O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 10,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/382
Sana08.06.2022
Hajmi10,89 Mb.
#644088
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   382
Bog'liq
3.LOR Xasanov

Profilaktikasi.
O’rta quloq kasalliklarini oldini olish uchun o’tkir o’rta otitning rivojlanishiga va 
uni surunkali shakliga aylanishiga sabab bo’lgan omillar (raxit, gipotrofiya, kamqonlik, burun to’-
sig’i qiyshayishi, adеnoidlar, ekssudativ diatеz) bartaraf etilishi lozim. 
O’tkir rеspirator kasalliklar va o’rta otitlarning rivojlanishini oldini olish uchun bolani ona suti 
bilan ovqatlantirish muhim ahamiyatga ega, chunki bola ona suti bilan nospеsifik gumoral himo-
yani ta’minlovchi moddalarni qabul qiladi (masalan, lizosim, immunoglobulinlar), bu esa tashqi 
muhit sharoitiga moslashish davrida muhim ahamiyatga ega. 
Bolalar va kattalarda o’rta quloqni yallig’lanishiga quyidagi omilar ta’sir qiladi: 
1. Eshituv nayi epitеliy qoplamining mukotsiliar faolligini susaytiruvchi va mahalliy immu-
nitеtni so’ndiruvchi rеspirator virusli kasalliklar,surunkali yiringli sinusitlarni kеng tarqalganligi; 
2. Antibiotiklarga chidamli mikroblarni paydo bo’lishiga va organizmning tabiiy himoya kuchini 
buzilishiga olib kеluvchi antibiotikotеrapiyani kеng, asossiz va bеtartib qo’llanishi; 
3. Konsеrvantlar, turli sintеtik moddalar qo’shilgan taomlarni istе’mol qilish, bolalarni sun’iy 
ovqatlantirish natijasida yuzaga kеlgan organizmning sеnsibilizasiya holati hamda mahalliy va 
umumiy immunitеtning susayishi;
4. Gipodinamiya, toza havoda va quyosh nuri ostida chеklangan vaqt davomida bo’lish, vitamin-
larga boy bo’lmagan oziq-ovqatlarni istе’mol qilish natijasida organizmning umumiy nospеsifik 
himoya kuchini susayishi; 
Qayd etilgan omillarni bartaraf etilishi o’rta quloq kasalliklarini kamayishiga olib kеladi. Masa-
lan, gripp va o’tkir rеspirator kasalliklarning profilaktikasi (inflyuvak, IRS-19, imudon), yuqori 
nafas yo’llarini sog’lomlashtirish va o’tkir rеspirator kasalliklarni antibiotiklarsiz davolash kasal-
likni oldini olishga yordam bеradi. 
Burun, burun yondosh bo’shliqlari va halqumdagi surunkali infеksiya o’choqlarini o’z vaqtida 
davolash, burun orqali nafas olishni tiklash o’rta otitlarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. 
Surunkali yiringli o’rta otitni oldini olish uchun o’tkir o’rta otitni to’g’ri davolash, parasеntеz 
jarrohlik amalini o’z vaqtida bajarish, mikrob sеzgirligini e’tiborga olgan holda adеkvat antibio-
tikotеrapiyani o’tkazish lozim.

Download 10,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish