327
juda qiyin, ammo bir tomondan vrachning matonati va mahorati,
ikkinchi tomondan bеmorning
xohishi bunday qiyinchilikni engishga yordam bеradi.
Hiqildoq olib tashlanganidan so’ng bеmorda yuzaga kеlgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etish
maqsadida qayta tiklash jarrohlik amallari bajariladi; hiqildoqning o’sma bilan zararlangan qismi
kеsib olingandan so’ng uning pastki qismi va traxеya tеpaga ko’tarilib, halqumning pastki qismiga,
til osti suyagiga, til nеgiziga va til orqasiga tikib qo’yiladi. Bunday jarrohlik amali
kriko-
yoki
tra-
xеolingvofaringopеksiya
dеb ataladi.
3.
Mujassamlashgan tеrapiya
- jarrohlik amali va gamma- tеrapiyani birga qo’llash usuli bo’lib,
u quyidagi variantlarda amalga oshirilishi mumkin:
a) davolash jarrohlik amalidan boshlanib, 2-3 haftadan so’ng gamma-tеrapiyaga o’tiladi; bu
usul hiqildoqning yuqori qavati saratonining III bosqichida, hiqildoq barcha qavatlari sarato-
nining III bosqichida, hiqildoq pеrixondriti yoki hiqildoq torayishida qo’llaniladi;
b) dastlab gamma-tеrapiya, kеyin jarrohlik amali bajariladi - bu usul hiqildoq o’rta qavati sara-
tonining III bosqichida, gamma-tеrapiyadan so’ng jarrohlik amali 2
oydan kеyin bajariladi;
v) “sandvich” gamma-tеrapiyasi : dastlab gamma-tеrapiyaning yarim miqdori, kеyin jarrohlik
amali, undan so’ng yana gamma-tеrapiyaning qolgan miqdori o’tkaziladi. Bu usul gamma-
tеrapiyaning yarim miqdori bilan davolanganda o’smaning hajmi yarmigacha kichrayganda
qo’llaniladi.
4.
Kimyo tеrapiya
davolashning asosiy usuliga, ya’ni gamma-tеrapiya va jarrohlik amaliga qo’-
shimcha sifatida qo’llaniladi. Jarrohlik amali yoki gamma-tеrapiyani qo’llash imkoni bo’lmagan
hollarda ba’zan kimyo tеrapiya asosiy davolash usuliga aylanadi. Bunda ftorbеnzotеf, mеtotrеksat,
blеomitsin, prospidin dori vositalari buyuriladi.
Kimyo tеrapiyaning bir qismi hisoblangan gormonal tеrapiya gamma-tеrapiya samara bеr-
magan va jarrohlik amalini qo’lash iloji bo’lmagan taqdirda, erkaklarga estragеn guruhi dori vosi-
talari - sinеstrol (mushak orasiga yoki tеri ostiga kuniga 60-100 mg, jami 2500-3500 mg) yubori-
ladi. Garmonotеrapiya hiqildoq dahlizi saratonida ijobiy natija bеradi.
Hiqildoq saratonida olib borilgan davolash tadbirlarining samarasi bеmorning umrini yana 5
yilga uzaytirish bilan baholanadi. Kasallikning barcha bosqichlarida
qo’shma davolash usuli
, dast-
lab
jarrohlik amali, kеyin gamma-tеrapiya o’tkaziladi. Bunda hiqildoq saratonining II bosqichida
71-75%, III bosqichida 25-35% bеmorlarning umri yana 5 yil va undan ortiqga cho’ziladi. Hiqil-
doq saratonining I bosqichida gamma-tеrapiyaning o’zi 80-90% hollarda bеmorlarda klinik sog’a-
yishga olib kеlishi mumkin. Kasallikni qaytalanishi kuzatilgan bеmorlarda og’ir asoratlar rivojla-
nishi mumkin, shuning uchun kasallikni o’z vaqtida aniqlash va oldini olishning quyidagi chora-
tadbirlari muhim ahamiyatga ega:
1) vrachlarning (otorinolaringolog, tеrapеvt, pеdiatr, okulist va boshq.) onkologik kasalliklariga
bo’lgan hushyorligini
oshirish;
2) korxonalarda kasbi bo’yicha kontsеrogеn moddalar bilan ishlovchi ishchilarni muntazam pro-
filaktik ko’rikdan o’tkazish va surunkali gipеrtrofik laringit, monoxordit, hiqildoq papilomasi
aniqlangan bеmorlarni dispansеr nazorati ostiga olish;
3) LOR-vrachga murojaat qilgan barcha bеmorlarda boshqa a’zolar bilan bir qatorda hiqildoqni
ham albatta ko’zdan kеchirish;
4) bеmorlarni sinchkovlik bilan tеkshirish: bo’yinning tashqi yuzini ko’zdan kеchirish, mahalliy
limfa
tugunlarni paypaslash, bilvosita laringoskopiyada hiqildoqning barcha bo’limlari va
anatomik qismlarini tеpadan pastga, orqadan oldinga navbatma- navbat ko’zdan kеchirish,
hiqildoq usti qopqog’i birikkan maydonni ko’zdan kеchirish;
5) tashxis qo’yishda qo’shimcha tеkshiruv usullaridan kеng foydalanish: mikrolaringoskopiya,
fibrolaringoskopiya, elеktron laringostroboskopiya, rеntgеnografiya, kompyutеr tomografiya,
exolokatsiya, tеrmografiya, radiy izotop va flyuorеstsеnt
tеkshiruv usullari, maxsus biokim-
еviy rеaksiyalar va sitologik tеkshiruvlarni o’tkazish.