O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti 3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi


Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik



Download 2,08 Mb.
bet12/139
Sana31.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#239128
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139
Bog'liq
7 гастро. лотин (2)

3.Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik.

Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Propedevtika ichki kasalliklar , Tuberkulez,. Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlari asosidagi bazis bilimlariga tayanadilar.



4.Nazariy qism.

Mavzuni muhokama qilishda quyidagi momentlarga ahamiyat beriladi.

Qizilo‘ngachning funksional va organik kasalliklarining bosh simptomi disfagiya bo‘lib,u yutishning uch bosqichidan,og‘iz bo‘shlig‘i- yutishning erkin qismi,hiqildoq-,hiqildoq,halqum mushaklari ishtirokida yuzaga keladigan yutish refleksiga bog‘liq ,qizilo‘ngach-uning pastki yoki o‘rta qismidan o‘tishi bilan bog‘liq birortasining buzilishi natijasida yuzaga keladi.

Disfagiya funksional va organik turlarga bo‘linadi. Funksional disfagiyalarga kiradi : psixogen, isterik, stvolli insultlarda, botulizm va kardiospazm Yutishning funksional bUTTlish shakllari asosida qizilo‘ngach diskineziyasi yotadi.



Qizilo‘ngach diskineziyasi -uning peristaltikasi buzilishi bilan bog‘liq funksional holat.Birlamchi ezofagospazm-qizilo‘ngach faoliyati kortikal boshqarilishining buzilishi va Ikkilamchi ezofagospazm-reflektor,ezofagit,yara kasalligi va umumiy tutqanoq sindromi bilan kuzatiladigan turlari farqlanadi. Ezofagospazmning klinik ko‘rinishi disfagiya va to‘sh ortidagi og‘riq koronar yetishmovchilikni eslatadi. Disfagiya doimiy bo‘lmagan xarakterga ega bo‘lib , ba’zan paradoksal shakl oladi: suyuqlik ichganda yuzaga kelib qattiq va kashitsasimon ovqat qabul qilganda yo‘qoladi. Diagnoz qizilo‘ngachni rentgenologik tekshiruvida qo‘yilib,bariy aralashmasini ichganda qizilo‘ngachning turli spastik deformatsiyalari aniqlanadi: shtopor, chetkasimon, soxta divertikul shaklida. Davolash sedativ, spazmolitik va xolinolitik vositalar bilan olib boriladi Ikkilamchi ezofagospazmda asosiy kasallik davolanadi.

Psixogen, isterik disfagiyalar nevrozlarda kuzatiladi, 20-40 yoshli ayollarda ko‘p uchraydi. Disfagiya xavotir bilan kechadigan nevroz bilan kuzatilishi mumkin (xavotirli xolat sindromi ). Kasallikning ob’ektiv ko‘rinishiga mushaklar tonusining oshishi, psixogen bosh og‘riqlar , tremor, muskullar titrashi ,qaltirash xavotir,tez charchash kiradi.

Disfagiya stvolli insultlarda uchrab, oyoq qo‘l uchlari parezi, tez tez yutishning buzilishi, miyacha simptomlari (kuchli bosh og‘riqlari) nistagm, muskul gipotoniya yoki atoniyasi , skandirlangan yoki dizartrik nutq bilan birga uchrashi mumkin. Ushbu simptomlar stvolli insultlarda uzunchoq miyada paydo bo‘ladigan lateral sindromlarga kiradi.

Botulizmda disfagiya yomon sifatli konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilganda kelib chiqadi. Shu sababli shifokor hushyorligi kasallikning o‘z vaqtidagi tashhisiga ya’ni infeksion ko‘rinishda kechadigan qayt qilishlar,parezlar va bu kasallikning boshqa simptomlariga qaratilishi kerak.

Kardiospazmda (sinonimlari: kardiya axalaziyasi, xiatospazm, megaezofagus,qizilo‘ngachning idiopatik kengayishi )yutish aktining buzilishi kasallikning kechishining asosiy simptomi hisoblanadi. Kasallik 20 dan 40 yoshgacha kuzatilib erkaklar va ayollarda uchrashi bir xil. Asosiy simptomlari disfagiya,to‘sh ortidagi og‘riq, va regurgitatsiya. Disfagiya boshida epizodik,keyinchalik har ovqat qabul qilganda,ayniqsa qattiq va yomon chaynalgan ovqatni yutganda kuchli namoyon bo‘ladi. To‘sh ortidagi og‘riq kriz shaklida kechib,ko‘pincha tunda namoyon bo‘ladi. Qizilo‘ngach axalaziyasida qizilo‘ngachda ko‘p miqdorda to‘planib qolgan ovqat massalarini qayt qilish kuzatiladi (so‘lak,shilliq ,ovqat qoldiqlar) ,bu egilganda vaqizilo‘ngach to‘lganda bo‘ladi. Regurgitatsiya tunda bo‘ladi (simptom "nam yostiq"). Kasallik asoratlariga : qaytalangan pnevmoniya va surunkali bronxit qayt qilingan massalar aspiratsiyasi hisobiga,shuningdek surunkali ezofagit,qizilo‘ngach divertikullari kiradi. Diagnoz rentgenologik va endoskopik tekshiruvlar asosida qo‘yiladi.

Ayniqsa ezofagit bilan keluvchi diafragmaning qizilo‘ngach churralariga alohida to‘xtalish lozim. Aksial sirpanuvchi qizilo‘ngach oshqozon churralari va paraezofageal tip churralari farqlanadi. Ularning kelib chiqishiga qizilo‘ngachning qisqarib qolishiga sabab bo‘ladigan tug‘ma yoki orttirilgan patologiya Barret qizilo‘ngachi sabab bo‘ladi. Tashhis bemorning vertikal va gorizontal yotgan xolatidagi qizilo‘ngachning rentgenologik tekshiruvi asosida qo‘yiladi. Asosan refluks ezofagitnin konservativ simptomatik davosi o‘tkaziladi. Effekt bo‘lmaganda yoki asoratlar qo‘shilganda diafragma qizilo‘ngach teshigi churralariga jarroxlik amaliyoti o‘tkaziladi.



Ezofagit – qizilo‘ngach yallig‘lanishi. O‘tkir,o‘tkir osti va surunkali ezofagitlar farqlanadi. O‘tkir ezofagitlar shilliq qavatning issiq ovqat vasuyuqliklar,kimyoviy moddalar bilan ta’sirlanishidan kelib chiqib,o‘tkir yuqumli kasalliklarda kuzatiladi (skarlatina, difteriya, sepsis) O‘tkir osti va surunkali ezofagitning eng ko‘p sababi aktiv oshqozon va ichak sokining qizilo‘ngach kardial jomi yetishmovchiligi tufayli qizilo‘ngachga refluksi hisoblanib - bu refluks-ezofagit deyiladi vadiafragma qizilo‘ngach teshigi aksial churralarida kuzatiladi. Refluks-ezofagit uchun asosiy simptom tana egilganda yoki gorizontal holda kuchayadigan kuyishish va qayt qilishdir.Tashhisda ishonchli metod ezofagoskopiya bo‘lib, ezofagit va uning tarqalishi va xarakterini aniqlab beradi.

Qizilo‘ngach churralari. Qizilo‘ngachning yaxshi sifatli o‘smalari kam uchraydi. Yomon sifatli o‘smalardan qizilo‘ngachda rak ko‘p uchrab,asosan 40 yoshdan oshgan erkaklar kasallanadi (ayollar 3 marta kam zararlanadi ) Kasallikning birinchi simptomlaridan biri disfagiya. Ba’zan disfagiyaning paydo bo‘lishi yutishda(ayniqsa qattiq ovqat)ko‘krakda og‘riq ,ovqatning zararlangan sohadan o‘tayotganda og‘riq,to‘sh ortida "tirnalish",qizilo‘ngachda yot tana sezgisi bilan birga kechadi. Disfagiyaning o‘tuvchi xarakteri rakni inkor etmaydi. O‘smaning o‘sishda davom etishida ko‘krakda, orqada, to‘sh ortida to‘mtoq og‘riqlar, kuchayuvchi stenokardiya,yo‘tal xurujlari,ovozning bo‘g‘ilishi,hansirash shuningdek rak kasalligi simptomlari-xolsizlik,tez charchash,ishtaha pasayishi yuzaga keladi. Tashhis sanab o‘tilgan klinik simptomlar,rentgenologik tekshiruvlar va biopsiya maqsadli ezofagoskopiya asosida qo‘yiladi. Qizilo‘ngach rakida xirurgik va kombinirlangan davo o‘tkaziladi. Jarrohlik imkoni bo‘lmaganda nur va paliativ terapiya o‘tkaziladi.

Sistemali sklerodermiyada qizilo‘ngachning shikastlanishi qator bemorlarda ovqatning qi zilo‘ngachdan o‘tishining buzilishi va og‘riq,quruq ovqatning suv bilan ichishning imkoni yo‘qligi bilan kuzatiladi. . Rentgenologik tekshiruvda qizilo‘ngachning distal bo‘limi motorikasining buzilishi va kardiya yetishmovchiligi, ovqatning qizilo‘ngachga regurgitatsiyasi, ayniqsa yotgan holatda, refluks-ezofagit. Ayniqsa surunkali ezofagit rivojlanishi xavfli hisoblanib qizilo‘ngach pastki bo‘limlari torayishiga va yaqqol disfagiyaga olib kelib, rentgenologik o‘zgarishlar qizilo‘ngach shikastlanishi klinik belgilari bo‘lmagan bemorlarda ham kuzatilishi mumkin.

Dermatomiozit bilan kasallangan bemorlarning yarmida ovqat hazm qilish a’zolari patologiyasi uchraydi. Dermatomiozitda yutishning buzilishi qizilo‘ngachning yuqori uchdan biri gipotoniyasi bilan bog‘liq. Bu qizilo‘ngach muskullari shikastlanishidandir. Bundan so‘ng og‘iz va qizilo‘ngach shilliq qavati nekrozga uchrab shish va gemorragiya rivojlanishi mumkin.

Qizilo‘ngach strikturarlarda va stenozida ham disfagiya simptomi kuzatiladi. Disfagiya stenoz darajasiga bog‘liq, to‘sh ortida yoqimsiz sezgidan tortib,ovqat va suvni qabul qila olmaslikkacha.Og‘ir darajali stenozi bor bemorlarda ovqat va suv qizilo‘ngachga tushmay.nafas yo‘llariga tushib, laringospazm, bo‘g‘ilish va qiynovchi yo‘tal xurujini chaqiradi. Qizilo‘ngach distal bo‘limlari uzoq torayishlarida suprastenotik kengayish kuzatiladi. Qizilo‘ngach stenozida tashhis rentgenologik tekshiruv va ezofagoskopiya asosida qo‘yiladiYaxshi sifatli stenozlarni asosiy davolash usuli bujlashdir. Bujlash natijasiz bo‘lsa jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Og‘ir darajadagi ozish jarrohlikka qarshi ko‘rsatma bo‘lsa gastrostoma qo‘yiladi.

Qizilo‘ngach divertikullari ham disfagiyaga sabab bo‘ladi Divertikulning katta o‘lchamlarida unga ovqat yig‘ilib qizilo‘ngachni bosadi va avval qattiq so‘ng suyuq ovqatning xam o‘tishini qiyinlashtiradi. Ovqatlanishdan so‘ng spontan regurgitatsiya boshlanib divertikul qopidan yaxshi hazm bo‘lmagan ovqat va shilliq ajraladi. Divertikul tashhisi faqat kontrast rentgenologik tekshiruvda va ezofagoskopiyada aniqlanadi. Ba’zan bo‘yin ko‘rigi va palpatsiyasida faringoezofagal ( bo‘yin) divertikullari aniqlanib qolinadi.Jarroxlik aralashuviga qarshi ko‘rsatma bo‘lganda, davolash divertikulda ovqat turib qolmasligi profilaktikasiga qaratiladi.



Sideropenik disfagiya- organizmda temir yetishmasligida kuzatilib, oshqozon axiliyasi va temir tanqislik anemiyasi bilan birga kechadi. Disfagiya bilan boshlanib,vaqt o‘tgan sari doimiyga aylanib boradi va qizilo‘ngach yo‘li bo‘ylab noxushlik seziladi. Ko‘rganda teri, soch, tirnoqlarning trofik o‘zgarishlari,teri va shilliq qavatlarning rangparligi, atrofik glossit, faringit va anemiya belgilari aniqlanadi. Endoskopiyada atrofik ezofagit va gastrit topiladi. Qator hollarda qizilo‘ngachning boshlang‘ich kesimida yupqa biriktiruvchi to‘qimali membrana aniqlanadi. Rentgenologik tekshiruvda odatda o‘zkarish kuzatilmydi. Davolash :temir preparatlari buyuriladi,qo‘shimcha - vitamin guruhi V.

Disfagiya qizilo‘ngachning qalqonsimon bez giperplaziyasi,ko‘ks oralig‘i absesslari va o‘smalari,perikarditlar,aorta anevrizmasi va ekssudativ plevrit hisobiga bosilishi hisobiga ham kelib chiqishi mumkin. Yutishning buzilishi qizilo‘ngachdagi yot jism natijasida kuzatilishi mumkin.



Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish