3. Fanlar aro va fan ichida bog‘liqlik
Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Ichki kasalliklar propedevtikasi, Tuberkulez,. Onkologiya, Rentgenologiya va Tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya.
4. Dars mazmuni
Mavzuni muxokama qilishda quyidagi aspektlarga e’tibor berish kerak.
Qabziyat – bu kam miqdordagi qattiq axlatni qiyin ajralishi. Kam ich kelishi, defekatsiyadan keyin ichakni to‘liq bo‘shamaganlik xissi, kuniga 2-3marta yumshoq ichni kelishi – bu normal, kuniga bir necha marta ichni qattiq kelishi xam qabziyat xisoblanadi.
Funksional qabziyat . Funksional qabziyatni 3 turi faqlanadi; oddiy qabziyat; ichak gipokinezi bilan bog‘liq qabziyat; ; ichak gipokineziga bog‘liq bo‘lmagan qabziyat (ichak tasirlanish sindromi).Odiy qabziyat nisbatan ko‘p tarqalgan bo‘lib, sababi noto‘g‘ri ovqatlanish, kam xarakat xayot tarzi, defekatsiyaga chaqiriqni bosib turish, ish sharoitini noqulayligi, uzoq safardagi o‘rganilmagan ovqat istemol qilish. Doimiy defekatsiyaga chaqiriqni bosib turish diskineziya xolatiga olib keladi, qochonki to‘g‘ri ichak ampulasini kengayishiga sezgirligi oshganda. Ichak gipokeniziyasi odatda yoshlarda aniqlandi.Qabziyat bolalik yoki o‘smirlik davrida boshlanadi ,to‘g‘ruqdan keyin , ozish maqsadida yoki operatsiya maqsadida qatiy dieta qilganda kuchayadi. Tekshiruvlardardan so‘ng qabziyatga olib keluvchi organik sabablar inkor qilingandan keyin ovqatlanishni uzgartirish va sog‘lom turmush tarzi olib borish to‘g‘risida tavsiyalar beriladi.
Orttirilgan megakolon Asosiy sabablari: ich bushashtiruvchilarni uzoq qabul qilgandan so‘ng bekor qilganda; gipotireoz; sistemali sklerodermiya. Klinika: qorinni sezilarli dam bulishi; rektal tekshiruvda – to‘g‘ri ichak ampulasini kengayganligi va orqa chiqaruv teshigi sfinkteri tonusi pasayganligi; irrigografiyada axlat massasi bilan to‘lgan, kengaygan yo‘g‘on ichak aniqlanadi. Amaliy maslaxatlar: qabziyatni organik sabablarini inkor qilish; to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi xaqida tavsiyalar beriladi; ich suruvchi preparatlarni uzoq vaqt qabul qilmaslik; Qabziyatda najasning to‘q qizil rangli qon bilan kelishi yug‘on ichak rakigaa shubxa tug‘diradi, alvon rangli qon bilan kelishi gemorroyga xarakterli; diuretik qabul qiladigan bemorlarda gipokaliemiya bo‘lishi qabziyatga olib keladi.
Yo‘g‘on ichak raki. Ko‘proq 50 yoshdan oshgan erkaklarda uchraydi ; kech aniqlanishi tufayli o‘lim 60%ni tashkil qiladi; 70% xollarda o‘sma to‘g‘ri ichakda joylashadi. Xavf omillari: nospesifik yarali kolit; tug‘ma oilaviy yo‘g‘on ichak polipozi; yug‘on ichakni surg‘ichli o‘smasi. Klinikasi:najasning qon va shilliq aralash kelishi ; qabziyat ba’zan ich ketiishi; ichakni to‘liq bo‘shamaslik xissi; qorinda noxush xislar yoki to‘lg‘oqsimon og‘riqlar; orqa chiqaruv yuli soxasida noxush sezgi; anemiya.
Ichak devirtikulyozi katta yoshlarda ko‘p uchraydi
(40 yoshdan kattalarda). Unga yo‘g‘on ichakni pastga tushgan qismida ko‘p miqdorda divertikullar bo‘lishi xos.Kasallik sababi kam klechatka istemol qilish bilan bog‘liq. . Klinikasi: ichak divertikulezi aksariyat xollarda belgisiz kechib, qabziyat yoki ich ketishi bilan almashib turadi, gipogastral soxaning chap tomonida og‘riqlar kuzatiladi. Bemorlar palpatsiiyada chap yonbosh soxasida og‘riqlarga, ko‘p miqdorda qon ketishiga , o‘tkir qorin belgilari qo‘shilishiga shikoyat qilishadi.Asoratlari: abssess, divertikul perforatsiyasi, peritonit, ichak tutilishi, oqmalar xosil bo‘lishi . Qonda leykotsitoz, EChT ni oshishi kuzatiladi. Tashxis qo‘yish uchun rektoromanoskopiya, kolonoskopiya, irrigoskopiya o‘tkazish lozim.
Surunkali kolit – Yo‘g‘on ichakni surunkali yallig‘lanishi. Klinikasii: qabziyat va ich kelishini almashib kelishi, ichakni to‘liq bo‘shamaslik simptomi, yolg‘on chaqiriqlar, qorinda og‘riq, meteorizm, anoreksiya, poligipovitaminoz, anemiya.
Davolash: mexanik ximoyalovchi parxez, kam tez-tez ovqatlanish, keng spektrli antibiotiklar, sulfanilamidlar, bifidumbakteriya va ichak tayoqchasi liofilizirlangan kulturasi, yaqqol ifodalangan metiorizmda aktivlashgan ko‘mir beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |