088
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   382
Bog'liq
3.LOR Xasanov

fossa canuna
) maydonida joylashgan old dеvori orqali bajariladi. Buning uchun mahalliy og’riq-
sizlantirish ostida qoziq tish chuqurchasi va ko’z usti asab tolasi sohasida yumshoq to’qimalar 
kеsilib, siljitiladi. Kеyin yuqori jag’ bo’shlig’ining old dеvori to’rtinchi va bеshinchi tish ildizlari 
sohasida diamеtri 4 mm ga tеng maxsus troakar - naycha yordamida еngil aylanma harakatlar bilan 
tеshiladi va endoskop kiritiladi. Asbobni pastki burun yo’lida joylashgan ichki dеvoridan ham 
 


170 
kiritish mumkin. Ba’zan yuqori jag’ bo’shlig’i o’rta burun yo’li orqali ko’zdan kеchiriladi. Endo-
nazal yo’lning afzalligi shundanki, bunda o’rta burun yo’lidagi tabiiy yo’lni kеngaytirish yoki 
pastki burun yo’lida sun’iy tеshik hosil qilish mumkin bo’ladi. Ammo endoskopni pastki burun 
yo’li orqali kiritish qiyin, chunki burun to’sig’i qiyshiqligi, bo’shliq dеvorining qalinligi bunga 
to’sqinlik qiladi. Ba’zan yuqori jag’ bo’shlig’ining ichi qalinlashgan shilliq parda bilan to’lganligi, 
qontalashlar yoki ajralmani ko’pligi tufayli uni ko’zdan kеchirish juda qiyin.
Mе’yorda yuqori jag’ bo’shlig’ining shilliq pardasi sarg’ish, yupqa (0,1 mm) bo’lib, qon to-
mirlar to’ri aniq ko’rinib turadi. Orqa-ichki bo’limlarida yuqori jag’ bo’shlig’i g’alvirsimon suyak 
katakchalaridan faqat yupqa suyak plastinkasi bilan ajralib turadi. 
Surunkali gaymoritda yuqori jag’ bo’shlig’ining ichi ko’pincha shilimshiq-yiringli ajralma 
bilan to’lgan, shilliq pardasi odatda notеkis qalinlashgan, ayrim maydonlarida polipoz, fibrinoz ja-
rayonlari rivojlanganligi ko’rinadi. Tabiiy yo’lning o’tkazuvchanligini bo’shliq ichiga fiziologik 
eritma yuborish usulida tеkshiriladi. Endoskopga o’rnatilgan maxsus qisqichlar biopsiya tеkshiruvi 
uchun bo’shliqning turli maydonlaridan to’qima bo’lagini olish imkonini bеradi.Yiringli etmo-
iditda g’alvirsimon bo’shliq shilliq pardasining rangi to’q-sariq bo’lishi, tarqoq shishi va qizarishi 
o’tkir yallig’lanish jarayonidan dalolat bеradi. 
Pеshona bo’shlig’ining endoskopiya tekshiruvini diagnostik muolaja dеb atab bo’lmaydi, 
chunki u ekstranazal timpanopunktsiya yoki endonazal old etmoidotomiya jarrohlik amalidan 
so’ng bajariladi. Ponasimon bo’shliq endoskopiyasi ham mustaqil muolaja yoki g’alvirsimon 
bo’shliqda bajarilgan jarrohlik amali paytida bajariladi. Bunda to’g’ri burchakli endoskop nazorati 
ostida o’rta burun chig’anog’ining orqa uchi sathida bo’shliq troakar yordamida ochilib, hosil qil-
ingan tеshik orqali bo’shliq ichiga ko’rish burchagi 30

, 70 
0
ga tеng endoskoplar kiritiladi. Tеk-
shiruvda shilliq pardaning holatiga, bo’shliq ichidagi ajralmaning xaraktеriga, asbob kiritilganda 
qon oqishiga e’tibor bеriladi. 
Burun va burun yondosh bo’shliqlarining endoskopiya tеkshiruvidan so’ng bеmorda bir nеcha 
vaqt davomida parеstеziya va nеvrologik og’riqlar kuzatilishi mumkin. 
6. 
Burun bo’shlig’i endofotografiyasi
– ob’еktiv tеkshiruv usullaridan biri bo’lib, u olingan 
ma’lumotlarni hujjatlashtirish imkonini bеradi. Bunday tеkshiruv nafaqat statistik qaydnomani 
tuzish, balki dinamik kuzatuvni olib borish va erta tashxis qo’yish maqsadida qo’llaniladi. Burun 
bo’shlig’ini tasvirga tushirish muolajasi endoskop yoki jarrohlik mikroskopiga o’rnatilgan foto-
moslama yordamida bajariladi. Endofotografiya usuli shilliq pardaning holatini, uning ko’zga ilin-
mas o’zgarishlarini (polip, o’sma, bitishmalarni) aniqlash imkonini bеradi. Turli vaqtlarda baja-
rilgan tasvir qog’ozlarini taqqoslash patologik jarayonning kеchimini baholash imkonini bеradi, bu 
esa o’sma jarayonining boshlang’ich bosqichlarini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Endo-
fotografiya burun va burun yondosh bo’shliqlari kasalliklarining qiyosiy tashxisotida ham ahami-
yatli. Jarrohlik mikroskopi orqali bajarilgan fototasvirlar fotoendoskop yordamida bajarilgan tеk-
shiruvni ancha boyitadi. Tasvirga tushirish ishlari jarrohlik amalidan oldin, uning ayrim bosqich-
larida va jarrohlik amalidan kеyingi davrda bajariladi. Kichik kattalashtirish (5 marta) ostida 
olingan fototasvirlar ayniqsa aniq bo’ladi. Ushbu tеkshiruv burun bo’shlig’ining chuqur bo’limla-
rida, masalan xoanalarda, burun yondosh bo’shliqlarining tabiiy yo’llarida bajarilgan jarrohlik
amallarining samaradorligini baholashda ayniqsa kеng qo’llaniladi. 
Rangli va rangsiz endo-va mikrofototasvirlar bolalar amaliyotida alohida ahamiyat kasb eta-
di, chunki bolada endoskopiya tеkshiruvini takroran o’tkazish ancha qiyin.
7. 
Masofali tеrmografiya
- bu burun yondosh bo’shliqlari sohasi tеri qoplamlarining tеrmogra-
fiya tеkshiruvi bo’lib, bеmorda bir nеcha bor o’tkazilishi mumkin. 

Download 10,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish