126
Elektron analogli va raqamli
voltmetrni hamda ampermetrlarni qiyoslash
Qiyoslashda nazorat etiladigan metrologik tavsiflari
Voltmetrlar va ampermetrlarni qiyoslashda quyidagi metrologik tavsiflariga katta e’tibor
beriladi va aniqlanadi:
doimiy kuchlanish va tokning o‘lchashdagi diapazoni va asosiy xatoliklari (doimiy tok
voltmetrlari yoki ampermetrlari uchun);
o‘zgaruvchan kuchlanish va tokning o‘lchashdagi diapazoni va chastotani me’yoriy va
kengaytirilgan oblastlaridagi asosiy xatoliklari (o‘zgaruvchan tokni voltmetrlari yoki ampermetrlari
uchun);
impulslarni vaqtinchalik parametrlaridagi me’yoriy va ishchi oblastlaridagi asosiy
xatoliklari ( impulsli voltmetrlar uchun).
Qiyoslash usullari, sxemalari va vositalari
O‘lchashni samaradorligi nuqtai nazaridan, etalon bo‘lgan
qiyoslash qurilmasi, yoki
kuchlanish va yoki tok kalibratori barpo qilgan kuchlanish va tok qiymatini (doimiy va
o‘zgaruvchan) ishonchlanayotgan elektron voltmetrda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash usuli e’tiborga
loyiqdir. Ushbu usuldan foydalanishda o‘lchash asboblarini ulanish sxemasi 8.3-rasmda taqdim
etilgan.
8.3-rasm.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash usulida voltmetrni qiyoslashni strukturaviy sxemasi:
IK – qiyoslash
qurilmasi; IV – ishonchlanayotgan voltmetr
Elektron voltmetr va ampermetrlarni qiyoslashda o‘ziga xos chastotali diapozoni, signal shakli
va yoki kuchlanish darajasidagi qiyoslash qurilmasi mavjud bo‘lmaganda, qiyoslashni ancha yuqori
aniqligini olish zarariyati tug‘ilganda etalon bo‘lgan va ishonchlanayotgan voltmetrlar
ko‘rsatkichlarini bevosita solishtirib ko‘rish usulidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Bunda
voltmetrlar o‘lchanadigan kuchlanish manbaiga parallel yoki etalon bo‘laklovchi orqali 8.4 va 8.5-
rasmlarda ko‘rsatilgandek ulanadi.
8.4-rasm. Bevosita solishtirib ko‘rish usulida voltmetrni qiyoslashning strukturaviy
sxemasi: IK – qiyoslash qurilmasi; IV – ishonchlanayotgan voltmetr; EV – etalon voltmetr.
127
8.5-rasm.
Bevosita solishtirib ko‘rish usulida
qiyoslash sxemasi:
IK – qiyoslash qurilmasi;
EB – etalon bo‘laklovchi
EV – etalon voltmetr.
IV – ishonchlanayotgan voltmetr;
Bevosita solishtirib ko‘rish usulida yuqori chastotali elektron voltmetrni qiyoslash uchun
o‘lchash vositalarini ulanish sxemasi 8.6-rasmda keltirilgan.
8.6-rasm.
Namunaviy va ishonchlanayotgan voltmetr ko‘rsatkichlarini bevosita solishtirib
ko‘rish usuli bilan voltmetrni qiyoslash :
1 – o‘lchash
generatori; 2 va 4 – koaksial kabeli; 3 – koaksial yoqib-o‘chiruvchi; 5 – filtr; 6 –
koaksial bo‘lgan o‘lchovchi biriktiruvchi -troynik yoki kuchlanish bo‘luvchisini namunasi; 7 –
ishonchlanayotgan voltmetr; 8 – yuklantiruvchi rezistor; 9 – etalon bo‘lgan voltmetr.
Sxemada filtrni qo‘llanilishi o‘lchanayotgan kuchlanishda yuqori garmonik tashkil
etuvchilarning yo‘qotishni zarurligi bilan tushuntiriladi. Koaksial yoqib-o‘chirgich, “nolni
o‘rnatish”
operatsiyasini bajarishda, generatorni yoqmasdan turib, kuchlanishni o‘lchash
voltmetlaridagi kirishdan uzib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi. Kuchlanishning etalon bo‘laklanishni
qo‘llash chog‘ida, uni chiquvchi qarshiliklari quyidagi ifodada aniqlangan qiymatdan ortib
ketmasligi lozim:
1000
/
R
R
доп
вх
вых
(5)
bunda, R
chiq
–kuchlanishni namunaviy bo‘laklashni chiquvchi qarshiliklari , Om;
R
kir
– ishonchlanayotgan voltmetrni
kiruvchi qarshiliklari, Om;
qo‘sh
– ishonchlanayotgan voltmetrni yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklarini chegaralari, %.
128
Agar ishonchlanayotgan asbobni kiruvchi qarshiliklari kiruvchi sig‘imi hisobiga reaktiv
tashkil etuvchiga ega bo‘lsa, unda namunaviy bo‘laklovchini Om lardagi kiruvchi qarshiliklari
quyidagi ifodada aniqlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak:
2
2
доп
вых
C
f
300
R
(6)
bunda, f – o‘lchash amaga oshirilishidagi chastota, Gs;
C – ishonchlanayotgan asbobni kiruvchi sig‘imi, F.
Etalon bo‘lgan qiyoslash qurilmasidan yoki kuchlanishni
etalon kalibratorlaridan
foydalanishda xatoliklar qiymati, bevosita qo‘llanilayotgan etalon vositalarni shkalalari bo‘yicha
hisoblab chiqiladi. Agarda bizlar qiyoslashda etalon voltmetrlardan foydalansak, unda xatoliklar
quyidagi formula bo‘yicha aniqlandi:
э
п
U
U
.
(7)
Agarda kuchlanishning etalon bo‘lgan bo‘laklashlaridan foydalansak
xatoliklar quyidagi
formula bo‘yicha hisoblanadi:
э
п
п
U
K
U
,
(8)
Bunda
п
K
–etalon bo‘laklashni uzatish koeffitsienti
Do'stlaringiz bilan baham: