Javoblar:
№
|
Javoblar
|
Ball
|
1
|
Oshqozon yara kasalligi , 12 b.i yara kasalligi, xolesistit, gastrit, pankreatit.
|
20
|
2
|
12 b.i yara kasalligi , qon ketish asrati bilan
|
30
|
3
|
Ichni qora kelishi, umumiy xolsizlik, bosh aylanishi
|
25
|
4
|
Xirurgiya bo‘limiga gospitalizatsiya.
|
25
|
2) 37 yoshli erkak UAShga epigastral soxodagi og‘riqlar bu og‘riqlarni yurakka uzatilishi, kungil aynishi, jig‘ildon qaynashi, umumiy xolsizlik shikoyatlari bilan murojaat qilib keldi. Og‘riq ovqat yegandan 30-20 min dan so‘ng boshlanadi . Anamnezdan: o‘tgan baxorda xam og‘riqlar kuzatilgan.Bemor davolanmagan va og‘riqlar 1oydan keyin o‘tib ketgan. Ob’ektiv: umumiy axvoli qoniqarli. Teri qoplamlari toza, och pushti rangda, tili kulrang-oq rangli karash bilan qoplangan. Palpatsiyada qorini yumshoq, mezogastriya va chap qovurg‘a osti soxasida lokal og‘riqlar. Jigar va taloq kattalashmagan. Turtki simptomi ikki tomonlama manfiy. Ich kelishi qabziyatga moyil. Diurez regulyar.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting -15 ballov.
2. Sizning taxminiy tashxisingiz -25 ballov.
3. Quyidagi diagnozni tasdiqlash uchun qanday qo‘shimcha tekshirishlar utkazish kerak -15 ballov.
4. Qanday asoratlar kuzatilishi mumkin -20 ballov.
5. UASh taktikasi -10 ballov.
6. konservativ davo -15 ballov.
3) 20yoshli talaba och qolganda va qechqurun qorinda og‘riq,og‘riqni umurtqa pog‘onasiga uzatilishi , bosh aylanishi,qabziyatga shikoyat qilib keldi. Og‘riq ovqat yegandan 1.5-2 soatdan so‘ng boshlanadi Ob’ektiv:bemor ozg‘in. Teri qoplamlari toza, och pushti rangda, tili karash bilan qoplangan. Palpatsiyada qorini yumshoq, o‘ng tomonlama epigastral soxasida lokal og‘riqlar. Jigar kattalashmagan.
UQT: Nv - 100 g/l, eritrotsitlar - 3,0 ´10¹²/l, leykotsitlar - 8,7 ´ 109/l,EChT - 20 mm/s.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting -15 ballov.
2. Sizning taxminiy tashxisingiz -30 ballov.
3. Etiologik turlarini ko‘rsating Perechislite -25 ballov.
4. UASh taktikasi -10 ballov.
5. Davolash tamoyillari -20 ballov.
4) UASh qabulida 18 yoshli talaba och qolganda va qechqurun qorinda og‘riq,og‘riqni umurtqa pog‘onasiga uzatilishi, jig‘ildon qaynashiga, kekirish, qabziyatga shikoyat qilib keldi.
Anamnezdan: katta akasi 12 b.i yara kasalligi bilan kasallangan.Ob’ektiv:bemor ozg‘in. Teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar, tili karash bilan qoplangan. Palpatsiyada qorini yumshoq, o‘ng tomonlama epigastral soxasida lokal og‘riqlar,qabziyat.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Kasallik kelib chiqishiga qarshilik qiluvchi ximoya faktorlarini sanang(5tadan kam bo‘lmagan)
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.
5) 28 yoshli bemor UASh qabuliga qorinda spastik og‘riqlarga va bu og‘riqlarni ichni bo‘shatgandan so‘ng kamayishiga shikoyat qilib keldi. letniy Anamnezdan bemor bolaligida dezenteriya bilan kasallangan. Ob’ektiv ko‘rikda qorni kattalishgan, shishgan, palpatsiyada yo‘g‘on ichak soxasida g‘uldirash va og‘riq ,qabziyat aniqlandi. Axlat qo‘y qumalog‘i kurinishida 3-4 kunda 1marta keladi.
Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting
Sizning taxminiy tashxisingiz;
Diagnozni tasdiqlash uchun qanday qo‘shimcha tekshirishlarni o‘tkazish kerak
Diagnozni tasdiqlash uchun qanday instrumental tekshirishlarni o‘tkazish kerak
UASh taktikasi va davolash tamoyillari.
6) .64 yoshli bemor UASh qabuliga epigastral soxada ovqat yegandan 20-40 min o‘tgach yuzaga keladigan to‘lg‘oqsimon og‘riqlarga, qorin dam bo‘lishi va g‘o‘ldirashiga, qabziyat va ich kelishini almashib kelishiga, ozib ketishga shikoyat qilib keldi. Anamnezda: bir necha yillardan beri qandli diabet 2 tip va YuIK gi bilan xastalangan. Uyida nitroglitserin qabul qilgan va axvoli bir muncha yaxshilangan. Ob’ektiv ko‘rik: bemor ozg‘in. Teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar,toza.Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls 80 ta 1 min.da AD – 130/80 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas, tili quruq, oq karash bilan qoplangan.
Palpatsiyada qorini yumshoq, epigastral soxada og‘riqlar. Qorin aortasini auskultatsiyasida sistolik shovqin. Jigar va taloq kattalashmagan. Ich kelishi – qabziyat va ich ketishi almashib turadi .
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usul
4. Diagnozni tasdiqlashda xal qiluvchi tekshirish usuli
5. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.
7) Bemor G 29 yoshda xususiy tadbirkor, tez-tez safarlarda bo‘ladi. UASh xuzuriga qabziyatga shikoyat qilib keldi . Anamnezdan qabziyat 3-4 yildan beri bezovta qiladi, o‘zi senade qabul qilgan. Ob’ektiv: umumiy axvoli nisbatan qoniqarli. Teri qoplamlari va ko‘rinadigan shilliq qavatlari odatdagi rangda, Teri osti yog‘ qavati kam rivojlangan . O‘pkada vezikulyar nafas . Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls 80 ta 1 min.da AD – 110/70 mm.sm.ust.Tili nam, toza. Palpatsiyada qorini yumshoq, og‘riqsiz, biroz shishgan. Jigar va taloq kattalashmagan. Turtki simptomi ikki tomonlama manfiy.Siyishi erkin, og‘riqsiz. Ich kelishi kuniga 2-3 marta, qattiq. UQT, USA, UAA o‘zgarishsiz.
Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting
Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usul
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.
8) 35-yoshli xaydovchi UAShga ovqatlangandan so‘ng 1 soat o‘tgach ko‘krak osti soxasidagi og‘riqga, qabziyatga shikoyat qilib keldi. 3 yildan beri o‘zini kasal deb xisoblaydi, baxor va kuzda qo‘zish kuzatiladi . Bemor o‘z xolatini “zaxarlanish” bilan bog‘laydi, uyida o‘zicha dorilar ichgan , lekin vrachga murojaat qilmagan. Oxirgi 4 kundan beri axvoli og‘irlashgan, najasni qorayishi , xolsizlik , bosh aylanishi bilan kechgan. Chekadi , alkogolni suvistemol qiladi, ovqatlanish tartibini muntazam ravishda saqlamaydi.
Bemorni ko‘rganda umumiy axvoli qoniqarli, normostenik tipda. Tili oq karash bilan qoplangan.Qorin palpatsiyasida korni yumshoq , chuqur palpatsiyada piloro-duodenal soxada og‘riqli. Boshqa organlarda patalogiya aniqlanmadi. . Puls 84 daqiqaiga , AD 110/70 mm.sim. us.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usul
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.
5 . Kasalxonagacha bo‘lgan yordam (nomedikamentoz va medikamentoz );
9) 72 yoshli bemor UAShga chap yonbosh soxasidagi og‘riqga,qabziyat, ichini to‘liq bo‘shamaslik xissiga, umumiy xolsizlik, ishtaxasini yo‘qligiga shikoyat qilib keldi. Ob’ektiv ko‘rik: bemor ozg‘in. Teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar,toza.Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls 100 ta 1 min.da AD – 110/60 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas, tili kulrang karash bilan qoplangan.
Palpatsiyada qorini yumshoq, qorinning chap yarmida chegaralangan shish , ko‘rinib turgan ichak peristaltikasi, chap yonbosh soxada og‘riqlar aniqlandi . Jigar va taloq kattalashmagan. Ich kelishi – qabziyat. UQT- anemiya, leykotsitoz, EChTni-40mm/soatga oshishi. Axlat- qon va shilliq aralashgan.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
10) Bemor 36 yoshda, UAShga murojaat qilib keldi . Shikoyatlari: ovqat yegandan 1 soat keyin yuzaga keladigan epigastral soxadagii og‘riqlar, och qolganda va qechqurun qorinda og‘riq, qabziyat,jig‘ildon kaynashi. Bemor o‘zini 7yildan beri kasal deb xisoblaydi . baxor va kuzda kasllikni qo‘zishi kuzatilgan. Bemor vikalin, vitamin U, gastrofarm bilan davolangan. Bugun ertalab tusatdan bosh aylanishi, ko‘ngil aynish, qon qusish, keskin xolsizlik boshlangan. Ob’ektiv:umumiy axvoli og‘ir, qo‘rquv xissi, teri va kurinadigan shilliq qavatlari rangpar, qo‘l va oyoq uchlari sovuq. Yurak tonlari jarangdor, tiniq, puls 100-120ta 1 min.da,AD 85/45mm.sm.us.Tili oq karash bilan qoplangan, quruq . Palpatsiyada qorini yumshoq, ko‘krak osti soxasi og‘riqli, bu og‘riqlar umurtqa pog‘onasiga uzatiladi. Qayt qilgandan so‘ng og‘riqlar kamayishi kuzatilgan. UQT: Nv -70 g/l, erit – 2,8*1012 v 1 ml/l, lek – 9,2*109, EChT - 20mm/s.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
5. Kasalxonagacha bo‘lgan yordam (nomedikamentoz va medikamentoz );
11). 52 yoshli ayol UAShga qorinini dam bo‘lishi, ovqat yegandan so‘ng qorinni xamma qismida og‘iq va bu og‘riqlarni defekatsiya yoki yel chiqargandan keyin kamayishi, jizzakilik, 4-5 kundan beri qabziyatga, yaxshi uxlolmaslikka shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: 6 yildan beri kasal. . Ob’ektiv: umumiy axvoli nisbatan qoniqarli. Teri qoplamlari va ko‘rinadigan shilliq qavatlari odatdagi rangda, Teri osti yog‘ qavati kam rivojlangan . O‘pkada vezikulyar nafas . Yurak tonlari normal, ritmik. Puls 90 ta 1 min.da AD – 130/60 mm.sm.ust.Tili karash bilan qoplangan, chetida tish izlari bor. Palpatsiyada qorini biroz shishgan,yumshoq, sigma qismi og‘riqli . Jigar va taloq kattalashmagan. Turtki simptomi ikki tomonlama manfiy.Siyishi erkin, og‘riqsiz. Ich kelishi-qabziyat.
Rektoromanoskopiya:to‘g‘ri ichakni va sigmasimon ichchakni shilliq qavatida kataral o‘zgarishlar,shilliq aniqlangan.
1.Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
12) 74 yoshli bemor qorindagi biroz og‘riqlarga, 4-5 kundan buyon ich kelmasligiga, vaqti-vaqti bilan axlatda qon bo‘lishiga, tana xaroratini 37,5 Sga ko‘tarilishiga, umumiy xolsizlikka shikoyat qilib keldi. Oxirgi 4 kundan beri ishtaxasini yo‘qligan va ko‘ngil aynigan. Ob’ektiv ko‘rik: bemor ozg‘in. Teri qoplamlari quruq . O‘pkada vezikulyar nafas .Yurak tonlari o‘r tacha jarangli , ritmik. Puls 70 ta 1 min.da AD – 130/85 mm.sm.ust. Tili oq karash bilan qoplangan, chetida tish izlari.
Palpatsiyada qorini yumshoq, chap yonbosh soxasi og‘riqli va o‘sha soxada xarakatsiz, aniq konturli xosila aniqlandi. Qorin mushaklari zo‘riqishi yo‘q. UQT da anemiya, leykotsitoz,EChT oshishi.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 4 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;
4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
13) 59 yoshli bemor UAShga o‘ng yonbosh soxasida og‘irlik , teri qichishi, ishtaxani pasayishi , yog‘li ovqatlarni ko‘tara olmaslik, kekirish, ko‘ngil aynish , qabziyat, rangsizlangan axlatga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: 16 yil oldin virusli gepatit o‘tkazgan, 1oydan buyon terida qichishish bezovta qiladi va shu vaqt ichida ishtaxasini pastligi tufayli 4 kg.ga ozib ketdi.. Ob’ektiv: terisi sarg‘aygan, qashinish izlari, limfa tugunlari kattlashmagan. kojnыe pokrovы jeltushnы, so sledami raschyosov, limfouzlы ne proщupыvayutsya. O‘pkada vezikulyar nafas .Yurak tonlari jarangli. Puls 65 ta 1 min.da AD – 110/70 mm.sm.ust. Tili qizil. Palpatsiyada qorini yumshoq, o‘ng qovurg‘a osti og‘riqli. Jigar qovurg‘a yoyi ostidan 2 sm chiqqan, yumshoq. Taloq paypaslanmaydi. UQT da er - 3,7 mln, Nv - 78 g/l, rang.ko‘r. - 0.9, Ley. - 8,0 ming, EChT - 23 mm/soat. USA: o‘t pigmentlariga reaksiya musbat.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 4 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;
2. Sizning taxminiy tashxisingiz;
3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;
4. UASh taktikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |