Follikulyar (xlamidiyali) konyuktivit donador konyuktivitga taaluqli.
Klinik kartinasida ko’pincha pastki o’tuvchi burmada joylashgan follikullardan tashqari, tunda qovoqlarni bir-biriga yopishtiruvchi kam miqdordagi ajralmalar fonida konyuktiva infiltratsiyasi va g’ovakligi, giperemiyani kuzatish mumkin. Follikulyar konyuktivit traxomadan farqli konyuktivada chandiqli o’zgarishlar va shox pardani panus ko’rinishida o’zgarish qoldirmaydi. Qovoq konyuktivasidan bakterioskopiya va sitologik tekshirish maqsadida qirma olish diagnostic ahamiyatga ega.
Follikulyar xlamidiyali konyuktivit medikamentoz davo o’tkazish uchun qiyin muammo hisoblanadi. Urogenital xlamidioz keng tarqalib bormoqda va buni natijasida ko’z kasalliklari ham ortib bormoqda.
Odatda davolash uchun katta konsentratsiyada tetrasiklinlar, makrolidlar (azitromitsin) qo’llaniladi, lekin umumiy terapiya tez va retsidivsiz sog’ayish imkonini bermaydi.
Traditsion antibakterial ko’z tomchilari va mazlari bilan mahalliy davolash ko’p hollarda kam natija beradi.
Hozirgi vaqtda antiseptik 0,05%li piklosidin eritmasi xlamidiya infeksiyali traxomadayam, follikulyar xlamidiyali konyuktivitda ham yaxshi natija bermoqda. Ushbu dori kuniga 4-6 marta ko’zga quyiladi, davolash kursi 2 haftadan oshiq, azitromitsinni umumiy qo’llash kombinatsiyasida.
Epidemic adenovirusli konyuktivit 8-tip adenovirus tomonidan chaqiriladi, umumiy simptomlar bilan kechmaydi.
-
formasi farqlanadi:
kataral
pardali
Epidemik virusli keratokonyuktivit klinik kartinasiga xarakterli. Kasallik o’tkir boshlanadi. Qovoq Konyuktivasi va o’tuvchi Burmada giperemiya va shish paydo bo’ladi. 2-3 kundan keyin giperemiya ko’z olmasi konyuktivasiga ham tarqaladi.
Shu bilan bir vaqtda qovoq konyuktivasi va o’tuvchi burmada ko’plab mayda yuzaki follikulalar, limfatik tugunlar va jag’ osti limfatik tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Ajralma odatda kam miqdorda.
Kasallik boshlangandan 7-8 kundan keyin shox pardada avval markazida ko’rish o’tkirligini pasaytiruvchi ko’p miqdorda kulrang infiltratlar paydo bo’ladi. Kasallik 2 dan 7 haftagacha davom etadi. Ko’p hollarda kasallik davolangandan so’ng shox pardada nuqtasimon xiralashish qoladi.
Epidemik virusli keratokonyuktivit juda kontagioz kasallik va ko’pincha uning ba’zi ko’rinishlari ommaviy epidemiyalarga sabab bo’ladi, masalan ko’z statsionarlarida, bog’chalarda, maktablarda.
Hozirgi vaqtda konyuktiva va shox pardani adenovirusli zararlanishini davolash uchun asosan interferon va interferonogenlar qo’llaniladi. Grippga qarshi odam interferoni ampulasini 1 ml fiziologik eritmada eritiladi va maksimal ko’proq (kuniga 12 martadan ko’p) tomiziladi.
Interferon bilan 5-7 kun davolangandan so’ng kortikosteroidlarni ko’z tomchilarini (betametazon, deksametazon) kuniga 3-4 mahal qo’shish mumkin. Ikkilamchi infeksiyani oldini olish uchun mahalliy davoga antibakterial preparatlar ham qo’shiladi.
Oxirgi vaqtlarda biz kasallik boshlanishi birinchi soatlaridan tez-tez instillyatsiya (6-8 marta) 0,05%li antiseptik piklosidin bn qator hollarda kasallik klinikasini regressiyasiga va kasallikni abortive kechishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |