O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ToshkentTibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti


Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik



Download 3,06 Mb.
bet24/71
Sana28.06.2021
Hajmi3,06 Mb.
#103676
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
7 ревмо ТЕХНО лотин.узб

3.Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik.

Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Ma’yor fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Propedevtika ichki kasalliklar , Tuberqo‘lez,. Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlari asosidagi bazis bilimlariga tayanadilar.



4 Mashg‘ulot tarkibi

4.1.Nazariy kism

Mavzuni muhokama qilishda quyidagi momentlarga ahamiyat beriladi osteoartroz va podagrik bo‘g‘im sindromi klinikasiga.



Deformatsiyalovchi osteoartroz

Umumiy amaliyot vrachi faoliyatida eng ko‘p uchraydigan bo‘g‘im kasalligi xisoblanadi. Deformatsiyalovchi osteoartroz (DOA) birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Bunda bo‘g‘imlarda degenerativ -distrofik o‘zgarishlar kuzatilib, bo‘g‘im tog‘ayi destruksiyasi va suyak to‘qimasi proliferatsiyasi bilan ifodalanadi. Bu kasallikda og‘irlik ko‘p tushadigan bo‘g‘imlar: qo‘l-oyoqdagi yirik bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘onasi, qo‘l panjasi distal falangalararo bo‘g‘imlari ko‘proq shikastlanadi.

Bo‘g‘im yuzasi tog‘ayi va jismoniy zo‘riqishning mos kelmasligi va irsiy moyillik birlamchi DOA ning sababi xisoblanadi.

Ikkilamchi DOA bo‘g‘imlarda mavjud bo‘lgan birlamchi o‘zgarishlar asosida bo‘g‘im tuzilishining tug‘ma buzilishi, bo‘g‘imlar displaziyasi, o‘tkazilgan artritlar, shikastlanishlar, endokrin kasalliklari (kandli diabet, akromegaliya), metabolik buzilishlar (gemoxromatoz, axranoz, padagra) asosida rivojlanadi.



Diagnostik mezonlari:

- bo‘g‘imlardagi og‘riqni kunning oxirida yoki tunning birinchi yarmida paydo bo‘lishi;

- bo‘g‘imdagi og‘riqni jismoniy zo‘riqishdan so‘ng kuchayishi, vaqti –vaqti bilan «bo‘g‘imning bloklanish» belgisi;

- suyak o‘simtalari, jumladan Geberden tugunlari hisobiga bo‘g‘im deformatsiyasi;

- rentgenologik belgilar: suyak to‘qimasida kistalarning xosil bo‘lishi, bo‘g‘im yorig‘ining torayishi, bo‘g‘im yuzasi osteosklerozi, osteofitoz.

Spondilyoz, osteoxondroz, spondiloartroz – umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlaridagi degenerativ o‘zgarishlar bo‘lib, poliklinik amaliyotda ko‘p uchraydigan kasallikdir.

Bu kasallik umurtqalararo diskning fibroz -tog‘ayi (spondilyoz yoki osteoxondroz) va umurtqalararo bo‘g‘imlar sinovial to‘qimasi kasalligi (spondiloartroz) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.



Deformatsiyalovchi spondilyoz. Bunda umurtqa pag‘onasining bo‘yin va bel qismlari ko‘proq shikastlanadi. Kasallik ba’zan belgisiz, aksariyat xollarda esa umurtqa pag‘onasida og‘riqlar, og‘riqning fizik zo‘riqishda kuchayishi, shu tufayli majburiy xolatga o‘tish va umurtqa pag‘onasi xarakatining chegaralanishi bilan kechadi. Umurtqa pag‘onasi orqa o‘sig‘i paypaslanganda va urib ko‘rilganda og‘riq aniqlanadi. Rentgenda umurtqa-tanasi chetida o‘simtalar o‘sishi (osteofitlar yoki ekzostozlar) xos. Shu sababli umurtqalar “beli” yaqqol namoyon bo‘ladi. Spondilyozda biriktiruvchi plastinkalar shikastlanmaydi, umurtqalararo bo‘shliq toraymaydi.

Umurtqalararo osteoxondrozi – umurtqalararo diskining degenerativ – distrofik kasalligi bo‘lib, umurtqa pag‘onasi deformatsiyasi, ular balandligini kamayishi va qavatlanishi bilan kechadi. Osteoxondrozda ko‘proq umurtqa pag‘onasining pastki- bo‘yin, yuqori -ko‘krak, pastki- bel soxalari zararlanadi. Kasallikda nevrotik, mushak va tomir belgilari kuzatiladi. Nevrotik belgi nevralgiya, radiqo‘lit, servikalgiya, lyumbalgiya va lyumbago, ildizchali og‘riq, vegitativ – trofik buzilishlar ko‘rinishida kechadi. Mushak belgisi paravertebral va ko‘krak mushaklaridagi og‘riqlar kontrakturalar ko‘rinishida kuzatiladi. Tomir belgisi qaltirash, teri qoplami rangi o‘zgarishi, oyoqlarda shish va parestiziyalar bilan namoyon bo‘ladi. Rentgenologik o‘zgarishlar: umurtqalararo disk balandligining pasayishi, umurtqa tanasi tog‘ayosti qavati qattiqlashishi va ingichkalanishi (subxondral skleroz), umurtqa ichki qirrasida gorizontal o‘smalar –osteofitlar mavjudligi. Umurtqa tanasi parchalanishi kuzatilmaydi.

Spondiloartroz – umurtqalararo va umurtqa- qovurg‘a bo‘g‘imlarining degenerativ-distrofik zararlanishidir. Klinik belgilar patalogik jarayon joylashishiga bog‘liq. Kasallik belgilari maxalliy va umumiyga bo‘linadi. Unga umurtqa pog‘onasining bo‘yin-ko‘krak va bel soxalarida, paravertebral nuqtalarda og‘riqning mavjudligi, jismoniy zo‘riqishdan keyin va uzoq vaqt bir xil xolatda turganda og‘riqlarning kuchayishi xos.

Aksariyat bemorlarda spondiloartroz vegetativ, neyrodistrofik va tomir sindromlari (migren xurujlari, vertebrobazilyar yetishmovchiliklar, simpatalgiya, nevralgiya, kardialgiya, lmboishialgiya, radiqo‘lit) bilan kuzatiladi. Rentgenogrammada umurtqalararo bo‘g‘im yorig‘ining torayishi, subxondral osteoskleroz, osteofitlar, bo‘g‘im o‘simtalarining deformatsiyasi va cho‘zilishi aniqlanadi.

Mikrokristalli artritlar

Bu artritlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘g‘im sindrominig hurujsimon kechishi bo‘lib, umumiy amaliyot vrachi faoliyatida u uyga chaqirilganda va polikliniqadagi qabuli paytida ko‘p uchraydi.



Padagra.

Padagra-surunkali kasallik bo‘lib, siydik kislotasi almashinuvi buzilishi sababli rivojlanadi. Qonda siydik kislotasi miqdorining oshishi, to‘qimalarda uratlarning cho‘kishi bilan ifodalanib, qaytalanuvchi o‘tkir artritlar va tofuslar xosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi (podagraga xos tugunchalar).

Padagra tashxisini qo‘yishda quyidagi diagnostik mezonlardan foydalaniladi:

- oyoq panjasi bosh barmog‘i kaft usti bo‘g‘imi (plyusnofalang) artriti huruji;

- boshqa bo‘g‘imlarni jaroxatlanishi ikkita xos xuruj ko‘rinishida kechishi;

- padagraga xos tugunlar;

- kolxitsin bilan davolash yaxshi samara berishi;

- giperurekimeya.

Padagraning mutloq belgisi – sinovial suyuqlikda va to‘qimalarda urat kristallarinig topilishi. Spesifik belgisi: artrit xurujining ikki xaftadan oshmasligi, erkaklar orasida ko‘proq uchrashishi, semizlikning mavjudligi, urolitiaz. Padagrik artritning quyidagi bosqichlari tafovut qilinadi:

I bosqich – suyaklarning subxondral, ba’zan chuqurroq qatlamlarida yirik kistalar paydo bo‘lishi, ba’zan yumshoq to‘qimalarning zichlanishi;

II bosqich – bo‘g‘imga yaqin soxada yirik kistalar va bo‘g‘imlarning kichik eroziyasi, yumshoq to‘qimalarning doimiy zichlanishi ba’zan kalsifikatlar bilan birga (9 yildan so‘ng) kechishi;

III bosqich – suyak yuzasining 1/3 qismidan kam bo‘lmagan keng erroziyalar, epifiz osteolizi, yumshoq to‘qimalarning zichlanishi va oxaklanishi (10-15 yildan so‘ng).

Diagnoz Rim mezonlari (1963 y.) asosida qo‘yiladi:

- siydik kislatasining erkaklarda 0,42 mmol/l dan, ayollarda 0,36 mmol/l dan oshishi;

- tofuslar;

- sinovial suyuqlikda va to‘qimalarda natriyli siydik kislota tuzi kristallarini mikroskopik va kimyoviy tekshirishlarda aniqlanishi;

- to‘liq klinik remissiyadan 1-2 xafta o‘tgach to‘satdan o‘tkir podagrik artrit xuruji poydo bo‘lishi.

Xondrokalsinoz (psevdopadagra) – pirofasfat artropatiyalar guruxiga kirib, bo‘g‘im tog‘aylarida va sinovial to‘qimalarda kalsiy tuzlari mikrokristallarining o‘tirib qolishi bilan ifodalanadi.

Diagnostik mezonlar:

- o‘tkir podagrasimon artrit (asosan tizza, kaft-barmoq, bilak-kaft usti bo‘g‘imlarida)

- tog‘aylar oxaklanishining R0- belgilari;

- sinovial suyuqlikda va tog‘aylarda kalsiy tuzlari monokristallarini aniqlanishi;

- xondrokalsinozga olib keluvchi omilning mavjudligi (asosan artrit bilan birga) bemorning yoshi (qariyalar), Vilson – Kanovalov kasalligi, bo‘g‘imlar nostabilligi, neyrotrofik artropatiya, gipotireoz, uzoq vaqt glyukokortikosteroidlar bilan davolanish, o’ilaviy xondrokalsinozning aniqlanishi;


Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish