Surtmalarning saqlanishi. Surtmalar turi, tayyorlash texnologiyasi va qadoqlash turidan qat’iy nazar yorug‘lik nuridan ximoya qilingan xolda, salqin joyda saqlanadi. Oshlovchi moddalar, yod va simob saqlagan surtmalar metall buyumlardan uzoqda saqlanishi lozim. Emulsion surtmalar va emulsion asoslarda tayyorlangan surtmalar idishlarga to‘la xolda qadoqlanib saqlanadi (suvni parlanishini oldini olish maqsadida). SHuningdek, harorat 00S dan pasayishi yoki 30-400S haroratdan ortishi mumkin emas. Moyli asoslarda tayyorlangan surtmalar imkon darajasida past haroratda saqlanadi. SHuningdek, termolabil moddalardan tayyorlangan surtmalar ham xuddi shudday sharoitda saqlanishi lozim.
Korxona sharoitida surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
Surtmalar ishlab chiqarishni xozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish, surtmalarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, yangi texnik asbob-uskuna va apparatlarni farmatsevtik ishlab chiqarish amaliyotiga olib kirishni taqozo etadi. XX asr oxirlariga kelib surtmalar nomenklaturasi 20-30% ga ortdi.
Endilikda, steroid gormonal preparatlar, antibiotiklar va qsimlik ekstraktlaridan surtmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Virusli infeksiyalar, rak kasalliklari va yurak qon tomir kasalliklarini, shuningdek markaziy nerv sisitemasi va boshqa kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan surtmalarning yangi-yangi tarkiblari va mavjud texnologiyalarni takomillashtirish borasida tadqiqotlar davom etmoqda.
Surtmalarning maksimal darajada terapevtik samaradorligini saqlab qola oladigan yordamchi moddalarni sintez qilish ishlari olib borilmoqda. Bu borada birinchi o‘rinda yuqori molekulyar birikmalar, shuningdek monomer sintetik moddalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yordamchi moddalarni to‘g‘ri tanlanishi surtmalar, linimentlar va pastalarni –50S dan +40S gacha bo‘lgan haroratga chidamli bo‘lishini ta’minlamoqda. Surtmalarning farmakokinetik faolligiga dori moddasining disperli darajasi, tanlangan asosning tabiati, tarkibidagi sirt faol moddaning miqdori va ko‘pik xosil qiluvchilarning (penetratov) to‘g‘ri ta’sir qilishi tajribalar orqali isbotlangan.
Surtmalar, kremlar, gellar, linimentlar va pastalarda “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
2. Xalkaro patentlanmagan nomi
3. Tarkibi
4. Tasnifi
5. Chinligi
6. O’ram ichidagi massa
7. Suvli ajratma pHi
8. Zarrachalar o’lchamlari
9. Bir xilligi
10. Yot aralashmalar (o’xshash birikmalar)
11. Mikrobiologik tozaligi yoki sterilligi
12. Miqdoriy taxlili
13. O’rami
14. Yorliqlash
15. Tashish
16. Saqlash
17. Yaroqlilik muddati
18. Asosiy farmakoterapevtik guruxi
Do'stlaringiz bilan baham: |