O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmasevtika instituti



Download 362,59 Kb.
bet72/82
Sana30.04.2022
Hajmi362,59 Kb.
#599260
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
Bog'liq
маъруза магни2020 Word

Javobgarlik
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha shaxsiy, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlik nazorat organlarining rahbarlari va vakolatli shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Huquqi buzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt unga keltirilgan zararni to‘liq undirilishini talab qilishi mumkin.
Nazorat idoralari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi yetkazilgan zararni, boy berilgan foydani, shuningdek ma’naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Nazorat idoralari mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyatni berish nazorat idorasining mansabdor shaxsi harakatlarini to‘xtatib qo‘ymaydi. Nazorat idoralari mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan qilingan shikoyatlar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Farmasevtika tashkilotlari faoliyatining ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorati
Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar farmasevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorati O‘zR SSV qoshidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining Farmnazorat bo‘limi (farminspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Farmnazorat bo‘limi 1995 yili tashkil etilgan bo‘lib, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘ida tasdiqlangan nizomga asosan ish yuritadi.Farmnazorat bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa xujjatlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va faromyishlari, mazkur Nizomga hamda davlat standartlari, qoidalari va boshqa me’yoriy xujjatlariga amal qiladi.
Farm nazorat bo‘limi tomonidan olib boriladigan rejali Nazoratlar Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi bilan kelishilgan reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Farmnazorat bo‘limining tashkiliy tuzilmasi Bosh Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Farmnazorat bo‘limi hodimlarining tarkibi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan farmasevt va kimyo texnologlari, biotexnologlar, mikrobiologlar, standartlashtirish va tahliliy kimyo sohasida yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan.Farm nazorat xodimlari farmasevtika tizimining tegishli davlat idoralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, farmsanoat korxonalari, dorixonalar va dori vositalarining sifat nazorati bo‘yicha laboratoriyalarda 5 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislardan shakllantiriladi19.
Farmnazorat bo‘limi xodimlari bo‘lim boshlig‘ining taqdimi bo‘yicha Bosh Boshqarmaning boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallagan lavozimidan bo‘shatiladi. Bu xodimlar belgilangan tartibda 2 yilda bir marotaba xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirish xuquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tkaziladi va guvohnoma bilan ta’minlanadi.
Farmnazorat bo‘limi tarkibida farmasevt- inspektorlar va farmasevt-ekspertlar faoliyat yuritib, ular o‘z faoliyatlarini davlat xodimi sifatida bajarishadi va davlat himoyasida bo‘lishadi. Ular qonunlarga xilof ravishda hatti – harakatlar uchun qonunchilik asosida shaxsan javob berishadi.
Farmnazorat bo‘limi o‘z faoliyatini boshqa davlat korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Farmnazorat bo‘limining asosiy faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  1. Ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, saqlash, transportirovka, sotish jarayonlarida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining sifatini ta’minlash.

  2. Farmasevtik faoliyatning belgilangan talablar doirasida amalga oshirilishining rejali va rejadan tashqari nazorati

  3. Farmasevtik faoliyatni litsenziyalashtirish jarayonida belgilangan talablarning amaldagi bajarilishining nazorati.

Farmnazorat bo‘limi quyidagi farmasevtika tashkilotlari va muassasalarining faoliyatini nazorat qiladi:

  1. Farmasevtik sanoat korxonalari.

  2. Dori vositalarining sifat nazoratini amalga oshiruvchi laboratoriyalar.

  3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni sertifikatlashtirish idoralari.

  4. Dori vositalarini tayyorlash huquqiga ega shifoxona dorixonalari.

  5. Chakana savdoni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi dorixona muassasalari.

  6. Ulgurji savdoni amalga oshiruvchi farmasevtik tashkilotlar.

  7. Qon quyish stansiyalari.


Download 362,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish