Nitritometrik usul. Nitritometrik usul sulfanilamid preparatlarini aniqlashda asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bu usul sulfanilamidlarni kislotali muhitda natriy nitrit bilan diazotirlashga asoslangan:
Nitritometrik usul bo‘yicha aniqlashda ma’lum miqdordagi preparatning suyultirilgan xlorid yoki sulfat kislotadagi eritmasi kaliy bromid ishtirokida natriy nitritning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi. Reaksiyaning ekvivalent nuqtasini belgilashda sirtqi indikator sifatida yod-kraxmal qog‘ozi yoki ichki indikatorlardan tropeolin 00, neytral qizil, shuningdek, tropeolin 00 bilan metil ko‘ki aralashmasidan foydalaniladi. Sirtqi indikator ishlatilganda, suyuqlikka botirib olingan shisha tayoqchasi yod-kraxmal qog‘oziga tekkiziladi. Undagi kaliy yodiddan erkin yod ajralib chiqadi va qog‘ozdagi kraxmalni ko‘k rangga bo‘yaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |