Tayanch tushunchalar: lipidli vizikulalar, dori moddalarni tanada yo`naltirish,
krioprotektorlar, fosfolipidlar
Yangi avlod dori turlariga qo‗yilgan talablaridan biri bu dorivor moddalarni kerakli
a‘zolarga, to‗qimalarga yoki xujayralarga etishini
ta‘minlash.
Dorivor moddalarni organizmda kerakli a‘zo yoki to‗qimalarga yetkazish
farmakoterapiyaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki qator kasalliklar
faqat tananing ayrim qismlarida paydo bo‗lishi mumkin (dastlabki bosqichda) masalan
(rak, miokard infarkti, sil, leyshmanioz, virusli kasalliklar va h.k.). Lekin terapevtik
135
moddalarni butun tanada tarqalishi preparatni kerakli joyda davolovchi
konsentratsiyasini yetarli darajada bo‗lmasligi va zararlanmagan a‘zo yoki
to‗qimalarga salbiy ta‘sirini namoyon bo‗lishiga olib keladi. Shuning uchun dorivor
moddalarni organizmda kerakli a‘zo yoki to‗qimalarga yetkazib beruvchi vositalarni
barpo etish va qo‗llash dorilarni terapevtik samaradorligini oshiruvchi asosiy omil.
Dori moddalarni tanada tashuvchi vositalarni 3-ta guruh –avlodga tasniflanishi
eslaymiz:
1-avlod dori tashuvchilari dorilarni kerakli a‘zolargacha yetkazish qobiliyatiga ega (
mikrokapsulalar, mikrosferalar);
2-avlod dori tashuvchilari-dorilarni kerakli to‗qimalargacha yetkazadi
( liposomalar, nanokapsulalar, nanosferalar);
3-avlod dori tashuvchilari ( antitelalar va glikoproteidlar) moddalarni hujayralarga
yetkazadi.
1971 yildan boshlab dorivor moddalarni organizmda tashuvchi vositasi sifatida
liposomalarni ishlatish taklif qilindi.
Liposomalar bu nima ekan, qanday xususiyatlarga ega ekanligini ko‗rib chiqamiz.
Liposomalar sun‘iy ravishda olinadigan tutashtirilgan sharsimon zarrachalar. Ular
biomolekulyar lipid qavatlardan iborat bo‗lib, o`z bo`shliqlarida shakllantiruvchi muhit
saqlaydi.
Liposomalarni qobig‗ini hosil qiluvchi lipidlar suvda erimaydigan, xossalari bo‗yicha
yog‗larga yaqin moddalardir. Suv bilan chayqatilganda polyarli lipidlar o‗z-o‗zidan
osonlikcha mitselalar hosil qiladi. Lipidlar bu tabiiy moddalar bo‗lib ular
hujayralarning membranasining 20-80% ni tashkil qiladi (qolgani oqsil va qandlarga
to‗g‗ri keladi).
Liposomalarni barpo etilishiga, ingliz olimi, Kembrijdagi hayvonlarni
fiziologiyasini o‗rganish institutining tadqiqotchisi Alek Bangemning ilmiy
izlanishlari sabab bo‗ldi.
60-yillarda A.Bangem har hil hayvon to‗qimalaridan ajratib olingan toza lipidlarni
(fosfolipidlarni) suvda chayqatganda lipidlar "moy pufakchalarni" hosil qilganligini
kuzatib keyinchalik ularga "liposoma" (ya‘ni yog‗-"lipo" "soma"-tanacha) degan ta‘rif
bergan.
O`zining ilmiy izlanishlarida A.Bangem liposomalarni elektron mikroskop
yordamida kuzatib, ularni tuzilishi hujayralarga yaqinligiga e‘tibor berdi va keyinchalik
hujayralarning membranasining modeli sifatida ularni biologik tajribalarda o‗rgandi.
Lipidlar suvli aralashmalari bemalol liposomalarni hosil qilish xususiyati nimaga
bog‗liq ekan va nima uchun aynan liposomalar hujayralarini membranasining modeli
sifatida qo‗llangan.
Bunga sabab lipidlarning tuzilishi va xususiyati. Birinchidan, lipidlar bu tabiiy
moddalar bo‗lib, tabiati bo‗yicha suvda erimaydigan va yog‗larga yaqin moddalar.
Lipidlar-polyar moddalar, ya‘ni ularning molekulalari gidrofob va gidrofil qismlardan
iborat. Gidrofob qismi-uglevodorod radikallar, gidrofil qismi-har xil gidrofil
guruhlardan (SO
4
,NH
2
, OH , COOH) iborat bo‗ladi. Shuning uchun ular amfoter
xususiyatga ega va suv bilan chayqatilganda lipidlar o‗z-o‗zidan osonlikcha mitselalarni
hosil qilishi mumkin (mikroskopik tomchilar). Bunda lipidlar molekulasining
gidrofob qismi har doim suvga teskari joylashgan, ya‘ni ichkariga, gidrofil qismlari
esa suvli muhitga qaratilgan bo‗ladi. Agar, 2-qavatli lipidlardan tashkil topgan qobiq
hosil bo‗lsa, unday liposomalar unilamelalar deb ataladi, ya‘ni bir qavatli. Bunday
liposomalar diametri 100 nm atrofida bo‗ladi.
136
Agar bir necha shunday qobiqlar hosil bo‗lsa, unda multilamelar, ya‘ni ko‗p
qavatli, diametri 2-10 mkm gacha bo‗lgan, liposomalar hosil bo‗ladi.
Demak liposomalarni hosil bo‗lishi lipidlarni difil xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi.
Liposomalarni tuzilishi 17- rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |