Ta’siri uzaytirilgan insulin preparatlari
In’eksiya uchun insulin protamin suspenziyasi (Suspensio Insulin - protamini pro injectionibus). U kristallik insulinga protamin sulfat va ikki almashingan natriy fosfat qo‘shish yo‘li bilan olingan preparat bo‘lib, unga konservant sifatida – meta krezol, fenol yoki nipaginni glitserin bilan aralashmasi qo‘shiladi. Qandni tushirish samaradorligi in’eksiya qilingandan so‘ng 2-4 soat davomida namoyon bo‘ladi va ta’siri 16-18 soat davom etadi.
In’eksiya uchun amorf rux insulin suspenziyasi (Suspensio Zinc-Insulini amorphi pro injectionibus). Bu steril insulin suspenziyasini rux xlorid bilan, atsetat buferidagi eritmasi bo‘lib, u kristallik insulinidan tayyorlanadi. Kristallik insulinni suvda erimaydigan amorf zarrachalari suspenziya ko‘rinishida bo‘ladi. 1 ml eritma 40-80 TB dagi insulinni va 80-160 mkg miqdorida ruxni saqlayli. Konservant sifatida 0,25-0,3% fenol ishlatiladi. Muhit pH 7,1-7,5. Qon tarkibidagi qandni kamaytirish xossasi 1-1,5 soatdan so‘ng yuzaga keladi, ta’sir davomiyligi 10-12 soat.
In’eksiya uchun rux insulin suspenziyasi (Suspensio Zinc-Insulini pro injectionibus). Bu preparat, amorf rux insulinni, rux insulin kristallari bilan 3:7 nisbatdagi, atsetat buferidagi steril suspenziyasi bo‘lib, 1 ml eritma 40 TB insulin va 80-100 mkg rux saqlaydi. Qandni kamaytirish xossasi 2-4 soat oralig‘ida yuzaga keladi, 8-10 soat davomida maksimum sararadorlikka erishilib, 20-24 soat ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi bilan xorijda ishlab chiqariladigan “Insulinum lente” ga yaqin turadi.
In’eksiya uchun protamin rux insulini (Protamin Zinc-Insulinum pro injectionibus). Bu preparat, kristallik insulin eritmasiga protamin sulfat, rux xlorid va natriy fosfat eritmalarini qo‘shish bilan olinadi. Oq rangdagi, steril suvli suspenziya qismi chayqatilganda ko‘zga ko‘rinuvchi zarrachalarni saqlamasligi kerak. Saqlanish davomida cho‘kma va rangsiz eritma qismlariga ajralib qoladi, 0,25-0,3% fenol bilan konservalanadi. Eritma muhitining pH 6,9-7,3. 1 ml eritma 40 TB da insulin saqlaydi. Samaradorligi 3-6 soatdan so‘ng paydo bo‘ladi, ta’sir davomiyligi 24-36 soat davom etadi.
In’eksiya uchun rux insulin kristallari suspenziyasi (Suspensio Zinc-Insulini pro injectionibus). Bu preparat, insulin steril suspenziyasini rux xlorid va atsetat buferidagi eritmasi bo‘lib, insulinni tarkibida suvda erimaydigan kristallar mavjud bo‘ladi. 1 ml eritma 40 TB da insulin va 80-100 mkg miqdorida rux saqlaydi. Eritma muhitining pH 7,1-7,5 ga teng. Qand miqdorini kamaytirish xossasi 6-8 soat oralig‘ida yuzaga keladi, ta’sir davomiyligi 30-36 soat. Ta’sir mexanizmi bo‘yicha “Insulinum ultralente” ga yaqin turadi.
Oxirgi yillarda proinsulin va yuqori molekulali oqsillardan tozalangan insulin preparatlari ishlab chiqildi. Ular organizmga yaxshi so‘riladi va hech qanday allergik reaksiyalar keltirib chiqarmaydi. Bu guruh preparatlariga monoinsulin, insulin suspenziyasi – semilong, insulin suspenziyasi – long va ultralonglar kiradi. Monoinsulin – qisqa vacht ta’sir ko‘rsatuvchi preparat bo‘lib, tarkibida cho‘chqadan olingan insulin kristallarini saqlaydi. Ta’sir mexanizmi bo‘yicha suinsulingga o‘xshaydi. Qolgan har uchchala preparat ham ta’siri uzaytirilgan preparat xisoblanadi.
Insulin suspenziyasi – semilong, ta’siri bo‘yicha “Semilente” yoki amorf rux insulin suspenziyasiga o‘xshaydi. Ta’sir davomiyligi 10-12 soat.
Insulin suspenziyasi – long, ta’siri bo‘yicha “Lente” yoki in’eksiya uchun rux insulin suspenziyasiga o‘xshash bo‘lib, 20-24 soat davomida ta’sir ko‘rsatadi.
Insulin suspenziyasi – ultralong, ta’siri bo‘yicha “Ultralente” yoki in’eksiya uchun kristal rux insulin suspenziyasiga yaqin bo‘lib, 30-36 soat mobaynida ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |