O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ToshkentTibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti


Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik



Download 3,06 Mb.
bet67/71
Sana28.06.2021
Hajmi3,06 Mb.
#103676
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
7 ревмо ТЕХНО лотин.узб

3.Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik.

Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Ma’yor fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Propedevtika ichki kasalliklar , Tuberqo‘lez,. Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlari asosidagi bazis bilimlariga tayanadilar.



4 Mashgulot tarkibi

4.1. Nazariy qism

Ko‘pchilik o‘smalar har xil turdagi isitmalash bilan (xususan limfoma, limfogranulematoz, nefrokarsinoma, yo‘g‘on ichak, o‘pka, jigar va oshqozon osti bezi o‘smalari va boshqalar) kechadi. U ba’zan o‘smalardan oldin kelishi, uning boshqa belgilaridan ustunlik qilishi yoki ma’lum muddatgacha yagona belgi sifatida namayon bo‘lishi ham mumkin. Ba’zi hollarda isitmalashning sababi asosiy jarayonga infeksiya qo‘shilishi oqibatida paydo (masalan, o‘pka rakida zotiljam qo‘shilishi) bo‘ladi. Bundan tashqari o‘smalarning pirogen modda ishlab chiqarishini hisobga olsak, ularning ta’siri natijasida isitmalash kuzatishi mumkin.

Subfebril, intermittirlovchi, to‘lqinsimon yoki noto‘g‘ri isitmalash aksariyat xollarda katta yoshdagi kishilarda kuzatilsa, ishtahasizlik, tana vaznini tez kamayib borishi aniqlansa, sababsiz darmonsizlik, limfa bezlarining kattalashishi, antibiotiklar, kortikosteroidlar yoki NYaQV ta’sirida tana haroratining tushmasligi kuzatilsa va avj olib boruvchi salbiy laborator ko‘rsatkichlar (anemiya, EChT oshishi, gepatoma va gipernefromada eritrotsitoz, oshqozon osti bezi rakida esa qaytalovchi tromboflebit) mavjud bo‘lganda UAV bemorda o‘sma borligiga shubha qilishi lozim. Yuqoridagi umumiy belgilar bilan bir qatorda o‘smaning joylashishiga qarab u yoki bu a’zo shikastlanishiga xos simptomlar (o‘pka rakida yo‘tal bilan birga ba’zan qon tuflash, gepatobiliar soha o‘smasida sariqlik, buyrakda gematuriya va boshqalar) ham aniqlanadi.

To‘lqinsimon yoki noto‘g‘ri isitmalash ba’zi xollarda leykoz kasalliklarining boshlang‘ich belgilaridan biri bo‘lishi mumkinr. Shuning bilan bir qatorda teridagi har –xil kattalikdagi gematomalar, milk va burun qonashi, bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, kuchayib boruvchi darmonsizlik va qon taxlilidagi mavjud anemiya, leykotsitlar sonining oshishi, EChT ko‘tarilishi ushbu kasalliklarga shubha qilishga asos hisolanadi.

UAV bemorlarda o‘sma kasalligiga (shu jumladan leykozlar) xos belgilarni aniqlasa ularni zudlik bilan tegishli mutaxassis (onkolog, gematolog) maslahatiga yuborishi lozim.

UAV faoliyatida uchraydigan immun yallig‘lanish kasalliklari (tizimli qizil volchanka, dermatomiozit, tugunchali perearteriit, revmatizm, revmatoidli artrit, nospesifik aortoarteriit) boshlang‘ich davrida isitmalash sindromi bilan kechib yuqumli kasalliklar to‘g‘risida soxta fikr tug‘diradi va qo‘llanilgan antibiotiklar samara bermaydi.

Yosh ayollarda doimiy yoki intermiterlovchi isitmalash (ba’zan 40ºS) artralgiya, limfaadinopatiya, plevrit, perikardit, nefrit bilan birga yonoqlarda «kapalaksimon» toshma kuzatilsa UAV tizimli qizil volchanka to‘g‘risida o‘ylashi kerak.

Subfebril isitmalash, dermatit, zo‘rayib boruvchi mushaklar quvvatsizligi va shishi, uning hisobiga xarakatning chegaralanishi, tananing ochiq qismidagi terida eritematoz toshmalar (“ko‘zoynak” simptomi) kabi o‘zgarishlar birga kelishi dermatomiozit kasalligi mavjudligidan dalolat beradi.

Remittirlovchi isitmalash (aksariyat xollarda 38-39º gacha ko‘tarilib kun davomida 1-2º S ga o‘zgarishi) maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar streptokokli infeksiya (angina, faringit) o‘tkazgandan keyin 2 xafta o‘tgach , qaltirash, ko‘p terlash, yirik bo‘g‘imlarda ko‘chib yuruvchi og‘riq, maxalliy shish, kardit, xoreya va terida xalqasimon eritemalar birga kechsa revmatizm to‘g‘risida o‘ylashi lozim.

Ayrim xollarda tana xaroratini o‘ta yuqori (40ºS gacha) ko‘rsatgichlargacha ko‘tarilishi, terida eritematoz dog‘lar, gemorragik, suvli va nekrotik o‘zgarishli toshmalar, teri tagida tomir bo‘ylab joylashgan og‘riqli 1sm gacha bo‘lgan tugunchalar, sababsiz tana vazni kamayishi, bo‘g‘imlar, mushaklar va ichki a’zolardagi o‘zgarishlar tugunchali periarteriitga xos xisoblanadi.

Tana xarorati kun davomida meyoridan 3-4ºS gacha ko‘tarilib (gektik yoki subfebril), simmetrik kichik bo‘g‘imlardagi og‘riq, ertalabki karaxtlik va keyinchalik ularning deformatsiyalanishi (ulnar deviatsiya, barmoqlarning urchuqsimon shaklga kirishi) bilan kechsa UAV revmatoid artritga shubha qilishi lozim.

UAV yuqorida sanab o‘tilgan belgilarni aniqlab u yoki bu tizimli kasalliklar to‘g‘risida shubxa qilsa bemorni ixtisoslashtirilgan shifoxonaga (bo‘limga) davolanish uchun yuborishi zarur.


Aylana stol” usulini qo‘llagan xolda talabalarning natijaviy bilimlarini baxolash.


Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish