O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

 
 
 
 
 
 
 


 
73 
MAVZU 6. DEZINFEKSIYA, DEZINSEKSIYA VA DERATIZATSIYA. 
DEZINFEKSIYA QILISH USULLARI VA VOSITALARI, ULARNING 
QO’LLANISHI. DEZINFEKSIYA KAMERALARI 
 
1.   Mashg’ulotning maqsadi: 
Dezinfeksiya,  dezinseksiya  va  deratizatsiya  uchun  ishlatiladigan  muhim 
kimyoviy  vositalar,  ularning  turlari,  qo’llash  usullari.  Yuqumli  kasalliklarning 
oldini  olishda  va  kasallik  o’choqlarini  zararsizlantirishda  dezinfeksiyaning 
ahamiyati,  dezinfeksiya  qilish  uchun  ishlatiladigan  asbob-uskunalar  va 
dezinfeksiya kameralarini bo’lajak mutaxassislarga o’rgatish. 
2.   Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat. 
3.   Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. So’z boshi va ushbu mavzu yuzasidan talabalarning dastlabki bilimlarini 
tekshirib ko’rish. 
3.2.  Dezinfeksiya  ishi  bilan  tanishish.  Dezinfeksiya  qilish  uchun 
qo’llaniladigan kimyoviy moddalarning kasallikni qo’zg’atuvchi mikroblarga ta’sir 
ko’rsatish mexanizmlari bilan tanishish. 
3.3. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish uchun qo’llaniladigan 
eng muhim kimyoviy vositalar va ularni qo’llash usullari bilan tanishtirish. 
3.4.  Dezinfeksiya,  dezinseksiya  va  deratizatsiya  uchun  ishlatiladigan  asbob-
uskunalar, ularning tuzilishi va ishlatish qoidalari. 
3.5. Dezinfeksiya kameralarining turlari va tuzilishi. 
3.6.  Turli  guruhdagi  yuqumli  kasalliklarga  nisbatan  o’tkaziladigan 
dezinfeksiyalar. 
4.   Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar: 
4.1.  Dezinfeksiya  ishi  to’g’risida  asosiy  tuShuncha.  Dezinfeksiya  qilish 
usullari  (mexanik,  kimyoviy,  biologik,  fizik).  Profilaktik  va  yuqumli  kasalliklar 
o’choqlarida o’tkaziladigan dezinfeksiya (joriy va yakunlovchi dezinfeksiya). 
4.2. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan eng muhim kimyoviy vositalar. 
4.2.1.  Oksidlovchilar:  xlorli  ohak,  tarkibida  faol  xlorni  saqlashi,  ularning 
dezinfeksiya  uchun  ishlatiladigan  suvli  eritmalarini  tayyorlash.  Aktivlangan 
eritmalar,  tinitilgan  eritmalardan  foydalanish,  xlor-ohakli  sut,  quruq  xlor  ohagi. 
Xlorli  ohakning  bakteriya,  viruslar  chaqiradigan  yuqumli  ichak  kasalliklarida, 
qo’zg’atuvchilari  sporali  mikroblar  bo’lgan  kuydirgi,  zamburug’lar  chaqiradigan 
kasalliklar  o’choqlarida  va  profilaktik  dezinfeksiya  vositasi  sifatida  qo’llanishi. 
Xlor ohakning suvdagi eritmasi va uning xlor ohagidan afzalligi. 
4.2.2.   Kalsiy gipoxloridning ikki asosli tuzi (DTSGK). 
4.2.3.  Neytral  kalsiy  gipoxloridi  (NKG).  Bu  moddaning  xlor  ohagidan 
afzalligi. 
4.2.4.  Xloramin.  Tarkibida  xlor  tutgan  noorganik  dezinfeksiyalash 
moddalaridan xloraminning afzalligi. 
4.2.5.  Dixlorizatsiyanur  kislotaning  natriyli  tuzi  (DXCK)  va  uning  xlorli 
ohagidan afzalligi. 
4.2.6.   Sulfoxlorantin va uning xloramindan afzalligi. 


 
74 
4.2.7.  Vodorod  peroksidi  (pergidrol)  sterilizatsiya  uchun  qo’llanilishi. 
Yuvuvchi vositalar bilan birga ishlatish mumkinligi. 
4.2.8.  Dezokson  -  I.  Mikroblarga  ta’sir  qiluvchi  moddasi.  Eritmalar 
tayyorlashda  o’ziga  xos  xususiyatlari,  sterilizatsiya  va  dezinfeksiya  uchun  bu 
preparatning keng qo’llanilmasligining sabablari. 
4.2.9.  Fenollar,  lizol,  formaldegid  va  boshqa  aldegidlar  guruhlariga  umumiy 
tavsif. Formaldegidning kamerali dezinfeksiyada qo’llanilishi. 
4.2.10.  Nitran  va  amfolon,  sirtqi-faol  moddalar  guruhining  xususiyati  va 
ularning  davolash  profilaktika  muassasalarida,  shifoxonalarda  tarqaladigan 
yuqumli kasalliklarning oldini olishda ishlatilishi. 
4.2.11.  Etil  va  butil  spirtlar.  Davolash  va  profilaktika  muassasalarida,  jarroh 
qo’llarini va boshqa asbob-uskunalarni zararsizlantirish uchun qo’llanilishi. 
4.3.  Turli  guruh  yuqumli  kasalliklarida  dezinfeksiya  qilishning  o’ziga  xos 
xususiyatlari. 
4.4. Dezinfeksiya sifatini nazorat qilish. 
4.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar. 
4.6.  DDU,  DDA-2,  DDA-66  dezinfeksiya  kameralari.  Bu  kameralarning 
tuzilishi,  ishlash  tartibi.  Kamerali  dezinfeksiya  usullari.  Kamerali  dezinfeksiya 
sifatini nazorat qilish. 
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 
5.1.  Dezinfeksiyaning  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbir  sifatida  qo’llanilishi 
va uning yuqumli kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyati. 
5.2. Dezinfeksiya qilish usullari. 
5.3.  Dezinfeksiya  qilish  vositalari,  ularning  asosiy  xossalari,  ta’sir  qilish 
mexanizmi va qo’llash usullari. 
5.4. Dezinfeksiya preparatlarining odamga va hayvonlarga zaharli ta’siri. 
5.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar.  
6.   Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 
6.1.  Dezinfeksiya,  dezinseksiya,  deratizatsiya  uchun  ishlatiladigan  vositalar 
va preparatlar, ularni amalda qo’llay bilish. 
6.2. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya sifatini nazorat qilishni bilish. 
6.3.  Dezinfeksiya,  dezinseksiya,  deratizatsiyaning  yuqumli  kasalliklarga 
qarshi kurashda va bu kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyatini baholay bilish. 
7.   Talabalarning mustaqil ishi: 
7.1.  Ko’p  qo’llaniladigan  dezinfeksiya  preparatlarining  tashqi  ko’rinishi, 
rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan tanishish. 
7.2.  Dezinfeksiya  uchun  qo’llaniladigan  ishchi  eritmalarini  tayyorlash 
usullarini o’zlashtirish. 
7.3. Dezinfeksiya apparatlarining tuzilishini, ish uslubini o’rganish va ularni 
ishlata  bilish,  suyuqlik  purkagich,  poroshok  changlatkichlar  va  gidropultlarni 
ochib, yana yig’a bilish. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish