Baho
|
a’lo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
qoniqarlisiz
|
yomon
|
|
O‘zlashtirish%
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% undan kam
|
1
|
Nazariy qism
|
20-17,2
ball
|
17-14,2 ball
|
14-11 ball
|
10,8-7,4 ball
|
7,2 ball
|
4.2 Taxlil qismi
4.2.1. Vaziyatli masalalar:
1. 43 yoshli erkak, mol fermasida ishlaydi, bezgak tutishi, sovuq qotishi, kuchli terlash, bel soxasidagi kuchli og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Ko‘rikda bo‘yin, jag‘ osti, qo‘ltiq, chov soxasidagi limfa tugunlari kattalashgan. Jigar qovurg‘a yoyi ostidan 5 sm ga pastda, taloq kattalashgan. Palpatsiyada: ko‘krak va bel sohasi umurtqalarining o‘siqlari og‘riqli. Bel sohasining teri osti kletchatkasi paypaslanganda og‘riqli tugunlar (fibrozitlar) aniqlandi. Yelka bo‘g‘imi sohasida periartrit holatlari bor. Umumiy qon tahlili: leykopeniya, limfotsitoz. R-grafiya: bel sohasi umurtqasida spondiloartrit.
1. Bo‘g‘im sindromi va limfoadenopatiya bilan kechadigan kamida 3 ta kasallikni ayting;
2 Sizning dastlabki tashhisingiz;
3. Qanday qo‘shimcha tekshiruvlarni o‘tkazish lozim (me’yorini ko‘rsating). Ulardan qaysi biri tashhis qo‘yishda hal qiluvchi o‘rin tutadi;
4.UASh taktikasi;
2. Bemor K., 32 yoshda, UAVga peshob ajralishining kamayishi, yuz va oyoklarida shishlar, tana xaroratining 39 S ko‘tarilishi, yurak soxasidagi og‘riqlar, yurak tez urishi, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, sochlarning tukilishi shikoyatlari bilan murojaat qildi. Kasallik tarixidan: o‘zini 1,5 yildan beri kasal deb xisoblaydi, xastaligini ruxiy zuriqish bilan bog‘laydi. Ko‘zdan kechirganda: teri qoplamlari rangpar, yonoqlarida eritematoz toshmalar, yuz va oyoqlarida shishlar. O‘pkalarida vezikular nafas, quyi qismlarida jarangdor nam xirillashlar. Yurak chegaralari o‘rta umrov chizig‘idan 2 sm. chapga siljigan, tonlari bir oz bo‘g‘iqlashgan, aorta ustida II ton aksenti. Tomir urishi bir daqiqada 120 marta. AQB 160/120 mm.sim.ust. teng. Qorni yumshoq, og‘riksiz. Jigar va taloq kattalashmagan.
UQT: Nv – 90 g/l, erit. – 2,8 mln. leyk. – 4000, EChT – 38 mm/s.
UPT: nisbiy zich. – 1020, oqil – 0,66 %, leyk. – 3-4/1, erit. – 12-13/1, yassi sil. – 2-3/1, donador – 2-1/1.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;
2. Birlamchi diagnoz;
3. Yukori axborotli tekshirish usullari;
4. Ushbu kasallikni Amerika revmatologlar assotsiyasi tomoonidan tavsiya etilgan kamida 10 ta diagnostik mezonini keltiring;
5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;
3. Bemor 24 yoshda, UAVga kurak soxasida og‘riqlar, xarakat cheklanishi. Kasallik tarixidan: bir necha oy mobaynida subfebril tana xarorati bezovta qiladi, bir necha yil ilgari sil kasalligi bilan xasta bemor bilan aloqada bo‘lgan. Ko‘zdan kechirganda: bemor oriq. Teri qoplamlari rangpar. 6 – 7 ko‘krak umurtqalari oralig‘ida mushak tarangligi mavjud, turtib chiqqan o‘tkir o‘siqlar paypaslanganda og‘riqli. Umurtqa pog‘onasi ko‘krak qismi rentgenografiyasi: suyak o‘zgarishlari 6–7 ko‘krak umurtqalari qirrasi bo‘ylab joylashgan, umurtqalar aro disklar yemirilish jarayonida. Jaroxatlangan umurtqa tanasi yuza qismida yassilashgan, ponasimon shaklga ega.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan uchta kasallikni sanab bering;
2. Birlamchi diagnoz;
3. Yukori axborotli tekshirish usullari;
4. Ushbu bemordagi kasallikka diagnoz qo‘yish foydalaniladigan kamida beshta mezonni sanab bering;
5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;
5. Bemor D., 24 yoshda, talaba UAV huzuriga tana xaroratining 38 S gacha ko‘tarilishi, teri sarg‘ayishi, bexollik, ko‘ngil aynashi, terida qichishish kabi shikoyatlar bilan keldi. Ko‘ngil aynishi, tana xarorati ko‘tarilishi kabi belgilar bir xafta davomida bezovta qilib, bemor o‘zini shu vaqt ichida xasta xisoblaydi. Yaxshilab surishtirilganda undan bir xafta oldin artralgiya kuzatilgan. Kechadan boshlab, teri qoplamlari va ko‘z sklerasi sarg‘imtir tusga kirgan. Bemor o‘rta to‘lalikda. Yurak, nafas a’zolari tomonidan o‘zgarishlar yo‘q. Tomir urishi bradikardiyaga moyil. AQB 110/70 mm.sim.ust. Qorni shishgan, paypaslaganda o‘ng qovurg‘a yoyi osti soxasi og‘riqli. Jigar qovurg‘a yoyi ravog‘idan 3 sm pastda, paypaslaganda yumshoq, qirralari silliq. Taloq paypaslanmaydi.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan uchta kasallikni sanab bering;
2. Birlamchi diagnoz;
3. Yukori axborotli tekshirish usullari;
4. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;
_________________________________________________________________
6. . Bemor K., Xindiston safaridan qaytgan. Kelganidan bir xafta o‘tgach, kechasi titroq, sovuq qotish, tana xaroratining 40 S gacha ko‘tarilishi, ter bosishi kuzatilgan. Xarorat 8 soat davom etib, so‘ng me’yoriga kelgan. Ikki kun o‘tgach, qayta tana xarorati ko‘tarilishi, titroq kuzatilgan. UAVga murojaat etgan. Ko‘zdan kechirganda: teri qoplamlari va ko‘rinarli shilliq qavatlari bir oz sarg‘imtir tusda. Jigar va taloq kattalashgan.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;
2. Birlamchi diagnoz;
3. Yukori axborotli tekshirish usullari;
4. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;
_________________________________________________________________
7. Bemor N. 36 yosh, tana haroratini 37,7oS gacha qaltirash bilan ko‘tarilishi, holsizlik, tez-tez siyish, belda va ba’zan qorinda og‘riq shikoyatlari bilan UAShga murojaat qildi. Anamnezidan o‘zini uch kundan buyon kasal xisoblaydi, ammo mukammalroq so‘rab surishtirilganda so‘nggi to‘rt yilda yuqoridagi shikoyatlar ba’zan bezovta qilib turishi va tabiblarda davolanganligi aniqlandi. Ob’ektiv ko‘rikda yurak qon-tomir va nafas a’zolari tomonidan o‘zgarishlar yo‘q. Yurak urish soni bir daqiqada 88 ta. AQB 130/80 mm. sim. ust. Paypaslab ko‘rganda qorin yumshoq. Bel soxasini urib ko‘rish belgisi chap tomonda musbat.
UQT: Nv-105 g/l, eritr. – 3,7x1012, leyk. – 10,8x109, EChT-23 mm/ch
UPT: solishtirma og‘irligi-1018, oqsil-0,066‰, leykotsitlar 18-25/1, eritrotsitlar 4-6/1,bakteriyalar +++.
UTT chap buyrak kosa-jomcha senmentlari kengaygan va deformatsiyalangan.
1. Yuqoridagi belgilar kuzatiladigan kamida beshta kasallikni sanab bering;
2. Birlamchi diagnoz;
3. Diagnozni aniq tasdiqlash uchun qo‘llaniladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;
4. Leykotsituriya manbaini aniqlash uchun qanday sinama o‘tkaziladi;
5. UASh taktikasi va davolash tamoyillari
8. 19 yoshli bemor, shamollashdan keyin tana xarorati ko‘tarilishi, diffuz xarakteriga ega bo‘lgan, ovqat iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan qorindagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar bilan UAShga murojaat qilgan. Anamnezidan surunkali tonziliti tez-tez xuruj qilib turgan. Oxirgi marta tana xarorati ko‘tarilishi xam shamollash bilan bog‘liq edi. Umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda, teri nam, bo‘g‘imlarda og‘riqlar va tizza bo‘g‘imlarining shishganligi ko‘zatiladi. Oyoq va qo‘llarida, bosib ko‘rganda yo‘qolmaydigan simmetrik papulez – gemorragik toshmalar kuzatiladi. Yurak tonlari ritmik, taxikardiya, yurak cho‘qqisida sistolik shovqin, chap chegarasi 1,5 sm.ga kattalashgan, o‘pkada vezikular nafas. AQB 170/110 mm.sim.ust. Tili oq karash bilan qoplangan, qorni dam, palpatsiyada turli qismlarida xar xil intensivdagi og‘riqlar kuzatildi. Qorin pardasini tasirlanishi musbat.
1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab
o‘ting;
2. Sizning taxminiy tashhisingiz;
3. Ushbu kasallikning u yoki bu organni shikastlanishi bilan kechadigan 3ta klinik turini ayting;
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
Do'stlaringiz bilan baham: |