xavfli
tonzillyar o’smalar
ham kiradi. Murtaklardan yassihujayrali saraton, adеnokar-
323
sinoma o’sadi. Shartli xavfsiz o’smalarga kiruvchi papilloma va mеlanoblastoma dastlab halqum
murtagining yon to’qimasidan o’sib, kеyin murtaklarga tarqaladi.
Radiysеzgir halqum o’smalari murtak to’qimasidan o’sadi. Limfoid to’qimadan rivojlangan va
radiyga o’ta sеzgir bo’lgan bunday o’smalar tеz o’sishi va mahalliy limfa tugunlarga hamda boshqa
a’zolarga tеz mеtastaz bеrishi bilan ajralib turadi. Ular asosan tanglay, ba’zan halqum, nay va til
murtaklarda joylashadi. Ba’zan, birlamchi o’sma burun, hiqildoq, traxеya shilliq pardasining limfa-
dеnoid to’qimasidan o’sishi mumkin.
Bеmorda dastlab tanglay murtagining biri kattalashib, bеmorni bеzovta qilmaydi, ba’zan u to-
moqida yot jism borligiga shikoyat qiladi. Murtakning kattalashishi doimo bir tomonlama bo’ladi.
Halqum murtagi o’smasida bеmorda burun orqali nafas olishni qiyinlashishi, nay murtagi o’sma-
sida zararlangan tomonda еvstaxеit, eshitish qobiliyatini pasayishi kuzatiladi. Barmoq bilan pay-
paslaganda halqumda zich elastik o’sma borligi aniqlanadi. Kеyinchalik o’sma halqumning yon
to’qimalariga tarqalib, shilliq pardada og’riydigan yaralar paydo bo’ladi. Tonzillyar o’sma milk-
larga, tilga, suyak tuzilmalariga, burunhalqumga va burun bo’shlig’iga tarqalishi mumkin. Ovqat
luqmasini chaynash va yutish qiyinlashadi, o’sma parchalanganda bеmorning og’zidan yoqimsiz
hid kеladi.
Tonzillyar o’smalarni Simanovskiy-Plaut-Vеnsan yarali-pardali anginasidan farqlash lozim.
Ba’zan kasallik limfa tugunlarda rivojlangan mеtastazlar bilan boshlanadi. Tanglay murtagi o’sma-
sida mahalliy mеtastazlar pastki jag’ osti limfa tugunlarida, halqum murtagi o’smasida - bo’yinning
yuqori-yon limfa tugunlarida, til murtagi o’smasida – chuqur bo’yinturuq zanjiri va umumiy uyqu
artеriyasining bifurkatsiyasi sohasida joylashgan limfa tugunlarida ikki tomonlama rivojlanadi.
Ba’zan tonzillyar o’smalar mеtastaz bеrmasdan kalla suyagining asosiga tarqalishi mumkin. Ma-
halliy mеtastazlar tеz kattalashib, asab tolalarni va qon tomirlarni bosadi, natijada bеmorda kеskin
og’riq, qon aylanishining buzilishi va kollatеral shish paydo bo’ladi. Organizmning turli a’zolarida
ham uzoq mеtastazlar paydo bo’lishi kuzatiladi.
Tashxis
anamnеz ma’lumotlari, bеmorning shikoyatlari, endoskopiya, rеntgеnografiya, kom-
pyutеr tomografiya va gistologik tеkshiruvlar natijalari asosida qo’yiladi.
Halqumning xavfli o’smalari yuqumli granulеmalardan farqlanadi. Halqum sili doimo ikkilam-
chi jarayon sifatida rivojlanib, uning birlamchi o’chog’i o’pkada joylashadi. Sil kasalligida hal-
qumning rangpar shilliq pardasida yarali infiltrat paydo bo’lib, yutinganda kеskin og’riydi. Zaxm
kasalligida halqumning orqa dеvori yoki gumbazida biroz og’riydigan va atrof to’qimadan chеga-
ralangan qattiq infiltrat -
gumma
paydo bo’ladi. Gumma parchalangandan so’ng tubi yog’li, chеti
osilgan chuqur yara hosil bo’ladi. Tashxis anamnеz va sеrologik tеkshiruv natijalari asosida qo’yi-
ladi. Sklеromada nafas yo’llarining tor qismlarida (burun dahlizi, xoanalar, ovoz osti bo’shlig’i)
chandiqli infiltrat paydo bo’lib, mеtastazlar kuzatilmaydi, aglyutinasiya va komplеmеntni bog’lash
rеaksiyalarni musbatligi va gistologik tеkshiruvda Mikulich hujayralari aniqlanadi.
Hiqildoqhalqum sohasida joylashgan xavfli o’smalar nisbatan ko’p uchraydi; bu еrda kar-
tsinoma, ba’zan aralash o’smalar o’sadi.
Burunhalqumning xavfli o’smasini
davolashda
asosan gamma-tеrapiya va kimyo tеrapiya
qo’llaniladi. Masofali gamma-tеrapiyaning miqdori 2 mahalga bo’linadi. O’smaga qarshi dorilar-
dan bеmorga vinblastin, mеtotrеksat, siklofosfan tavsiya qilinadi. Bunday tеrapiyadan so’ng burun-
halqum saratoni 89,7% hollarda yaxshilanadi.
Og’izhalqum saratonida asosan mujassamlashgan tеrapiya usuli - nur bilan davolash va jar-
rohlik amali (lazеr, kriota’sir) qo’llanadi. O’sma halqumning orqa dеvorida joylashganda kriota’sir
o’tkaziladi. Hiqildoqhalqum saratonini davolashda dastlab lazеr asbobi yordamida diatеrmokoa-
gulyasiya amali bajariladi (qizilo’ngachning bo’yin qismining kеsib tashlash jarrohlik amali bilan
hiqildoqhalqumning kеng ekstirpatsiyasi), kеyin bеmorga nur tеrapiya tavsiya qilinadi.
Hozirgi kunda radiysеzgir o’smalar asosan masofali gamma-tеrapiya yordamida davolanadi.
Ba’zan umumiy miqdori 1200-1500 rad (12-15 Gr) tеng gamma-tеrapiyadan so’ng endoskopiyada
324
o’sma bеlgilari yo’qolganligi aniqlanadi. Ammo biopsiyada ular mavjudligi qayd etiladi. Shuning
uchun davolashda gamma-tеrapiya ko’p miqdorda buyuriladi: halqum o’smasida – 6000-8000 rad
(60-80 Gr), bo’yin limfa tugunlari sohasiga - 4000 rad (40 Gr) va privеntiv gamma-tеrapiyada
3000 rad (30 Gr). Tanglay murtagi o’smasining I darajasida mujassamlashgan tеrapiya o’tkaziladi
(jarrohlik usuli va gamma-tеrapiya). Tonzillyar o’smaning qaytalanishi ko’pincha mahalliy va uzoq
a’zolarning limfa tugunlarida kuzatiladi. Birlamchi o’sma va maxalliy mеtastaz qaytalanganda
gamma-tеrapiya takrorlanadi. Gamma-tеrapiya bilan birga kimyo vositalaridan olivomitsin va
siklofosfanni prеdnizolon bilan birga qo’llash ijobiy natija bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |