1-laboratoriya ishi
Belladonna quruq ekstrakti
Extractum Belladonnae siccum.
1-laboratoriya ishi
1. 30,0 g xom ashyodan reperkolyatsiya usulida belladonna quruq ekstraktini tayyorlang.
2.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
3.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Maydalangan belladonna bargi va er ustki qismi,
20% li etil spirti - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-usukunalar va yordamchi materiallar.
1.
30,0 g belladonna xom ashyosi.
2.
Hajmi 100 ml bo‘lgan, og‘zi zich yopiladigan 3 ta shisha idish.
3.
Perkolyator - 4 ta.
4.
Yig‘gich kolba - hajmi 200 ml bo‘lgan.
5.
Shisha tayoqcha, filtr qog‘ozi, doka va chinni bo‘lakchalari.
6.
Bug‘latgich.
7.
20% li etil spirti - etarli miqdorda.
Ishni bajarish tartibi:
30,0 g maydalangan (1-8 mm kattalikda) belladonna bargi va er ustki qismi teng 3 qismga
10,0 g dan bo‘linib, og‘zi zich berkitiladigan 3 ta shisha idishga alohida-alohida solinadi va xar
birining ustiga 5 ml dan 20% li etil spirti solinadi. So‘ngra yaxshilab aralashtirilib, og‘zi yopiladi
va 4-6 soatga bo‘ktirish uchun xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng
idishlardagi bo‘kkan xom ashyo tagiga 3-4 qavat doka qo‘yilgan 3 ta perkolyatorlarga miqdoran
o‘tkaziladi va xom ashyo shisha tayoqcha yordamida shibbalanadi. Xom ashyoning ustiga filtr
qog‘ozi qo‘yilib, shisha bo‘lakchalari bilan bostiriladi va birinchi perkolyatorning ustiga toza
ajratuvchi tushib turishini ta'minlovchi bo‘sh perkolyator, uchinchi perkolyatordan tayyor
ajratmani yig‘ib oluvchi idish o‘rnatiladi.
Ajratma olish tezligi quyidagi tenglama orqali xisoblaniladi:
V = K
S
Bu erda
V - ajratma olish tezligi K - doimiy son, u 0,5 ga teng
C - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori
Bo‘sh perkolyatorga 20% li etil spirti solinib, birinchi perkolyatorga ―oynasimon yuza‖
xosil bo‘lgunga qadar perkolyatsiya qilinadi. So‘ng birinchi perkolyatorning jo‘mragi ochilib
ikkinchi perkolyatorga, ikkinchi perkolyatorda ―oynasimon yuza‖ xosil bo‘lgandan so‘ng esa
bevosita uchinchi perkolyatorga perkolyatsiya qilinadi. Uchinchi perkolyatorda ―oynasimon
yuza‖ xosil bo‘lgandan so‘ng perkolyatorning jo‘mragi ochilib, ajratma yig‘ib olina boshlaydi.
Ajratma olish tezligi hamma perkolyatorda ham bir xil bo‘lishi shart. 1- perkolyatorga xar doim
toza ajratuvchi tushib turganligi sababli unda birinchi bo‘lib ta'sir etuvchi modda tugaydi.
Shunda birinchi perkolyator ishdan chiqarilib, toza ajratuvchi 2- perkolyatorga o‘tkaziladi.
Ma'lum vaqt o‘tgandan so‘ng mana endi 2- perkolyatordagi asosiy ta'sir etuvchi modda ham
tugaydi. Shundan so‘ng toza ajratuvchi tushib turishini ta'minlovchi perkolyator endi bevosita 3-
perkolyatorga to‘g‘rilanadi.
197
Do'stlaringiz bilan baham: |