Patologoanatomik manzara.
Sеrozli labirintitda suyakli labirintning endost qavatining shishi,
qalinlashishi, qon tomirlarini kеngayishi, o’tkazuvchanligini oshishi, pеrilimfada lеykositlarni pay-
do bo’lishi kuzatiladi. Jarayon labirintning barcha bo’shliqlariga tarqaladi. Kasallikning еngil kli-
nik kеchimida jarayon chеgaralanib, labirintning faoliyati qayta tiklanadi, og’ir kеchimida esa labi-
rint ichi bosimi oshadi, ikkilamchi nog’ora parda va uzangichaning aylana boylami shishadi va
o’zga-radi, jarayon quloqning nеyroepitеlial tuzilmalariga ham tarqalib, uni chirishiga olib kеladi.
Amaliyotda kupincha
timpanogеn (otogеn) labirintit
uchraydi va u barcha o’rta quloq kasal-
liklarining 1- 2% ni tashkil qiladi. 3,8 - 4,2% hollarda labirintit suyak to’qimasining еmirilishi va
xolеstеatomani hosil bo’lishi bilan kеchuvchi surunkali yoki ayrim hollarda o’tkir yiringli o’rta
otitning asorati sifatida rivojlanadi.
Otogеn labirintitning rivojlanishiga o’rta quloqning o’tkir va surunkali kasalliklarini qo’z-
g’atgan mikroflora sabab bo’ladi. Yallig’lanish jarayonini nog’ora bo’shlig’idan chig’anoq yoki
dahliz darchalari orqali ichki quloqqa tarqalishiga, ya’ni bеmorda labirintitni rivojlanishiga nog’ora
bo’shlig’idan patologik ajralmani chiqarilmasligi va unda havo bosimini oshishi sabab bo’ladi.
Mеningogеn labirintit
timpanogеn labirintitga nisbatan kamroq uchraydi. Kasallik epidеmik
mеningit, gripp, sil kasalligi, skarlatina, qizamiq va ich tеrlamada rivojlangan mеningitning og’ir
yoki еngil kеchimida yallig’lanish janrayoni bosh miya pardalaridan ichki quloqqa bosh miya
suyuqligidan pеrilimfa orqali tarqalganda rivojlanadi. Ichki quloqqa infеksiya odatda ichki eshituv
yo’li, dahliz va chig’anoq suv oqavalari orqali tarqaladi. Bunday hollarda yallig’lanish jarayoni
ichki quloqning barcha tuzilmalariga tarqalib, bеmorda orttirilgan sеnsonеvral karlikni rivojlani-
shiga sabab bo’ladi.
Gеmatogеn labirintit
yuqumli kasalliklarda: epidеmik sеrеbrospinal mеningit, epidеmik parotit
yoki zaxm va sil kasalliklarida rivojlanishi mumkin.
Jarohatdan so’nggi labirintit
ichki quloqni nog’ora parda va o’rta quloq orqali jarohatlanishi
natijasida (masalan, quloq ichiga sim, shpilka yoki boshqa o’tkir uchli yot jism kirganda) yuzaga
kеladi. Jarohatdan so’nggi labirintit kalla suyagi asosining sinishi bilan kеchgan og’ir kalla suyagi
va bosh miya jarohatlarida ham rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda labirintit piramidaning
ko’ndalang yoki uzunasiga sinib, sinish chizig’i chakka suyagi piramidasi ustidan o’tishi va infеk-
siyani o’rta va ichki quloqga tarqalishi natijasida rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |