7-rasm. TK-3 dozalash apparati
qoshiqcha asosiy metal korpusi (1), ortiqcha kukunni tekislab dozani to‘grilashga mo‘ljallangan tekislagich (2) va qoshiq (3) hajmini o‘zgartirib ma'lum hajmga to‘g‘rilash uchun o‘rnatilgan muruvvat (4, 5) dan iborat. Qoshiqcha bilan ishlashdan oldin uning hajmini kerakli miqdorga to‘grilash zarur. Buning uchun hovonchada kukun tayyor holga keltirilgandan so‘ng, undan qoshiqchaga botirib olinadi, hovoncha ustida tutib turgan holda bosh barmoq bilan kukunning ortiqchasini, tekislagichni qoshiq uchigacha surib tushiriladi, so‘ng tekislagichni avvalgi joyiga qaytarib, qoshiqdagi kukun tarozi pallasiga solib tortiladi va og‘irlik belgilangandan ko‘p yoki kam bo‘lsa, muruvvatni burab qoshiq hajmi ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi. Mo‘ljallangan dozaning hajmi topilgandan so‘ng dozatorni ishlatib dozalashni boshlash mumkin. DPR-2 dozatorining ishlash jarayoni ham shunga o‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: |