Tashish. DS 17768-90E talabiga asoslanadi.
Saqlash. Salqin, yorug’likdan himoyalangan joyda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati. 2 yil.
Asosiy farmakologik ta’siri. Antiseptik vosita.
Ilova. Ushbu korxxona farmakopeya maqolasida keltirilgan reaktivlar, titrlovchi eritmalar va indikatorlar XI Davlat Farmakopeyasi 2 tomining tegishli bo’limlarida keltirilgan.
Shamchalarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Anuzol shamchasi.
Maqsad. Rektal va vaginal dori shakllari shamchalar, tabletkalar, surtmalar, kremlar va kapsulalarni sifatini MTH lar bo‘yicha baholash.
Mavzuning ahamiyati. Rektal dori shakllaridan shamchalar ularni tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ishlab chiqarishda ancha noqulayliklar keltirib chiqaradigan dori shakllaridir. SHunday bo‘lsada, ularga bo‘lgan talabning yuqori ekanligi bu dori shakllarini standartlashni oddiy va qulay usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |