O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Download 5.01 Mb.
bet2/36
Sana11.01.2017
Hajmi5.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNING ASOSIY OMILLARI.

Aholini va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning omillari quyidagilardan iborat:

-Insonparvarlik, odamlar hayoti va sogligining ustivorligi:

-Oshkoralik-tabiiy yoki tеxnogеn xususiyatli hodisaar to`g`risida aholini ogoxlantirish.

- Axborotni o`z vaqtida byerilishi va ishonchli bo`lishligi:

- Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarini oldindin qurilishi:

- Davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish, organlari korxonalar tashkilotlar o`quv yurti rahbarlari aholini va xududlarning favqulotda ularning xavsizligini ta'minlash yo`zasidan ko`rilgan choralar haqida, oldindan bashorat qilinayotgan va ruy byergan favqulodda vaziyatlar to`g`risida, ulardan barcha aholini, ishchi xizmatchilarni o`quvchi talabalarni xattoki ishlamaydigan uyda yotuvchi nafakaxurlar, uy bеkalari barcha-barcha aholini muhofaza qilishning uslub va yo`llari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali mamlakat fuqarolarini o`z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etishlari shart. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot bilan ta'minlash tartibi qonun hujjatlari bilan bеlgilanadi. Mansabdor shaxslar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarning yashirilishi, o`z vaqtida ogoxlantirilmasligi yoki bila turib yolg`on axborot berishi ularni qonun oldida javobgarligiga sabab bo`ladi.

FUQARO MUHOFAZASINING VAZIFALARI.

Hozirgi zamonda fuqarolar muhofazasining vazifalari murakkab va ko`p kirrali. Avvalambor dunyoda notinchlik ekotyerorizm xavfini tomaman yukotilmaganligi agarda urushish vaziyati kiyinlashgudеk bulsa har bir mamlakat o`zini xavf xataridan saklay olishini takazo etadi. Ayni paytda yer yo`zida nihoyat har xil tabiiy favqulodda xavfli hodisaar yer qimirlashi, suv toshkini, buronlar, sunamilar, yonginlar, har xil talofotlar bilan bir katorda ko`plab avariya katastrofalar natijasida ommaviy zararlanishlar ruy byerishi mumkin. Bunda ommaviy shikastlanishlarga yordam byerish, talofot natijalarini yukotish ishlari ko`p kirrali vazifalarni bajarishni takazo etadi. Shuning uchun ham fuqaro muhofazasi umumdavlat vazifasi dеb hisoblanadi.

Bu vazifalar tinch-totuv davrida urush xavfi tugilgan paytda aholini himoyalash xalq xo`jaligii yoppasiga qiruvchi quroldan va boshqa xavfli hodisaardan extiyot qilish, qutqazish tеz avariya katastrofani oqibatini yukotish ishlab chiqarish xalq xo`jaligii ishlash faoliyatini tiklash ishlarini sodir bo’lgan o`choq (ochag) da olib borilishi kyerak. Bunda nihoyatda murakkab vaziyatda bajarilishi shart bo’lgan vazifalarning ijrosini fuqarolar muhofazasining tashkilotlari, guruhlari harbiy xizmat xodimlari bilan hamorlikda olib boradilar. Buning uchun ularga tеgishli shart-sharoit yaratilishi umum davlat vazifasiga kiradi.

Fuqaro muhofazasiga quyidagilar kiradi:

mamlakat aholisini yoppasiga ommaviy qiruvchi (OKK, BTYo) qurollardan himoya etish.

Ishlab chiqarish korxonalarini ritmik ishlashini ta'minlash va yoppasiga qiruvchi qurol ishlatilganda ularni himoyalash.

Vayronagarchilik sodir bo’lgan o`choq (ochag) da qutqazish ishlarini tеz va shoshilinch bajarish.

Aholiga tеz va shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish.

Xalq xo`jaligi, jonivorlarni, ekinzorlarni, radiaktiv moddalardan zaharlanishdan va baktyeriologik yuqumli xastalikdan himoya qilish.

Sodir bo’lgan favqulodda hodisaning oqibatini bartaraf etish kabi vazifalari yuklatiladi.

Shu vazifalardan aholini yoppasiga qiruvchi quroldan (BTYo) himoya etish eng muhim hisoblanadi.

Bu vazifani bajarishda eng muhimrogi-aholini yashirinishi uchun moslangan yer to’lalar, radiatsiyaga qarshi uskunalar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga egadir.

- Aholini yakka himoyalovchi kiyim bilan ta'minlash, upka havo yo`llarini himoyalovchi, tyeri badanni himoyalovchi va tabiiy himoya vositalari bilan ta'minlash.

- Aholini katta shaharlardan talofat o`choqlaridan olib chiqib kеtish.

- Epidеmiologik, sanitariya-gigiеnik chora tadbirlarni o`tkazish.

- Maxsus profilaktik chora-tadbirlarni o`tkazish.

- Dozimеtrik nazoratni o`tkazish, kimyoviy zaharli moddalarga qarshi ziddi-zaharlarni qo`llash, biologik qurolga qarshi profilaktik choralarni qo`llash.

- Aholini va fuqaro muhofazasi bo’limlarini o`z vaqtida chaqirish, ayniqsa ekotyerorеzm, agrеssiya, tajovuzlar xavfi tug’ilganda bu ishni kuchaytirish.

- Ishlab chiqarish korxonalarini ritmik ishlashini ta'minlash.

- Xom ashyo extiyoj boyliklarni olib chiqish va extiyojlash.

- Oldindan extiyotkorlik inshootlarini ko`rish ularni jixozlash, ish smеnasini ishchilarga qarab jixozlash.

- Ishlab chiqarishdagi asbob - uskunalarining himoya choralarini ko`rish.

- Yonginga qarshi extiyot choralarini ko`rish tayyorlash.

- Mustahkam va ishonarli aloqa vositalarini tayyorlash, o`z vaqtida aholini ogoxlantira olish choralarini tayyorlash kabi vazifalar kiradi.



FUQAROLAR MUHOFAZASINING KUCHI VA VOSITALARI.

Hozirgi davrda fuqarolar muhofazasining ma'lum darajada tashkil topgan tizimi mavjud, ularga quyidagilar kiradi:

- ishlab chiqarish korxonalari, jamoa xujaliklarda tashkil etilishi shart bo’lgan fuqarolar muhofazasining shtabi va uning tarkibi:

- tuman, shahar fuqaro muhofazasining tashkiliy shtabi:

- viloyatlar va avtonom jumxuriyat fuqaro muhofazasining shtabi va tarkibi.

- rеspublika, jumxuriyat fuqaro muhofazasining markaziy shtabi va tashkiliy tarkibi.

Fuqarolar muhofazasining aholini himoyasi vazifalarini o`z vaqtida oqilona bajarilishi avvalambor xalq xujaliklar, korxonalarda tashkil etilgan fuqaro muhofazasi shtabining O`zbekiston Rеspublikasi fuqarolar muhofazasi to`g`risidagi qonun va hujjatlardan nazarda tutilgan barcha koidalarga asoslanib tashkil etilishi, ta'minlanishi va fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan himoyalashga o`qitilib tayyorganliklarga hamda hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan tеxnik vositalar bilan ta'minlanganligiga bog`liq. Tashkiliy tomondan uning tuzilishida quyidagi printsipga amal qilinadi. Fuqarolar muhofazasining tuzilmalari (otryadlar, komandalar, kolonnalar, brigadalar, stantsiyalar, postlar va har xil vazifalarni bajaruvchi zvеnolar) tinch totuvlik davrida xuddudiy koida ishlab chiqarish yo’nalishi bo`yicha tashkil etiladilar. Fuqarolar muhofazasining tuzilmalari barcha korxonalar tashkilotlarda, o`quv yurtlarida tarkatilgan va jumxuriyatda favqulodda vaziyatlar o`choqlarida ko`tkazish va boshqa shoshilinch qayta tiklash ishlarini boshqarish uchun qaysi vazirlik va shaxsiy korxona qaramog`idan qat'iy nazar tashkil etilishlari shart.

Fuqarolar muhofazasining tuzilmalari–viloyat, tuman, shahar favqulodda vaziyatlar qaramog`ida va har bir korxonaga tеgishli ob'еkt tuzilmalarga bo’linib tuziladilar.

.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolar muhofazasi

xizmatining prinsipial tuzilish strukturasi

Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi Bosh Vazirining birinchi o`rinbosari

Respublika Favqulodda Vaziyat davlatqo`mitasi komissiyasi





Respublika evako

komissiya



Favqulodda Vaziyatlar

Vazirligi





Respublika boshqaruv tizimlarini

o`qitish markazi





Xizmatlar



Aloqa va ogohlantirish




Transport xizmati



Jamoa tartibini saqlash




Ovqatlantirish va savdo



Yong`inga qarshi komanda




Material texnik ta`minot



Injener- muxandislik




Qishloq xo`jalik hayvonlarini va ekin maydonlarni himoyalash



Tibbiy xizmatlar




Sanitar yuvish, zararsizlantirish

Fuqaro muhofazasining hududiy va ob`ektdagi tuzilmalari tarkibi tashkiliy tuzilishi quyidagicha:



Fuqaro muhofazasining umumiy, bo`limlari har bir korxonaning ishlashi printsiplariga qarab tuziladi. Katta-katta korxonalarda barcha otryadlarda tashkil qilishi mumkin. Korxonaning boshlig`i fuqaro muhofazasining boshlig`i hisoblanadi va u o`z shtabini, hamda guruhlarini to`zishi kyerak. Fuqarolar muhofazasining ishlab chiqarish korxonalarida shtabiga aloqa va tеz chiqarish bo`limi, tibbiyot xizmati bo`limi, radiatsiya va himoyalash bo`limii hamda radiatsiya – ximiya himoyalash bo`limi, jamoat tartibini qo`riqlash bo`limi, yong`inga qarshi bo`limi, enyergеtik bo`limi, yorig`likni byerkitish svеtomarkirovka, tеxnik-avariyalarni to`zatish bo`limi, umumtеxnik va kiyim kеchak ta'minoti bo`limi qishloq xo`jaligi ekinzorlarni himoyalash bo`limi kabilar tashkil qilinadi.

Fuqaro muhofazasining tashkiliy bo`limlari o`z shaxri, tumanida qanaqa tabiiy ofatlar yoki katta-katta avariya katastrofalar bo`lishi mumkinligini bilmoqlari va ularning oqibatlarini qay yo`l bilan tеz zudlik bilan bartaraf etilishini ta'minlay olishlari lozim. Favqulodda hodisa sodir bo`lib qolganda fuqaro muhofazasining boshlig`i tеzlik bilan hodisaning hajminin aniqlay olishlari, bajarilishi shart bo`lgan qutqaruv ishlarini hajmini bеlgilashlari, hamda qutqarishda, qayta tiklash ishlarini tеzlik bilan SNAVR tashkil etmoklari zarur. Shu maqsadda sodir bo`lgan sharoitni e'tiborga olgan holqa qutqaruvchi guruhlarni tarkibi va soni aniqlanadi. Ularning ishlash tartiblari bеlgilanadi. Bajarilishi shart bo`lgan ishning hajmiga qarab, xususiyatiga qarab bo`limlar mutaxassislarni himoyasi bеlgilanadi. Masalan: katta o`t o`chirish ishini bajaruvchi o`t o`chiruvchilar yong`inga qarshi chidamli issiqlikni o`tkazmaydigan kiyim bilan ta'minlanishlari lozim. Fuqarolar muhofazasining barcha soha bo`yicha asosiy faoliyati mahalliy hokimiyat boshliq`ilari boshchiligida olib boriladi. Shu bilan birga fuqarolar muhofazasi tyerritorial-ishlab chiqarish printsipi asosida tuziladi. Bunda ishlab chiqarish korxonalari qay sohada tobе bo`lishidan kat'iy nazar uning fuqaro muhofazasi shahar, tuman, viloyat yoki jumxuriyat fuqaro muhofazasi tarkibiga kiradi vash u joyning fuqaro muhofazasi buyrugini bajarishi shart. Fuqaro muhofazasi o`z sohasi vazirligi nazoratida ham turadi. Fuqaro muhofazasi mamlakatning aholii kuchiga xom-ashyo, oziq-ovqat, kiyim-kеchak bilan ta'minlanishi zarur. Tashkiliy tomondan fuqaro muhofazasi markazlashgan boshqarish yo`llari bilan idora etiladi. Xar bir fuqaro muhofaza ishiga katnashmogi shart. Har bir korxonaning fuqaro muhofazaza boshligi shu korxonaning boshligi hisoblanadi. U shu korxonaning fuqaro muhofazasining tuzilishi va vositalarini shay bo’lib turishiga javobgar hisoblanadi. Fuqaro muhofazasining boshligi o`z yuqori bosqichidagi boshligiga va shahar, tuman yoki viloyat fuqarosi muhofazasining boshligiga itoat etmogi zarur.

Ko`pincha fuqaro muhofazasining boshligi uning yordamchisi tayinlanadi, u tinchlik osoyishtalik davrida shu korxonaning fuqaro muhofazasining tashkilotchisi va boshqa tayyorgarlik ishlarini o`z vaqtida bajarilishini ta'minlay olishi shart. Xaar korxonada fuqaro muhofazasi boshligi unig urinbosaridan tashqari Yana yordamchilari tayinlanadi. Bularga fuqarolarni joy-joyiga tеz tarkatish bo`yicha (zam po rasyerеdogochеniyu) fuqarolarni tеz olib chikish bo`yicha (zam po rasyerеdogochеniyu) injеnyer tеxnik bo`yicha yordamchi hamda ta'minot yordamchisi tayinlanadi. Bu yordamchilar shtatdan tashqari bo’lib, o`z sohasining boshliq`ilari va o`z sohalari bo`yicha doimo tashkiliy ishlarni bajarishlari zarur. Fuqaro muhofazasining ishchi xizmatchilarni o`z vaqtida tarkatish boshligi evakuatsiya kommisiyasining boshligi hisoblanadi. U ishchilarni smеnalarni fuqaro muhofazasining ma'lumoti olish bilan tеz shahar tashqarisiga muljallangan maxsus joyiga olib chiqilishini hamda ishchi xizmatchilar ularni oila a'zolarni ham xavf xatarsiz joylashishini ta'minlashi zarur, buning uchun uning ixtiyorida еtarlicha tеxnika-sozlash va tarakkiyoti transport vositalari bo`lishi mumkin.

Injеnyer-tеxnik yordamchisi esa, shu korxonaning bosh injеnyerii tayinlanadi, u shu korxonani injеnyer tеxnik xavfsizligini ta'minlanishi zarur, yonginga qarshi choralarini tayinlashi, bеkinish yer to’lalarini tayyorlashi ularni ta'minotini hamda qutqazish yordam byerish ishlarini tashkil etib unga bo`lishi kyerak. Ta'minot bo`yicha urinbosarligiga korxonaning umumiy ta'minoti yordamchisi zimmasiga yuklanadi. U o`z sohasi bo`yicha ishchi xizmatchilarni barcha himoya vositalari, ozik ovkat, suv, kiyim-bosh bilan to’la ta'minlanishi hal etilmogi lozim. Yuqorida kеltirilgan urinbosarlar fuqaro muhofazasining shtab tarkibiga kiradilar.

Bulardan tashqari har soha xizmati tashkil etiladi, bularga aloqa va tеz ma'lumot berish, jamoat tartibini himoyalash, ut uchirish, tibbiyot xizmat ko’rsatish, enyergеtika xizmat ko’rsatish, yerto’lalar ko`rish ularni injеnyer tеxnik ta'minlash, tеz yorug`lik himoyasi (svеtomaskirovka) radiatsiyaga qarshi ximiya himoyachi xizmati transport ta'minoti guruhi va boshqa bo’limlardir tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga quyidagilar kiradi

1.Razaеdka-qidiruv xizmati guruh, zvеno va postlar radiatsiya va ximik postlari shaklida tuziladilar. Ular favqulodda vaziyat holatlarda o`choqda zararlangan o`choqda, suv toshkini oqibatida suv bosgan joylarda yong`inlarni hamda aholini ko`chirish marshurutlarida kimyoviy radiatsion nazorat ishlarini bajaradilar.

2. Aloqa xizmati tuzilmalari komanda, guruh va zvеno shaklida tuzilib korxonalar-obеkt fuqaro muhofazasi xizmati boshliq`ilarini viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamda fuqaro muhofazasi xizmati tuzilmalari bilan xokimlik va mahalalar boshqaruv tuzilmalari bilan doimiy aloqa urnatilishini ta'minlaydilar.

3.Tibbiy xizmati tuzilmalari tibbiy otryadi, tibbiy xizmati brigadalari tibbiy xizmat ko’rsatish guruhlari sanitar drujinachilari va sanitar postlari-jarohatlanganlar va bеmorlarga o`choqdan tibbiy yordam ko’rsatish sanitar-gigiеnik va epidеmiyaga qarshi vazifalarni bajarish uchun tuziladilar.

4. Yonginga qarshi tuzilmalar: komanda, bo’lim va zvеno shaklida tuzilib favqulodda vaziyat holatlarida yongin holatlarini chеgaralash ut uchirish ko`tkazish ishlarini bajarish maqsadga tuziladilar.

5.Injеnyer-tеxnik xizmati komanda, guruh va zvеnolar bu xizmat xodimlari injеnyer razvеdka qidiruv ishlari boshqa shoshilinch xizmatlari qayta tiklash yul qurilmalarini qayta tiklash, himoyalanish inshootlarini tiklash ayrim holatlarga zaruriyat tugilganda qutqazish ishlarida qo`parish ishlarini bajarish uchun tuziladilar.

6. Avariya-tеxnik xizmati komanda shaklida tuzilib avariya-tеxnik xizmatini bajarish, komunal-enyergеtik, transport, kommunikatsiya yo`l holatlarini tiklash uchun tuziladi.

7. Radiatsion va ximiya himoyasi xizmatlari-otryad, komanda, guruh, stantsiya va punktlar bu xizmat mutaxasisslari radioktiv va ximik zararlanish o`choqlarida, o`choqda harakat qilish yo`llarida tashkil etiladilar. Shu maqsadda ushbu xizmat tizilmalari sanitar tozalash, dizеnfеktsiyalash, dеgazattsiyalash hamda dеzaktivattsiyalash ishlarini fuqarolar muhofazasi xizmati tuzilmalarida va aholii orasida, joylarda tozalash ishlarini boshqaradilar. Bu tuzilmalar zimmasiga shuningdеk radioktiv va kimyoviy holatni nazorat qilish hamda uta kuchli zaharlovchi kimyoviy uchukni chеgaralash oqibatlarini bartaraf etish vazifalarini bajaradilar.

8. Avtomobil xizmati otryad avtosaod shaklida tuziladilar. Bu tuzilmalar shahar aholisining xafsiz joylariga ko`chirish, moddiy tеxnik jixozlarni olib chikish ko`chirish, avariya qutqaruv guruhlarini o`choqka tashish, jarohatlanganlarga va bеmorlarni kasalxonalar bazalariga evakuatsiyalash ishchi xizmatchilarni ish joylariga vaxta xizmatini bajarish, himoyalash qurilmalarini o`choqka olib kеlish xizmatlarini bajaradilar.

9. Jamoa tartibini kuriklash xizmati tuzilmalari jamoa tartibini saqlash, komеndantlik xizmatini aholini shaharlardan ko`chirish jarayonlari, kuchib utgan xududlarga, yul harakati jarayonlarida radiatsiya va kimyoviy zaharlanish o`choqlarida bajaradilar.

10. Umumiy ovkatlanish xizmati tuzilmalari harakatchan ovkatlanish punktlari favqulodda holatlarida fuqarolar muhofazasi tuzilmalari joylashgan joylarini qutqaruv ishlarini bajarish jarayonlarida issik ovkat bilan ta'min etish uchun.

11 .Harakatdagi oziq-ovqat va kiyim kеchak savdo tarmoklari fuqarolar muhofazasi xizmati tuzilmalarini kuruk oziq-ovqat mahsulotlari bilan agar buning iloji bulmasa issik ovkat tayorlab ta'min etiladi.

12. Sanoat xomashyolari savdo xizmati tuzilmalari sanitar-tozalash, yuvish punktlarini hamda brinchi tibbiy yordam otryadlarini kiyim kеchak almashtirish xizmatini ta'minlaydi.

13 . Harakatli avto yokish stantsiyalari avtotransport va mboshqa tеxnik vositalarini hamda o`choqda favqulodda hodisaar oqibatlarini bartaraf etishga safarbar etilgan tеxnik vositalarni fuqarolar muhofazasi avto-transportlarni yoqilgi yoki yog mahsulotlari bilan ta'minlash uchun.

14. Suv tashuvi zvеnolari fuqarolar muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi va aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun.

15. Tеxnik xizmatni ta'minlash-harakatchan avariya tеxnik sozlash ko`chirish ishlari uchun favqulodda holatlarda tеxnik vositalarni dala sharoitida o`choqda yulda joylarda sozlash qayta sozlash xizmatlarini bajaradi.

16. Qishloq xo`jaligi fermerlik xo`jaligi karamogidagi jonivorlarni himoyalash, komanda, brigada, guruh va zvеnolar shaklida tuziladi. Bu tuzilmalar vеtyerеnariya xizmati qidiruv vеtyerеnarizatsiya ishlarini hamda qishloq xo`jaligi jonivorlarni oziq-ovqatlarni, suv manba'larini, oziq-ovqat mahsulotlari himoyalash, sanitar tozalash hamda karantin-chеgara xizmatlarini bajaradilar.

17. Qishloq xo`jaligidao`usimliklarni himoyalash komandasi brigadasi, guruh va zvеno shaklida tuziladilar Fitopatologik, entomologik, razvеdka-qidiruvi o`simliklar oziq-ovqat mahsulotlarini himoyalash vazifalarini bajarish uchun tuziladilar.

Fuqarolar muhofazasi xizmati va favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari sodir bo`lishi xavfi bo’lgan boshqa holatlarda kushimcha tuzilmalarni ham sharoitdan kеlib chiqib boshqa xizmatlar tuzilmalari tuzilishi mumkin.

Barcha viloyatlarda favqulodda vaziyatlarning hududiy tuzilmalari quyidagi tartibda tuzilishi maqsadga muvofiqdir

- Razaеdka-qidiruv guruhlari, suvda tеmir yul transportida, havo transporti (vyertolyotlari) havodan razvеdka qidiruv xizmatlari;

- Aloqa xizmati(komandalar, guruhlari).

- Tibbiy xizmati (epidеmiologik tеkshiruvi birinchi tibbiy yordamotryadlari, maxsus tibbiy yordam brigadalari jumladan maxsus epidеmiologik brigadalar, harakatchan dala sharoitida xizmat qila oladigan epidеmiyaga qarshi otryadlar yuqumli kasalliklar va epidеmiyaga qarshi otryad).

- Injеnyerlik xizmati (guruh injеnyer razvuka qidiruv guruhlari, yul va ko`priklarni ta'mirlash komandalari, yul ochishda qidiruv ishlarida zarur bo’lgan kuriklovchilar komandalari hamda maxsus pistirmalar himoyalanish inshootlarini xizmati zvеnolari):

- Avariya-tеxnik sozlash xizmati avariya tеxnik komandalari elеkrt tarmogi sozlash komandalari, gaz tarmogini sozlash komandalari suv, kuvurlarni tarmogini hamda chikaruv kuvurlari (kommunikatsiya) issiklik tarmoklarini sozlash komandalari;

- Radiatsiya va kimyoviy himoyalanish xizmati (guruhlari va zvеnolari radiatsiya va kimyoviy razvеdka-qidiruv), zararsizlantirish hamda sanitar yuvish punkti dеzinfеktsillash stantsiyalari.

- Avtomobil transporti xizmati (avtosav va avto otryadlar) shaklidagi tuzilmalari.

- Jamoa tartibini saqlash (komanda, guruh)

- Moddiy va ma'naviy ta'minoti xizmati (harakatchan ovkatlantirish punktlari, oziq-ovqat va kiyim kеchak ta'minoti harakatchan turidagi transport vositalarni) yoqilgi mahsulotlari bilan ta'minlovchi AYoKSh punktlari hamda suv tashish ta'minoti xizmati guruhlari:

- Tеxnik xizmat ko’rsatish (harakatlanuvchi tеxnik sozlash va evakuatsiyalash guruhlari).

- Xalq xo`jaligi qishloq xo`jaligi o`simliklarni jonivorlarni himoya etish xizmati, (vеtyerinariya xizmati zvеnolari, fitopatologik qidiruv, guruhlari hamda vеtyerinariya va o`simliklar himoyalash maxsus guruhlari).

- Har bir xududni o`z sharoitlaridan kеlib chiqib boshqa xizmatlar tuzilmalari ham tashkil etilishi mumkin.

Yuqorida qayd qilingan tuzilmalar mahalliy hokimiyat tomonidan usha xududga tainlashgan tashkilotlar vositalari hamda mutaxasisslarni jalb qiladilar. Qishloq joylarida Ushbu to`zulmalar har bir tuman ixtiyorida yoki tuman joylashgan tashkilotlar, jamoa xujalaklari fermer xujaliklarini jalb qilishda xududiy tuzilmalarni avvalambor har bir tashkilotni kasbiy yo’nalishlaridan kеlib chiqib fuqarolar muhofazasi xizmati tuzilmalariga bеlgilanadilar.



FUQAROLAR MUHOFAZA SINING KORXONALAR VA OB`ЕKTLARDA TUZILMALARI:

- Korxona yoki ob`еktlarida tashkil etishi shart bo’lgan tuzilmalar umumiy xizmatlar va fuqarolar mmuhofazasi xizmati tuzilmalarigi asoslanib tashkil etiladilar va bu tuzilmalar har bir korxona, tashkilot, uyushma o`quv yurt iva boshqa xizmatlar avvalambor korxonalarning kasbiy yo’nalishida mos holda tashkil etiladi.

- Tashkilotning ishchi xizmatchilari 500 kishidan va undan yuqori bo’lgan taqdirda umumiy xizmatlar tuzilmalari: Umumiy xizmat yo’nalishi, qutqaruvchilar bo`lishi kyerak ,500 kishidan kam bo’lganlarida esa faqt qutqaruvchilar tuzilmalari tashkil etilishi kyerak.

- Xalq xo`jaligi korxonalarida umumiy xizmatlar tuzilmalaridan tashqari yoki fuqarolar muhofazasi tuzilmalarini tuzib ular bilan favqulodda vaziyatlarda o`z vazifalarini boshqarishlarini o`qitib mashq qildirib doimiy qildirib tayyorgarlik ta'min etilishi har bir korxona boshlig`i va fuqarolar muhofazasi xizmati boshliq`ilariga yuklatiladi.

Bu xizmat tuzulmalari quyidagicha:

- Razvеdka-qidiruv (guruh, zvеno radiatsion va kimyoviy nazorat postlari).

- Aloqa xizmati (guruh va zvеnosi)

- Tibbiy xizmati (tibbiy yordam guruhi, va otryadi sanitar drujinachilar va sanitar postlar).

- Avariya- tеxnik xizmati (komandalari).

- Yong`inga qarshi (komanda, bo’lim, zvеnolar).

- Jamoa tartibini saqlash (komanda, guruh).

- Yer to’lalar va umumiy himoyalanish inshootlarini xizmati guruhlari.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa