Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidagi 6 va (121-bet) 8 (137-bet)
adabiyotlardan Olindi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Yashil yoki qo‘ng‘ir yashil rangli tiniq moysimon suyuqlik
bo‘lib, o‘ziga xos hidga ega.
Chinligi. Preparat xlorid kislota bilan benzin aralashmasida chayqatiladi. Suvli qatlam
ajratib olinadi. Unga xloraform va pikrin kislota qo‘shib qattiq chayqatiladi, so‘ng xloraform
qavati tindirib qo‘yiladi, bunda pikratlar shu qavatga o‘tib sariq rang xosil qiladi (atropin
gruppasi alkaloidlari).
Qadoqlash. 15-20 kg dan shisha idishlarda chiqariladi.
Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, salqin qorong‘i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Faqat og‘riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida nevralgiya va bod kasalliklarida
liniment dori shaklida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |