O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/104
Sana26.06.2021
Hajmi2,35 Mb.
#102449
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Bog'liq
11-Маърузалар матни - Метрология ва стандартизация

Qarshilik termometrlari 
Qarshiliklar  termometrlari    -260  dan  750°Sgacha  oraliqdagi  haroratni  o‘lchashda  keng 
qo‘llaniladi  (11.7-rasm).  Alohida  hollarda  ular  1000°S    gacha  bo‘lgan  haroratni  o‘lchashda 
foydalaniladi.  
 
11.7-rasm. Qarshiliklar termometrlarini 
umumiy ko‘rinishi
 
Qarshilik  termometrlarini  ishlash  prinsipi  haroratni  o‘zgarishi  bilan  moddalarning  elektrik 
qarshiliklari yoki solishtirma qarshiliklarini  o‘zgartirishiga asoslangan.  
Qarshilik termometrlari  ikki guruhga bo‘linadi:  
1. Yaxshi  o‘tkazuvchanlik xususiyatiga  ega bo‘lgan  - metallardan  tayyorlangan qarshiliklar 
termometrlari. 
2. Yarim o‘ztkazgichlardan tayyorlangan qarshiliklar termometrlari. 
Yaxshi  o‘tkazuvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘lgan    o‘tkazgichlar  –  metallarda  solishtirma 
qarshilik    haroratga  bog‘liq  bo‘lgan  holda  chiziqli  o‘zgaradi,  yarim  o‘tkazgichlarda  esa  xaroratga 
bog‘liq ravishda solishtirma qarshiliklar sekin-asta kamayadi. Bunga asosan solishtirma qarshilikga 
bog‘liq holda muxitni harorati kalibrovka qilinadi.    
O‘lchash texnikasini taraqqiy etishi bilan  termometrlarni eng qulay turi bo‘lib termometrik 
belgilari elektr signaldan iborat bo‘lgan asboblar xizmat qila boshladilar.  Bular – termoqarshiliklar 
(metallik va yarim o‘tkazgichli) va termoparalardir.   
Termoqarshilikli  termometrlarning  ishlash  prinsipi  -    haroratni  ortib  borishi  bilan  metal 
qarshiligini  oshib  borish  hodisasiga  asoslangan.    Xona  haroratidagi    ko‘pgina  metallar  uchun    bu 
bog‘liqlik  chiziqli bog‘lanishga   yaqin, toza metallar uchun  haroratni   1 K  (qarshilikni harorat 
koeffitsienti)  oshishida  qarshiliklarini  nisbiy  o‘zgarishlari    4*10
-3
  1/K  ga  yaqin  qiymatga  ega. 
Termoqarshilikli  termometrlarning  termometrik  belgilari  bo‘lib  ularning  elektrik  qarshiliklari 
hisoblanadi.   Ko‘pincha  bunday  maqsadda  platinali  simlardan,  shuningdek  mis  simlar  va  ularni 
turli  xil  qotishmalaridan  foydalaniladi.  Bunday  termometrlarni  qo‘llash  dapazoni,  vodorodga  xos 
haroratdan (~20 K) yuzlab Selsiy darajalargacha bo‘lgan haroratni tashkil qiladi.  Past haroratlarda 
metall  termometrlarda  qarshiliklarni  haroratga  bog‘liqligi    muxim  darajada    chiziqli  ko‘rinishda 
bo‘lmasligi  mumkin,  shuning  uchun  bunday  termometrlarni  yuqori  aniqlikda  darajalashni 
(kalibrovkalashni) talab qiladi.  
Yarimo‘tkazgichli  termometrlarda  (termistorlarda)  haroratni  o‘lchash  yarim  o‘tkazgichni  
haroratini  ortib  borishi  bilan  uning  qarshiligini  kamayib  borish  hodisasiga  asoslangan.  Chunki 
yarim  o‘tkazgichlarda  qarshilikning  temperatura  koeffitsienti    mutlaq  kattaliklari  bo‘yicha 


 
20 
 
 
o‘tkazgichlarning temperatura koeffitsientidan absolyut qiymati bo‘yicha bir necha barobar yuqori 
bo‘ladi  va  xuddi  shunday  ularning  sezuvchanligi  ham  metall  o‘tkazgichlarning  sezuvchanligidan 
axamiyatga  molik  darajada  yuqori  bo‘ladi.    Maxsus  tayyorlangan  yarim  o‘tkazgichli 
termoqarshiliklardan  past  (geliyli)  haroratlarda    ham  foydalansa  bo‘ladi.    Shunga  qaramay,  shuni 
inobatga olish kerakki, oddiy yarim o‘tkazgichli qarshiliklarda  past haroratlarni ta’sirida nuqsonlar 
va  xatoliklar  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Bu  o‘lchash  natijalarining  xatoliklari  nominal  qiymatga 
nisbatan yuqori bo‘lishiga olib keladi va shuning uchun termoqarshiliklarda  maxsus tanlab olingan 
yarimo‘tkazgichli materialdan foydalanishni talab etadi.    
Haroratni  o‘lchashni boshqa yana bir usuli termoparalar orqali o‘lchash hisoblanadi (11.8-
rasm).  Termopara  ikkita  turli  xil  metal  o‘tkazgichlarni  kavsharlanishi  (spay)  orqali  hosil  qilinadi. 
Bitta spay (kavshar) o‘lchanadigan haroratda bo‘ladi T1 (o‘lchovchi spay), boshqasi esa T2 (erkin 
spay)  -  ma’lum  bir  haroratda,  masalan    xona  haroratida  bo‘ladi,  spaylarning  haroratlaridagi 
farqanishlar  tufayli    elektr  yurituvchi  kuch  (termo-EDS)  vujudga  keladi,  uni  o‘lchanishi  esa  spay 
haroratlari orasidagi tafovutni, oxir-oqibatda esa o‘lchanayotgan spay haroratini  aniqlashga imkon 
beradi. 
Bunday 
termometrda  ikki  metalnining  spayi  termometrik  jism  bo‘lib  xizmat  qiladi,  
termometrik  belgi  bo‘lib  esa  zanjirda  termo-EDS  hisoblanadi.  Termoparalarni  sezuvchanligi 
birliklardan to yuzlab  mkV/K ni tashkil etadi,  o‘lchanayotgan haroratning diapazoni esa bir necha 
o‘nlab  Kelvinlardan (suyuq azotni harorati)  to bir yarim ming Selsiy darajagacha. Yuqori bo‘lgan 
haroratlar  uchun  asl  metallardan  qilingan  termoparalar  qo‘llaniladi.  Quyidagi  materiallar  spaylari 
asosidagi  termoparalar  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  keng  miqyosda  qo‘llaniladi.  Bular  asosan  
mis-konstantan, temir-konstantan, xromel-alyumel, platinorodiy-platina boshqalar hisoblanadi. 
 
11.8-rasm. Termoparaning umumiy ulanish sxemasi: 1- o‘lchash asbobi; 2,3 – 
termoelektrodlar; 4- ulagich simlar; T1, T2 – termoparaning “issiq” va “sovuq” ulanish (spay) 
nuqtalarining temperaturalari.  
 
Shuni  ta’kidlash  lozimki,  termopara  faqat  o‘lchanuvchi  va  erkin  spaylarni  harorat  farqlarini 
o‘lchash  qobiliyatiga  ega.  Erkin  spay,  qoidaga  ko‘ra,  xona  xaroratida  bo‘ladi.  SHuning  uchun 
termopara bilan  haroratni o‘lchash uchun,  xona haroratini o‘lchashga qo‘shimcha  termometrdan 
yoki  erkin spay haroratlari o‘zgarishini  kompensatsiya qilish  tizimidan  foydalanish kerak bo‘ladi.   
Radiotexnikada  ko‘pincha  shovqinli  harorat    tushunchasi  qo‘llaniladi  va  u  registor  
qizdirilishigacha  lozim bo‘lgan haroratga teng,  hamda  elektron qurilmani chiquvchi qarshiliklari 
bilan  muvofiqlashtirilgan,  bundan  ko‘zlangan  maqsad    ushbu  qurilmani    va  rezistorni  issiqlik 
shovqinlari  quvvati    ma’lum  bir  chastotalarda  teng  bo‘lishiga  erishishdan  iborat.  Bunday 
tushunchani  kiritilish  ehtimoli  shovqinni  o‘rtacha  quvvatini  qarshilikning  mutlaq    haroratiga  
proporsionalligidan (shovqinli kuchlanishning o‘rtacha kvadratini  elektr qarshilikka) kelib chiqadi. 
Bu  shovqinli  kuchlanishdan  haroratni  o‘lchashda  termometrik  belgi  sifatida  foydalanishga  imkon 
beradi.  Shovqinli  termometrlar  past  haroratlarni  (bir  necha  kelvindan  past),  shuningdek,  kosmik 
ob’ektlarni  radiatsion  (yorqinlikdagi)  haroratlarini  o‘lchash  uchun      radioastronomiyada 
foydalaniladi.  
Haroratni  o‘lchashda  qarshilik  termometrini  harorati  aniqlanishi  kerak  bo‘lgan  muhitga 
botiriladi.    Termometr  qarshiligi  haroratga  bog‘liqligini  bilgan  holda,  termometr  qarshiligini 
o‘zgarishiga  qarab  u  turgan  muxitdagi    harorat    haqida  muloxaza  yuritiladi.  Bunda  shu  narsani 
nazarda tutish lozimki,  ko‘pgina qarshilik termometrlarida sezuvchi  elementni uzunligi bir necha 
santimetrlarni tashkil qiladi, shuning uchun muhitda  harorat gradientlari mavjud hollarda, qarshilik 


 
21 
 
 
termometrlari bilan  muxitning uni sezuvchan elementlari bo‘lgan qatlamlarida ba’zi bir  o‘rtacha 
haroratlarini o‘lchanadi.       
Keng  qo‘llanilayotgan,  sof  metallardan  yasalgan  qarshilik  termometrlari  izolyasiya  qiluvchi 
maxsus  karkasga    yuqa  simdan  chulg‘am  ko‘rinishida    tayyorlanadi.  Ushbu  chulg‘amni  qarshilik 
termometrini  sezuvchan  elementi    deb  atash  qabul  qilingan.  Qarshilik  termometrlarini  mexanik 
urilishlardan  va  zararlanishidan  saqlash  maqsadida,    uning  sezuvchi  elementini  maxsus  himoya 
gilzasiga  joylanadi.  
Metall  qarshilik  termometrining  afzalliklari  jumlasiga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  
haroratni  o‘lchashda      aniqlik  darajasining  yuqoriligi;  ularga  qarshilik  termometrlarini  yo‘l 
qo‘yiladigan haroratlarda  qo‘llashda istalgan harorat oraliqlariga standart darajlashtirish  shkalasi 
bo‘lgan  o‘lchash  asboblarini  chiqarish  imkoniyatlari;    bitta  o‘lchash  asbobiga  ulash  orqali  bir 
qancha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qarshilik termometrlarini birlashtirish yo‘li bilan  haroratni o‘lchash  
imkoniyatlari; ularni axborot-hisoblagich mashinalari bilan birga foydalanish imkoniyatlari.  
Sanoat  sharoitlarida  haroratni  o‘lchashda  qarshilik  termometrlari    logometrlar,  avtomatik 
muvozanatlashgan  ko‘prikchalar  va  avtomatik  kompensatsiyalovchi  asboblar  bilan  birgalikda 
qo‘llaniladi.  Bunda  shunga  e’tibor  berish  kerakki,    ushbu  asboblar  Selsiy  graduslarida 
darajalashtirilgan  shkala  bilan  ta’minlangan.  Va  u  faqat  qarshilik  termometrini  ma’lum  bir 
darajalashtirishlarida,  hamda  termometrni  o‘lchash  asbobi  bilan  birlashtiruvchi  simlar  qarshiligi 
berilgan qiymatlaridagina haqiqiy amal qiladi.      
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish