Og‘ir metall tuzlari yordamida aniqlash
Sulfanilamid preparatlarining chinligini og‘ir metall tuzlari, jumladan, mis sulfat, kobalt xlorid, temir (III) xlorid yordamida aniqlash farmatsevtik tahlilda muhim o‘rinni egallaydi. Ulaming ko‘pchiligini mis sulfat eritmasi ta’sirida turli rangga bo'yalgan birikmalar hosil qilishi bo‘yicha aniqlashni Farmakopeya maqolalari tavsiya qiladi. Preparatlaming natriyli tuzlarini aniqlashda ulami bevosita suvda eritib, so‘ngra unga tegishli og‘ir metall tuzining eritmasi qo’shiladi. Sulfanilamidlarning suvda erimaydigan kislota shaklidagilarini esa avval natriy gidroksid eritmasi ta’sirida eruvchan tuziga o'tkazib, so‘ngra reaktiv qo‘shiladi. Tarkibida geterosiklik halqa saqlovchi sulfanilamid preparatlar, jumladan, norsulfazol, etazol, sulfazin, sul- fadimezin, sulfapiridazin va boshqalar mis va kobalt tuzlari bilan tur¬li rangga bo‘yalgan ichki kompleks birikma hosil qiladi. Uni mis (II) sulfat bilan norsulfazol o’rtasidagi reaksiya misolida quyidagicha ifodalash mumkin:
O‘z tarkibida alifatik xususiyatli radikal saqlagan sulfanilamid preparatlarining ko‘pchiligi og‘ir metall tuzlari bilan turli rangdagi oddiy tuzlar hosil qiladi. Reaksiyani sulfasil-natriy misolida quyidagicha ifodalash mumkin:
Sulfanilamid preparatlarining og‘ir metall tuzlari bilan bergan rangli birikmalari, ularning ba’zilarini bir-birlaridan farqlashga imkon beradi. Ayniqsa, bu ularning mis (II) sulfat bilan bo‘lgan reaksiyalarida yaqqol ko‘rinadi.
№
|
Preparatning nomi
|
Reaktivlar va reaksiyaning natijasi
|
Cu(SO4)2 eritmasi
|
CoCl2 eritmasi
|
H2O2 va FeCl3 eritmasi
|
1.
|
Streptotsid
|
Och yashil va biroz havo rangli cho’kma
|
Ko’kimtir-havo rangli cho’kma
|
Qo’ng’ir chokmaga
|
2.
|
Eruvchan streptotsid
|
-
|
-
|
-
|
3.
|
Urosulfat
|
Och yashil rangli cho’kma
|
-
|
Tezda qo’ng’ir cho’kmaga o’tib ketuvchi qizil-jigar rangli birikma
|
4.
|
Sulgin
|
-
|
-
|
Sekin-asta qo’ng’ir cho’kmaga o’tib ketuvchi qizil-jigar rangli birikma
|
5.
|
Sulfasil-natriy
|
Yashil-havo rangli cho’kma
|
-
|
Qo’ng’ir rangga o’tib ketuvchi qizil rangli birikma
|
6.
|
Norsulfazol
|
Xira binafsha rangli cho’kma
|
Och binafsha rangli birikma
|
Qo’ng’ir rangli birikma
|
7.
|
Etazol
|
Qora rangga o’tib ketuvchi yashil rangli cho’kma
|
Oq cho’kma
|
Qo’ng’ir rangli birikma
|
8.
|
Sulfazin
|
Biroz turish natijasida xira binafsha rangga o’tib ketuvchi yashil cho’kma
|
Och binafsha rangli cho’kma
|
Och jigar rangli birikma
|
9.
|
Sulfadimezin
|
Tezda qovoq rangga o’tib ketuvchi sarg’ish-yashil cho’kma
|
Qizg’ish-och binafsha rangli cho’kma
|
Qo’ng’ir rangli cho’kma
|
10.
|
Sulfapiridazin
|
Och yashil rangli cho’kma
|
Pushti rangli cho’kma
|
Cho’kma va eritma yashil-qo’ng’ir rangga bo’yaladi
|
11.
|
Sulfamonomet- oksin
|
Yashil rangli cho’kma
|
Pushti rangli cho’kma
|
Sarg’imtir- pushti rangli birikma
|
12.
|
Sulfadimetoksin
|
Yashil cho’kma
|
Och binafsha rangli cho’kma
|
Och jigar rangli birikma
|
13.
|
Sulfalen
|
Yashil-havo rangga o’tib ketuvchi xira yashilroq cho’kma
|
Oq cho’kma
|
Qo’ng’ir rangli birikma
|
14.
|
Salazodimetoksin
|
Yashil-sarg’imtir cho’kma
|
-
|
-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |