181
SHuning uchun yorug‘lik nuri ko‘ndalang to‘lqindan iborat. YOrug‘lik nuri muhitga tushganda
undagi elektronlarga asosan o‘zgaruvchan elektr maydoni ta’sir qiladi (magnit maydonining ta’siri
juda kuchsiz bo‘ladi). SHuning uchun yorug‘lik to‘lqinida elektr maydon kuchlanganlik vektorining
tebranishiga e’tibor beriladi (8.2-rasm).
Elektr vektorlari har xil tekisliklarda tebranadigan nurga tabiiy nur deb ataladi (8.3–rasm).
Elektr vektori aniq bir tekislikda tebranadigan nurlarga esa qutblangan nur deb ataladi (8.3–rasm).
8.2-rasm. Elektromagnit to‘lqinlarini tarqalish yo‘nalishi.
Elektr vektori tebranayotgan tekislikka qutblanish tekisligi deyiladi. Har qanday yorug‘lik
manbaidan tabiiy nur tarqaladi. Tabiiy nur ayrim kristallardan o‘tganda (masalan: island shpati,
turmalin) qutblangan nur hosil bo‘ladi. Bunday kristallarga polyarizatorlar deb ataladi. Qutblangan
nurning qutblanish tekisligi analizator yordamida aniqlanadi. Har qanday polyarizatordan analizator
sifatida foydalansa bo‘ladi. YOrug‘lik nurlari ba’zan dielektriklardan (suv, shisha) qaytganda ham
qutblanadi.
8.3–rasm. Tabiiy, qutblangan
va qisman qutblangan
nurlarni tarqalish yo‘nalishlari.
Bryuster qonuni
. YOrug‘lik tushish burchagining tangensi dielektrikning absolyut sindirish
ko‘rsatkichiga teng bo‘lsa, qaytgan nur to‘liq qutblanadi (8.4-rasm). Bu qonun Bryuster qonuni
deb, undagi α burchak esa Bryuster burchagi deb ataladi.
8.4-rasm. Bryuster qonuni bo‘yicha yorug‘likning qutblanishi.
Har qanday qutblangan nur ma’lum intensivlikka ega bo‘ladi. Agar bunday nur analizator
orqali o‘tkazilsa, uning intensivligi o‘zgaradi. Intensivlikning qanday o‘zgarishi polyarizator bilan
182
analizator qutblanish tekisliklari RR va AA ning bir-birlariga nisbatan joylashishiga bog‘liq (8.5–
rasm).
8.5-rasm. Polyarizator va analizatorning bir-biriga
nisbatan joylashishi: 1- yorug‘lik manbai; 2- tabiiy nur;
3- polyarizator; 4- qutblangan nur; 5- kyuveta; 6-30
o
ga burilgan
qutblangan nur; 7- analizator; 8- kuzatuvchi.
Tabiiy yorug‘likning nuri kristallning bosh optik o‘qi bo‘yicha o‘tayotgan bo‘lsa, u holda bu
nur shu kristaldan chiqqandan so‘ng o‘zining xossalarini o‘zgartirmaydi, lekin ko‘p hollarda yassi
qutblangan yorug‘lik ba’zi bir kristallarga tushganda (kvars, kinovar)
E vektorning tebranish
tekisligi qandaydir burchakka buriladi, bunday moddalarga optik aktiv moddalar deb ataladi. Optik
aktiv moddalarga qand eritmasi ham kiradi. Optik aktiv moddalarda E vektori tebranish
tekisligining burilish yo‘nalishi bilan har xil bo‘ladi. E vektori tebranish tekisligining burilishi
kuzatuvchi uchun soat strelkasi yo‘nalishida bo‘lsa, bunda modda o‘ngga buruvchi deb ataladi.
Agar soat strelkasi yo‘nalishiga teskari bo‘lsa, bunday modda chapga buruvchi deb ataladi.
Ko‘p
moddalar, masalan: kvars 2 xil modifikatsiyada mavjud bo‘ladi. Birinchisi o‘ngga bursa,
ikkinchisi chapga buradi. Optik aktiv moddalar eritmasidagi qutblanish tekisligining
burilish
burchagi (
) shu moddaning konsentratsiyasiga (S), nurning eritmadagi yo‘l uzunligiga (
) to‘g‘ri
proportsional, ya’ni:
(18.1)
bu erda,
- proporsionallik koeffitsienti yoki solishtirma burilish burchagi bo‘lib, u
C
0
(18.2)
ifodaga ko‘ra
= 1 dm va S =1 g/sm
3
bo‘lgandagi burilish burchagiga teng.
ni graduslarda,
ni
dm
larda va S ni g/sm
3
larda ifodalash qabul qilingan. Solishtirma
burilish burchagi temperaturaga bog‘liq va yorug‘lik to‘lqin uzunligining kvadratiga taxminan
teskari proportsional. YUqoridagilardan noma’lum eritmalar konsentratsiyasi 18.1 formulaga ko‘ra
(18.3)
ifoda bilan aniqlanadi. Bu usul biofizik tadqiqotlarda va tabobatda siydikdagi qandning va qondagi
qandning konsentratsiyasini aniqlash uchun keng qo‘llaniladi. Bunda qo‘llaniladigan o‘lchash
qurilmasi polyarimetr yoki saxarimetrlar deb ataladi. Polyarimetrning tuzilish sxemasi 18.6-rasmda
tasvirlangan.
183
8.6-rasm. Polyarimetrning tuzilish sxemasi:
R-polyarizator;
A- analizator; T- qand eritmasi
solingan kyuveta- trubka.
Polyarizator qutblanish tekisligining burilish burchagini kuzatishning eng sodda qurilmasi
hisoblanadi. Trubkada suyuqlik yo‘q holatda analizatorni shunday
burish kerakki kelayotgan
yorug‘lik butunlay ko‘rinmasin (Nikol prizmalar bir-biriga tik). Agar trubkani suyuqlik bilan
to‘ldirib qo‘ysak, u holatda tebranish tekisligining burilishi natijasida kuzatish soxasida yorug‘lik
hosil bo‘ladi. Analizatorni bu soxasida yana qorong‘ulik hosil bo‘lguncha burish kerak, burilish
burchagi
E vektor tebranish tekisligining burilishiga teng bo‘ladi. Quyida biz optik aktiv
moddalar hamda dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni konsentratsiyasini aniqlash
uchun ishlatiladigan polyarimetrlarni qiyoslash metodikasi bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: