O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya Fakulteti Farmatsevtik Kimyo kafedrasi Farmatsevtik Kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Benzosulfon kislotasi amidlari tahlili Toshkent-2021 Reja


Sulfanilamidlarning tarkibidagi oltingugurtni aniqlash



Download 1,41 Mb.
bet7/16
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#246312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
benzosulfon

Sulfanilamidlarning tarkibidagi oltingugurtni aniqlash

Sulfanilamid preparatlardagi organik birikkan oltingugurtni turli oksidlovchilar yordamida oksidlab, sulfat ioniga o‘tkazib, so‘ngra uni bariy sulfat holida cho‘ktirib aniqlanadi. Ko‘pincha preparatlarni konsentrlangan nitrat kislota bilan qaynatish yordamida oksidlash yoki natriy va kaliy karbonat hamda kaliy nitratlardan iborat aralashma bilan yuqori haroratda qizdirish orqali oksidlab, so'ngra sulfat ioniga o‘tgan oltingugurtni bariy sulfat holida cho'ktirib aniqlanadi. Bu reaksiyadan sulfanilamid preparatlarining miqdorini tortma usulida aniqlashda ham foydalaniladi. Sulfanilamid preparatlardagi oltingugurtni yana Davlat farmakopeyasida keltirilgan kislorod atmosferasida kuydirish usuli bo‘yicha ham sulfat ioniga o‘tkazib, ulaming chinligini hamda miqdorini hajmiy usul bo‘yicha bariy nitrat eritmasi bilan titrlab aniqlash mumkin.

Yuqorida keltirilgan umumiy reaksiyalardan tashqari, sulfanilamid preparatlarining chinligi xususiy reaksiyalar yordamida ham aniqlanadi. Masalan, eruvchan streptotsidni, uning tarkibidagi metilensulfanat-natriy (-CH2 SO3 Na) qoldig'idagi formaldegid asosida aurin turidagi qizil rangli modda hosil qilish reaksiyasi orqali aniqlanadi. Bunda eruvchan streptotsidga konsentrlangan sulfat kislota va kukun holida salitsil kislota qo‘shilganda, preparatning gidrolizi natijasida ajralib chiqqan formaldegid salitsil kislota bilan reaksiyaga kirishib, aurin turidagi kondensirlangan modda hosil qiladi:

Urosulfanni boshqa sulfanilamid preparatlardan farqlantiruvchi xususiy reaksiya sifatida, Farmakopeya maqolasida uni 5 %li natriy nitrit eritmasi bilan qaynagunicha qizdirilganda, yoqut kabi qipqizil rangli birikma hosil qilishi keltirilgan. Urosulfan va sulgin boshqa sulfanilamid preparatlaridan, natriy yoki kaliy gidroksid eritmasi bilan qizdirilganda, ammiak ajratib chiqarishi bilan farqlanadi:



Sulgin boshqa sulfanilamid preparatlardan o‘zining ishqorlarda juda kam eruvchanligi bilan ham farqlanadi. Preparatda kislotalik xossa juda ham kuchsiz ifodalanishi, undagi asos xossaga ega guanidin qoldig‘i sulfamid guruhi bilan ichki tuz hosil qilishidadir.

Sulginni ishqorlarda juda ham kam eruvchanligidan, uni urosulfandan farqlashda foydalaniladi. Masalan, 0,1 g sulginga 3 ml 0,1 mol/1 natriy gidroksid eritmasi qo‘shib chayqatilgandan so‘ng, unga 1-2 tomchi fenolftalein eritmasi qo‘shilishi bilan, suyuqlik qizil rangga bo‘yaladi. Aksincha, ushbu tajribani urosulfanda o‘tkazilsa, uning natriy gidroksid qo‘shilgan eritmasiga fenolftalein qo‘shilganda suyuqlik rangsizligicha qoladi, bu urosulfanda kislotalik xossa mavjudligi va unga qo‘shilgan natriy gidroksidni o‘ziga biriktirib, tuz hosil qilishi natijasida eritmada neytral muhit sodir bo'lishi bilan tushuntiriladi:

Ftalazol va ftazinning chinligini molekula tuzilishidagi ftalat kislota qoldig‘i asosida fluoressein hosil qilish reaksiyasi bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun chinni idishga solingan kukun holdagi preparatni konsentrlangan sulfat kislota va rezorsin bilan aralashtirib 160 °C gacha qizdiriladi va natijada hosil bo‘lgan massani (fluoresseinni) sovutilgandan so‘ng natriy gidroksid eritmasi solingan idishga qo‘shilganda, u eritmada yorqin yashil rangda tovlanadi. Reaksiya ftalazol misolida quyidagi kimyoviy tenglamalar bo‘yicha ifodalanadi:





Sulfadimezinni aniqlashda xarakterli reaksiya sifatida, uning oksidlangan natriy nitroprussid - (Na2 [Fe(CN)5 NO] • H2O + KMnO4 +NaOH) bilan binafsha rangli birikma hosil qilishidan foydalaniladi. Bu reaksiya bo‘yicha sulfadimezin boshqa sulfanilamid preparatlardan farqlanadi.

Salazodimetoksin va salazopiridazin chinligini aniqlash uchun ularga xlorid kislota ishtirokida rux qirindisi qo‘shilsa, preparatlardagi azoguruhining buzilishi natijasida ular rangsizlanadi:



Sulfanilamid preparatlarining chinligini aniqlashda spektrofotometrik usuldan ham keng foydalaniladi. Masalan, sulfalen 0,1 mol/1 natriy gidroksiddagi 0,001 %li eritmasi 250 va 318 nm to‘lqin uzunligida maksimum nur yutishga ega, salazopiridazinning maksimum nur yutishi 457 nm to‘lqin uzunligida bo‘ladi.

Sulfanilamidlaming eruvchan natriyli tuzlaridagi natriyni odatdagicha, alanganing rangsiz qismini sariq rangga bo’уashi orqali aniqlanadi.

Sulfanilamid preparatlari tozaligini aniqlashga Davlat farmakopeyasida juda katta e’tibor berilgan. Ulaming tarkibida ham ko‘pchilik dori moddalarga o‘xshash xlorid, sulfat, og‘ir metall, organik birikmalar va ulaming kislotalilik darajasi tekshiriladi. Ayrim sulfanilamid preparatlarining tarkibiga turli sabablarga ko‘ra, ular sintezida ishlatiladigan boshlang‘ich moddalar qc‘shilib qolgan bo‘lishi mumkin. Masalan, eruvchan streptotsidning tarkibiga yot modda sifatida natriy sulfit, ftalazol bilan ftazinlaming tarkibiga ftalat kislota, ftalazolnikiga yana norsulfazol, ftazinnikiga esa sulfapiridazin qo‘shilib qolgan bo’lishi mumkin. Shuningdek, salazopiridazin va salazodimetoksinlarning tarkibiga salitsil kislota va ulardan birinchisida sulfapiridazin, ikkinchisida esa sulfadimetoksin kabi yot moddalar bo‘lishi mumkin. Eruvchan streptotsid tarkibidagi natriy sulfit ma’lum miqdordagi preparatni yodning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlab bilinadi:



Ftalazoidagi ftalat kislotani aniqlash uchun preparatning ma’lum miqdori issiq suv (70 °C) bilan ishlanadi, bunda preparat tarkibiga qo‘shilib qolgan ftalat kislota eritmaga o‘tadi, ftalazol esa erimagan holda qoladi. So‘ngra uni sovutib filtrlanadi va filtratni fenolflalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,05 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi, sarf qilingan ishqorning hajmiga qarab, ftalat kislotaning qancha qo‘shilib qolgani aniqlanadi.

Ftalazolda yot modda sifatida norsulfazolning bor-yo‘qligini bilish uchun preparatning ma’lum miqdorini suyultirilgan xlorid kislota bilan ishlanib (norsulfazol kislotada eriydi) filtrlanadi. So‘ngra filtratni kaliy bromid ishtirokida natriy nitritning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi va titrlashga sarf qilingan natriy nitritning hajmiga qarab, norsulfazolning miqdori aniqlanadi.

Ftazin tarkibiga qo‘shilib qolgan ftalat kislota va sulfapiridazinni aniqlash ham ftalazolnikiga o‘xshash.

Salazopiridazin va salazodimetoksinlar tarkibiga yot modda sifatida qo‘shilib qolishi mumkin bo‘lgan salitsil kislota, sulfapiridazin va sulfadimetoksinlami yupqa qatlamli xromatografiya usuli bo'yicha aniqlanadi.


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish