O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmasevtika instituti



Download 362,59 Kb.
bet63/82
Sana30.04.2022
Hajmi362,59 Kb.
#599260
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
маъруза магни2020 Word

To‘rtinchi guruh - bu guruh preparatlari o‘z tarkibida aniq miqdorda ta’sir qiluvchi moddalarini saqlab, ammo birlamchi upakovkaningayrim elementlari bilan originaldanfarq qiladi. Masalan:“Aventis”firmasining “Klaforan”, “Xinoin” firmasining “No-shpa” preparatlari originallariga mos keladigan holda qalbakiligi aniqlangan. Bu guruh preparatlaridan bemor terapevtik samarani olishi mumkin, ammo dori vositalarini qonuniy ishlab chiqaruvchilari katta ziyon ko‘radilar.
Beshinchi guruh - “yarimqalbaki” preparatlar deb yuritiladi, ular yetarli sifat darajasiga ega, qonuniy ishlab chiqariladigan korxona nomidan ishlab chiqariladi, nomlanishi, tarkibi va upakovkalari taniqli firmalarning brendlari bo‘lgan original preparatlariga o‘xshash bo‘lib, ammo ularni sotishda original preparatlarni ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlari buziladi. Masalan: “Shering Plau” firmasining “Selestoderm” preparatiga dizayni va upakovkasi bo‘yicha o‘xshatib “Selektoderm” nomli preparatini boshqa firma ishlab chiqargan.
Oltinchi guruh – «nusxa – preparatlari» bo‘lib tarkibida kerakli ta’sir qiluvchi moddalarining aynan o‘zi va kerakli miqdorda bo‘ladi, hamda ular zamonaviy texnologiyasi bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalarda (ba’zida ishlab chiqaruvchilar o‘zi tomonidan) ishlab chiqariladi. Oxirgi uch turdagi qalbaki dorilar katta yoki kichik qonuniy ishlab chiqaruvchi farmasevtik korxonalar uchun xosdir. Bu hol ko‘pincha taniqli firmalarning u yoki bu xududdagi filiallarida kuzatiladi. Bu nusxalar farqlanishi murakkab bo‘lgan qalbaki dori guruhidir. Bunday preparatning originaldan farqlanishi faqat maxsus kimyoviy labaratoriyadagina amalga oshirish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan qalbaki dori vositalarining barcha guruxlari sog‘liq uchun zarar keltiradi, chunki ular qonuniy sifat nazoratidan o‘tmaydi.
Qalbaki dori vositalarining standartga muvofiq kelmaslik
ko‘rsatkichlari
Qalbakilashtirilgan dori vositalari me’yoriy hujjatlarning asosan beshta kursatkichi talabiga javob bermaydi: “jihozlash”, “yorliqlanishi”, “tashqi ko‘rinishi”, “chinligi” va “ta’sir etuvchi moddalar miqdori”.
Yorliqlanish”ko‘rsatkichibo‘yicha qalbakilashtirilgan dori vositalarining asl nusxalardan asosiy farqlanadigan belgilari quyidagilar: ko‘p hollarda yorliqlarning kseronusxa bo‘lishi, shtrix-kodlari, ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi, qayd etish raqami bo‘lmasligi, yozuvlarning noaniq va notekis bo‘lishi, ayrim hollarda grammatik hatoliklar uchraydi yoki ayrim xarflari belgilangan tartibda bosilmaganligidir.
Jixozlash” ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagi belgilar bilan farqlanadi: ikkilamchi joylash qutisining notekis yelimlanganligi, “ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma”ning qutilarga aksariyat holda notekis joylashtirilganligi.
Tashqi ko‘rinishi”ko‘rsatkichi bo‘yicha dori shaklining rangi originaldan farq qiladi, ko‘p hollarda to‘qroq, tabletkalarning yuzasida yot dog‘larning bo‘lishi, ampulalar nostandart, turli o‘lchamlarda bo‘lishi, bir xil to‘ldirilimaganligi va nuqsonli qavsharlanishi, yorliqlarning notekis yelimlanishi mumkin.
Birinchi uchta ko‘rsatkich bo‘yicha dori vositasining standartga muvofiq kelmasligini vizual aniqlash mumkin. Yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan qalbaki dori vositalarini faqat mutaxassislargina asl nusxadan farqlay oladilar, chunki ular maxsus aniqlanadigan ayrim ko‘rsatkichlar bilan farqlanadilar.
Barcha dori vositalarini qalbakilashtirish holatlari Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining sertifikatlashtirish idorasi tomonidan, “Dori-darmon” AK tizimidagi nazorat - analitik laboratoriyalarda, hamda boshqa akkreditatsiyadan o‘tgan nazorat-tahlil laboratoriyalarda aniqlanadi.

Download 362,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish