Transportlash.DST 17768-90 ga mos bo’lishi kerak.
Saqlash.25°C yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati.1 yil.
Ko’rsatma. Reaktivlar, titrlangan eritma va indikatorlar, xususiy korxona farmakopeya maqolada ko’rsatilgan Davlat Farmakopea IX, 2 jildida keltirilgan.
Surtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Diklofenak-RG geli.
Maqsad. Yumshoq dori shakllaridan surtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellarni sifatini baholashning o‘ziga hos tomonlarini tahlil qilish.
Mavzuning ahamiyati. YUmshoq dori shakllarining aksariyat qismi tashqi maqsadlar uchun ishlatilsada ularni sifatini baholash va standartlash boshqa dori turlariga nisbatan alohida o‘quv va malakani talab qiladi. Bu jihatdan ularni XI DF talablari bo‘yicha sifatini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Vaziyatli masalalar.
Tayyorlangan surtma tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda asosda erimaganligi uchun buyum oynachasida uning zarrachalari aniq ko‘zga tashlandi.
Tayyorlangan limimentning konsistensiyasi deyarli surtmanikiga yaqin.
Tayyorlangan pasta standartlanib, ichish uchun tavsiya qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |