O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

Internet saytlari 
1. www.provisor.com.ua/archive/2004/N17art_26php 
2. 
www.nanolab.com.ua

3. 
www.health_ua.com/articles
 1621html 
4. 
http://protabletki.ru
 
5. www.drug-enyclopedia.ru/mikrokapsulirovanie-p.php 
 
20-Mavzu: Biologik faol tizimlarda qo`llaniladigan polimerlar 
 
Reja: 
  1.Biologik faol tizimlarda qo‗llaniladigan polimerlar ta‘rifi.  
 2.Polimerlar tasnifi ( bioinert, biofaol, bioeruvchan va boshq). 
  3.Polimerlar yordamida dorilarni farmakokinetik xossalarini nazorati. 
 
Tayanch tushunchalar: biologic faol tizimlar, polimer bioinert, biofaol, bioeruvchan, 
immobillangan polimerlar, biomutanosibli polimerlar 
 
 
 
 
        Ta‘siri uzaytirilgan va yo‗naltirilgan  dori turlarini yaratishda tibbiyotda qo‗llashga 
ruxsat etilgan  yordamchi  moddalar ishlatiladi. Asosiy  yordamchi  moddalar-bu polimer 
tabiatli YUMB lardir. Polimerlarni olish uchun turli xil manbalardan qo‗llaniladi: 
-hayvonlardan olinadigan tabiiy moddalar (kollagen, jelatin, elastin, xitozan); 
-o‗simliklardan olinadigan moddalar (alginatlar); 
-yarim  sintetik  moddalar  (metilsellyuloza  (MS),  natriy-karboksimetil-sellyuloza  (Na-
KMS),oksipropilmetilsellyuloza (OPMS)); 
-sintetik  moddalar  (polivinilpirrolidon  (PVP),  polivinil  spirt  (PVS),    poliakrilamid 
(PAA). 
 
Tabiatiga  ko‗ra  polimer  yordamchi  moddalar  tabiiy,  sintetik  va  yarim  sintetik 
bo‗lishi  mumkin.Tabiiy  yordamchi  moddalar  sintetiklarga  nisbatan  o‗zining  yuqori 
biologik xavfsizligi bilan bir muncha ustunlikka ega.  
Tabiiy yordamchi moddalar 
       T  i  b  b  i  yo  t      j  e  l  a  t  i  n  i  -  tabiiy  polimer  bo‗lib,  u  kazein  va  kollagenni 
gidrolizlash  yo‗li bilan olinib, suyak, pay, teri tarkibida bo‗ladi.U  rangsiz  yoki ozgina 
sarg‗ish  rangli  yaltiroq,  qayishqoq  bargcha  yoki  mayda  hidsiz  plastinkadir.  Jelatina 
tarkibidagi asosiy aminokislotalarga (glikokol 25,5%) ,  alanin (8,7%), arginin (8,2%), 
leysin (7,1%), lizin (5,9%), va glyutamin kislotalari kiradi. Jelatina molekulasi ko‗pgina 
polyarli  guruhlarni  (karboksil  va  aminoguruhlarni)  saqlaydi.  Jelatin  fibrillyarli  yoki 
tolali  oqsillarga  tegishli  bo‗lib,  cho‗zilgan  ip  ko‗rinishidagi  tarmoqlangan 
makromolekulalardan  tashkil  topgan.Fibril  segmentlari  orasidagi  o‗zaro  yaqinlik 
natijasida ―Birikilgan‖ vodorod ko‗prikni oson  hosil qiladi va uzluksiz  yagona to‗rda 
makromolekulalarga  aylanadi.  Makromolekulalar  birikkanligi  uchun  ham  jelatina  suv 
ta‘sirida  va  xona  temperaturasida  (22°S  dan  pastda)  erimaydi,  lekin  chekli  bo‗kadi. 
Quruq  jelatin  ko‗pgina  miqdorda  suvni  shimib  bo‗kadi,  bunda  modda  hajmi  14 
martagacha kattalashadi. YUqori harorat ta‘sirida jelatinning  molekulyar to‗r tugunida 


152 
 
birikilgan aloqa buziladi, jelatin eriydi va eritmaga aylanadi. Iliq jelatinli eritma suv va 
glitserin bilan cheksiz aralashadi. Past harorat ta‘sirida eritma asta-sekin oquchanligini 
yo‗qotadi va erimaydi . 
     Tabletkalashda  bog‗lovchi  sifatida  1-10%  li  jelatin  gidrogeni  ishlatiladi.  Jelatin 
eritmasi qon ketishini (oshqozonda, ichakdn, o‗pkada va gemofiliyada) to‗xtatish uchun 
tayinlanadi. 10% li jelatin eritmasi in‘eksiya qilish uchun ishlatiladi. Jelatinnig suvdagi 
va glitserindagi eritmasi surtma va shamchalar uchun asos sifatida qo‗llaniladi.U aktiv 
emulgator  va  stabilizatordir.Dori  turlari  tayyorlashda  jelatinaning  og‗ir  metall  tuzlari 
bilan  nomutanosibligini  hamda  mikrobiologik  ta‘siridan  chidamsizligini  hisobga  olish 
kerak  [49].  Jelatina  qator  PDP  olishda,  masalan,  anilokain  saqlovchi  PDP  yaratishda 
qo‗llanilgan. 
      K  o  l  l  a  g  e  n-biriktiruvchi  to‗qimaning  asosiy  oqsili  hisoblanadi.  Kollagen  uch 
spiralli strukturaga ega makromolekulalardan iborat.Kollagen olishning asosiy manbasi-
yirik  shoxli  qoramol  terisidir,  qaysiki  u  tarkibida  95%  gacha  kollagen  saqlaydi. 
Kollagenning  borat  kislotasi,  chakanda  moyi  saqlovchi  polimer  pardalari  hamda 
antibiotik saqlovchi ko‗z pardalari, gemostatik gubkalari turli xil dorivor moddalar bilan 
yaralar  yuzasini  qoplash  uchun  ishlatiladi.  U  dorivor  moddani  mo‗‗tadil  faolligini 
ta‘minlab  beradi.  Bu  esa  kollagen  asosiga  kiritilgan  dori  moddalarni  organizm 
to‗qimalari  bilan  uzoq  vaqt  aloqada  bo‗lishi  va  to‗qimalarning  ichiga  chuqurroq  kirib 
borishi  bilan  bog‗liqdir.Kollagen-ko‗z  dori  shakllarida  (eritmalar,  pardalar)  yaxshi 
tashuvchidir.   
 Kollagen farmatsevtik amaliyotda keng tarqalgan YUMB bo‗lib, hozirgi kunda undan 
ta‘sirini uzaytiruvchi hamda polimer pardalarning, shamchalarning, surtmalarning asosi 
sifatida foydalanib kelinmoqda.  
      Masalan, ―Oblekol‖ va  ―metilmetioninsulfoniy xlorid – vitamin U va setilpiridiniy 
xlorid  hamda  lidaza‖  saqlovchi  dermatologik  polimer  pardalarni  olishda  asos  sifatida 
tabiiy polimer kollagendan foydalanilgan. 
Kollagen hidsiz, rangsiz, och sarg‗ish yaltiroq rangli, mo‗rt yoki mayda plastinka bo‗lib 
sovuq suvda erimaydi, lekin bo‗kadi.  
Kollagenni ishlatishdan oldin uning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. Buning uchun esa 
chinni idishga Ѕ qism suv quyilib, ustiga yupqa qilib kollagen kukuni sepiladi va idish 
chayqatilmasdan  20-30  daqiqiga  qo‗yib  qo‗yiladi.So‗ng  sistema  aralashtiriladi,  bunda 
kollagen oldin bo‗kib keyin eriydi.Tayyor bo‗lgan qotishmani bir sutkaga qoldiriladi. 
Kollagening  biologik  xususiyatlari:  toksikologik  xususiyatlarining  yo‗qligi,  to‗liq 
rezorbsiya  qilinishi,  reparativ  jarayonlarni  stimulyasiya  qilishi  hamda  texnologik 
xossalari dori va polimer pardalar texnologiyasida keng qo‗llanilishiga imkoniyat berdi.   
         A  l    g  i  n  a  t  l  a  r-dengiz  suv  o‗tlaridan  (laminariya)  olingan  yuqorimolekulyar 
birikmalardir.U o‗zining fizik-kimyoviy xossalariga ko‗ra qovushqoq suvli eritmalar va 
pastalar  hosil  qilish  qobiliyatiga  ega;  gomogenlashtiruvchi,  stabillovchi,  g‗ovaklovchi 
xususiyatlarga  ham  ega.Bu  esa  ularning  har  xil  farmatsevtik  preparatlar  tarkibida 
emulgirlovchi,  ta‘sirini  uzaytiruvchi  va  parda  hosil  qiluvchi  ya‘ni  yordamchi  modda 
sifatida  qo‗llash  imkoniyatini  beradi.  Anilokain  saqlovchi  PDP  lar  yaratishda  natriy 
alginat ishlatilgan.  

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish