penitsillin, kanamitsin, streptomitsin antibiotiklarning liposomal shakllari yaratilgan.
Leyshmanioz (parazitar) kasalligini davolovchi solyusurmin preparatining
liposomalarga kiritilgan turi oddiy preparatga nisbatan samaradorligi 200 marta yuqori
bo‗lishi tasdiqlandi, chunki u bemalol hujayralarning ichiga kirish xususiyatiga ega
bo‗ldi.
Liposomal shaklida qo‗llash preparatlarning samaradorligi oshirish imkoniyati
bo‗ladi. Masalan, ampitsillinning liposomal shaklini 90 marta davolovchi ta‘siri
oshganligi aniqlangan. Levomitsetinning liposomal turining samaradorligi yuqori
bo‗lishi kuzatildi.
142
Hozirgi vaqtda qand diabetini samaradorli davolash uchun, insulindan ham
liposomal turlarini yaratish buyicha katta izlanishlar olib borilmoqda. Insulinni
liposomal shaklida qo‗llash uni peroral yo‗li bilan tanaga kiritish yoki ta‘siri
yo‗naltirish imkoniyatini beradi.
Masalan, letsitin va xolesterin (7:1) nisbatda tashkil topgan liposomalarning tarkibiga
kiritilgan insulinning samaradorligi aniqlandi.
Liposomalarni yana bir afzalligi ular dori moddalarni transdermal so‗rilishini
tezlatadi. SHuning uchun ularni sirtga qo‗llaniladigan dori turlarini biosamaradorligini
oshirishda qo‗llash maqsadga muvofiq (krem, surtma). Masalan, har-xil allergik
kasalliklarni
davolashda
korti-kosteroidlar,
antibiotiklar
va
sulfanilamidlarni
liposomalar shaklida qo‗llashga patent olingan (Germaniya).
Natijalar shuni ko‗rsatadiki- teriga surtma yoki krem holida surtilganda liposomal
preparatlarni bir necha barobar samaradorligi oshar ekan.
Hozirgi paytda liposomalarga kiritilgan dori preparatlarining nomen-klaturasi
yildan yil kengayib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida yangi liposomal preparatlar
tibbiyotga taklif etilmoqda. Ulardan ayrimlari :
"Reem" firmasi (Germaniya) tomonidan vena qon tomirlarini kengayishga qarshi
liposomal dorini yaratilgan;
Italiyaning "Fidiya" firmasi tomonidan gipofiz faoliyatini kuchaytirish uchun
mo‗ljallangan "Liposom forte" liposomal preparat taklif etilgan;
- "Vitorgan" firmasi (Germaniya) "Nayparadent" (paradontozni davolash uchun)
gomeopatik liposomal dori turlarini ishlab chiqaradi;
Rossiyada Lipotrast, ya‘ni veragrafinning, (rengenokontrast modda) liposomal shakli
yaratilgan;
Ukrainada ― Biolek‖ korxonasi tomonidan (Xarkov) ―Lipodoks‖ nomli
doksorubitsinning liposomalari olingan.
Jigar kasalliklarini davolashga mo‗ljallangan qator liposomal preparatlar ham taklif
etilgan ( Lioliv, Lipin);
Respublikamizda ham shu yo‗nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ularning
natijasida hozirgi vaqtda:
biokimyo institutida grippning vaksinasining liposomali turi yaratildi;
bizning institutimiz va biokimyo institutlari hamkorligida piratsinni teri orqali
liposomal yordamida kiritish va insulinning liposomal shaklini yaratish sharoiti
o‗rganilgan;
Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlash markazida olib borilgan ilmiy
izlanishlar natijasida misning koordinatsion birikmalarining va SFM asosida liposomal
dori preparatlari yaratilgan.
Liposomalarning ishlatilishining yana bir sohasi - kosmetologiya.
1987 yilda yirik kosmetik firmalari "Kristian Dior" va ―L ,Oreal‖ birinchi bo‗lib
liposomalar yordamida kosmetik vositalarni taklif etishgan. "Kristian Dior" firmasi
birinchi bo‗lib "Kaptyur" nomli, ―L Oreal‖ firmasi esa ―Niosomы‖ nomli liposomalar
saqlagan gel ( krem) yaratishgan. "Kaptyur" kremini yaratishda liposomalar tarkibida
timusning ekstrakti, har xil biofaol moddalar (peptidlar-kollagen, elastin) kiritilgan
bo‗lib, taklif etilgan liposomal krem ajinlarni yuqotish uchun mo‗ljallangan. YAratilgan
liposomal kremlar, epidermisni tashkil qiluvchi hujayra membranalari bilan birikib,
unga biofaol moddalarni beradi va natijada ajinlarni kamayishi kuzatiladi.
Deyarli 20 yil davomida liposomalar asosida tayyorlangan kosmetik vositalarni soni
bir necha yuzdan oshdi va yildan yil ularning soni kengaymoqda. Hozirgi vaqtda krem
143
va gelladan tashqari liposomalar boshqa kosmetik vositalarda keng qo‗llaniladi: lab
pomadalari, duxi, soch uchun konditsionerlar va sh.o‗.. Ularning afzalligi –ta‘siri
davomli va samaradorli.
Do'stlaringiz bilan baham: |