Rasm 18. Liposomalarni hujayralar bilan birikish mexanizmi
1-2 –proteinlar; 3-4 –xolesterin; 5-6 –fosfolipidlar; 7-8 –liposomalarga kiritilgan faol
moddalar
Yuqorida keltirilgan liposomalar xususiyatlari aniqlangandan so‗ng ingliz olimi
Gregoriy Gregoriadis 1971 yilda (Xerrou shaxridagi klinik tekshirishlar markazining
xodimi) dorivor moddalarni tashuvchi sifatida liposomalarni qo‗llash imkoniyatini
o‗rgandi.
Liposomalarni tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari, ularning tarkibiga ham gidrofil,
ham gidrofob dori moddalarni kiritishga imkon beradi.
Dorilarni tashuvchi vosita sifatida liposomalarni ishlatishga asosan kuyidagi omillar
qo‗l keladi:
1.Tarkibi bo‗yicha tabiiy hujayra membranasiga juda ham yaqinligi, shuning uchun
liposomalarning toksik, immunogen, allergik xususiyatlari namoyon bo‗lmaydi va ular
organizmga qo‗shimcha ta‘sir ko`rsatmaydi;
2. Universalligi: ular qator farmakologik faol moddalar bilan birlashish qobiliyatiga
ega. SHuning uchun ularning tarkibiga har xil dorivor moddalarni kiritish mumkin
(gormon, vaksina, ferment, sitostatik va antimikrob preparatlarni);
3.O‗zini vazifasini tugatgandan so‗ng, ular organizmda parchalanib ketadi;
4. Liposomalarni, dori tashuvchi vosita sifatida samarali tomoni, ularni to‗qima va
xujayralar bilan munosabati, liposomalarning qanday lipidlardan tashkil topganiga ko‗p
tamolama bog‗liqdir.
Masalan, liposomalarni hosil qiluvchi fosfolipid aniq bir turdagi to‗qimalardan
olingan bo‗lsa, liposomalarni aynan shu to‗qimalar yoniga yig‗ilishi kuzatiladi.
Dorivor terapiyani samarodorligi dorining kerakli a‘zolarga etib, o‗zining ta‘sirini
ko‗rsatishiga bog‗liq.
Shu sababli liposomalarni qulay tomoni shundan iboratki, ular qobig‗ini hosil qilgan
lipidlarning tabiatiga ko‗ra faqat ayrim to‗qimalar bilan birikish xususiyatiga ega
bo‗ladi. Bu esa qator og‗ir kasalliklarni ( rak, miokard infarkti, leyshmanioz diabet, sil
va boshq.) davolashning samaradorligini oshiradi.
Quyidagi misollarda liposomalarni dori moddalarni yo‗naltirilgan ravishda tanada
tarqalishini ta‘minlovchi vositalari sifatida ta‘riflash mumkin:
1.Strofantidin atsetatning liposomal turini yaratishda letsitin va kardiolipin
fosfolipidlari ishlatilgan. Kardiolipin-bu yurak mushaklari mitoxondriyalarning
membranasining komponenti. Strofantidin atsetatni liposomalarga kiritish maqsadi
138
preparatni yo‗naltirilgan ravishda yurak muskullariga etkazish. CHunki kardiolipin
saqlovchi liposomalarning tanlab yurak mushaklariga yig‗ilish qobiliyati yuqori
bo‗ladi.
2. Piratsinning liposomal shaklini yaratishda fosfoglikolipidlar qo‗llangan.
Fosfoglikolipidlar oshqozon osti bezi fosfolipidlariga yaqin bo‗lganligi sababli, ulardan
yaratilgan liposomalarni tanlab shu a‘zolarga yig‗ilishi xususiyati yuqori bo‗ladi va
preparatni yuqori konsentratsiyasini ta‘minlashga imkoniyat beradi.
Undan tashqari liposomalar piratsinni teri orqali so‗rilishini ham tezlatadi, chunki
oddiy preparat sifatida piratsinni teri orqali so‗rilishi juda kam bo‗ladi.
Demak, liposomalarning farmakokinetik parametrlari, ya‘ni a‘zolarda va
to‗qimalarda tarqalishi va yo‗naltirilgan ravishda shikastlangan a‘zolarga
etib borishi, ularning katta kichikligiga va ularni hosil qiluvchi fosfolipidlarni fizik
kimyoviy xususiyatlariga bog‗liq.
Dorivor moddalarni liposomalardan ajralib chiqishi, fosfolipid qobig‗idan
diffuziya orqali, yuzasidan desorbsiya yoki liposomalarni degradatsiya (parchalanish)
hisobiga amalga oshiriladi.
Liposomal dorilarni olinish usullari
Liposomalarni hosil qilish uchun har xil usimlik yoki hayvon hujayralaridan
olinadigan fosfolipidlar qo‗llaniladi. Ko‗pincha ulardan tuxum sarig‗i yoki soyadan
olinadigan letsitin keng ishlatiladi.
Undan tashqari xolesterin va boshqa spetsifik fosfolipidlar, masalan kardiolipin -
yurak mushaklaridan olinadigan spetsifik lipid, sulfatid va serebrozidlar ( uglevod
tarkibli sitoplazmatik membranalarning komponenti), sintetik moddalar: N-
palmitilserin, N-palmitilglitsin, fosfotidilxolin, fosfoditilserin, fosfatidiletanolamin,
fosfati-dilinozit.
Masalan, adriamitsin liposomalarini yaratish uchun fosfotidilxolin, xolesterin va
sulfatid aralashmasi 5:4:1 nisbatda olingan.
Xozirgi paytda fosfolipidlarni manbalari kengaymoqda. Masalan kungaboqarning
fitoglikolipidlarini, qora mollarning bosh miyasining lipidlarini qo‗llash maqsadga
muvofikligi aniqlandi.
Liosomalar texnologiyasi. Hozirgi vaqtda liposomalarni 20 ga yaqin yaratish
usullari taklif qilingan. Ulardan eng tarqalgan usul- muzlatish usuli (Bangem usuli).
Bu usul bo‗yicha, dorivor moddalar liposomalar bilan birga muzlatiladi va
krioprotektorlar yordamida quritiladi, (saxaroza, glyukoza).
Masalan, tuxum letsitini va xolesterindan (7:1) nisbatda tashkil topgan va insulin
saqlaydigan liposomalarni olinishi Bangem usulida olib borilgan. Buning uchun
xolesterin va tuxum letsitini to‗rtxloruglerodda eritiladi,
rotor bug‗latgich yordamida eritma bug‗lantiriladi va insulin saqlovchi bufer eritma
qo‗shib, aralashtiriladi. Hosil bo‗lgan sistema suyuq azot bilan muzlatiladi (-193 S).
Muzlatilgan aralashma, sublimatsion quritgich kamerasida, krioprotek-torlar
yordamida, erituvchidan bug‗lantiriladi va sentrifugalanadi
( liposomalarni ajratish uchun).
Hosil bo‗lgan liposomalarni 4
0
S haroratda 15 sutka mobaynida turg‗unligi
ta‘minlandi.
Liposomalarni turli omillar ta‘sirida ( masalan ultratovush) dispergirlash yo‗li bilan
ham olish mumkin. Masalan, strofantidin atsetat liposomal turini yaratishda letsitin va
kardiolipin
fosfolipidlari
qo‗llanilgan.
Olinish
texnologiyasi:
birinchidan
fosfolipidlarning standart eritmalari tayerlanadi. Buning uchun letsitinning 10% li va
139
kardiolipinni 0,5 % li spirtli eritmalari tayyorlanadi. So‗ng eritmalar, rotor quritgich
yordamida, quyuqlashtiriladi va strofantidin atsetat eritmasi qo‗shilib, aralashtiriladi.
Oxirida sistemaga ultratovush bilan 10 daqiqa davomida ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |