Yangi dori moddalarning yaratilishi va tibbiyotga
tatbiq etilishi turli soxa,
jumladan, farmatsevtik kimyo, farmakologiya, biologiya
hamda tibbiy fanlar
olimlarining hamkorligida olib borgan ilmiy izlanishlarining samarali natijasidir.
Dori preparatini yaratish ancha murakkabdir, bu faqat uning olinishi jarayoniga
bog‘liq bo‘lmay, balki farmakologik samaraligiga ko‘p turli omillarning ta’sir
ko‘rsatishidadir. Hozirgacha tabiiy manbalardan va sintez yo‘li bilan olingan kimyoviy
birikmalar ko‘p bo‘lishiga qaramay, tibbiyot amaliyotida ularning juda ham kam qismi
ishlatilmoqda.Dori moddalarining yaratilishi bu murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayon
to dori moddaning olinish g‘oyasidan boshlab to uning dorixonaga etib borgunga qadar
bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Dori moddalarining noxush qo‘shimcha ta’siriga ega ekanliklari, ya’ni allergiya,
bemorlarning u yoki bu dori moddasini ko‘tara olmasliklari, dori moddalarga
mikroorganizmlarning barqarorligini tabora ortib borishi bo‘larning hammasi yangi
dori moddalarni yaratilishini yoki borlarini takomillashtirishni taqazo etadi. Masalan:
kuchli og‘riq qoldiruvchi dori vositasi bo‘lgan morfin va promedol dori moddalarini
olaylik. Bu dorilarning noxush taraflaridan biri bu ularga kasallarning o‘rganib qolishi
va ularning ta’sir
muddatining qisqaligidadir, shuningdek ular zaharlidir.
YUrak xirurgiyasi, neyroxirurgiya reanimatalogiyasining tobora rivojlanib
borishi narkoz uchun, gangliobloqatorlar, analgetiklar va boshqa xususiyatga ega
bo‘lgan yangi dorilarni yaratishni talab etayapti. Bemorlarga tashxis qo‘yishda
ishlatiladigan rentgenologik usullarning rivojlnishi yangi-yangi rentgenokontrast
vositalarining ishlab chiqilishiga olib keldi.
19 asrning oxirigacha insoniyat olamida dori moddalar emperik usulda, ya’ni
tasodifiy kuzatishlar oqibatida yaratilib kelindi. SHifobaxsh xususiyatlari tasodifiy
topilgan edi. Xuddi shunday tasodifan yodning buqoq kasalligini davolashdagi,
bromidlarning epilepsiyani davolashdagi, atsetanilidning haroratini tushirish
xususiyati, fenolftaleinning yumshatuvchilik xususiyatlari ochilgan edi.
Tasodifiy kuzatishlar natijasida hozirgi zamon dori moddalaridan antibiotiklar,
psixotrop dori vositalari topilgan. Ba’zida dori moddalarning qimmatbaho
xususiyatlari ularni klinik sinovlarini o‘tkazilayotganda aniqlanib qoladi. Masalan,
amidopirin klinik sinovlardan o‘tayotganda unga solyubilizator sifatida taklif
qilingan
butadionning samarali harorat pasaytirish xususiyati borligi aniqlangan. Ammo bu
natijalar ilmiy tomonidan tasdiqlanmagan edi. Kimyo va biologiya fanlarining
rivojlanishi dori moddalarni yo‘naltirilgan usulda qidirish kerakligini ko‘rsatdi. Buning
uchun kimyoviy laboratoriyalarda olinayotgan sun’iy dori moddalarning
farmakologiyasi o‘rganilishi kerak. Hozirgi vaqtda yangi dori moddlarini yaratish
borasidagi izlanishlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi:
1.Emperik (tajriba) usul
2.Aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan usul (sintez: to‘la va qisman);
3.Gen muxandisligi usuli;
4.Xujayra biotexnologiyasi (klips)usuli ( maxsus biologik muxitda o‘simlikning
ma’lum a’zolarini o‘stirish natijasida shu organda saqlangan moddalar tez va
etarli miqdorda ajratib olinadi ).
5.Kompyuter kimyosi
Emperik usul xatoliklar va yanglishishlar asosidagi izlanishlar bo‘lib, uning
mohiyati shundan iboratki, kimyogar olim tomonidan turli maqsadda emperik
qonuniyatlar asosida sintez qilib olingan birikmalarning ichidan ularning kimyoviy
tuzilishlari ustida to‘g‘ri fikr yuritgan xolda, farmakolog olim dastlabki tajriba yo‘li
bilan qaysi fiziologik faol guruxlarga kirishini taxminan bo‘lsada belgilab beradi.
Keyinchalik ulardan farmakologik faol modda bo‘lishi mumkin deb topilganlari tanlab
olinadi va ta’siri jihatidan unga o‘xshash amalda mavjud preparatlari asosida har
tamonlama biologik faollik darajasi va organizmga xavfsizligi tekshiruvlaridan
o‘tkazib aniqlanadi. Bunday ko‘p sonli va turli gurux kimyoviy moddalar orasidan
farmakologik faol preparatlarni tanlab olish ingliz amaliy adabiyotida «skrining» deb
yuritiladi( ya’ni tanlab olish, elakdan o‘tkazish demakdir) ya’ni juda ko‘p sintez yo‘li
bilan yoki tabiiy manbalardan olinayotgan turli xil dori moddalar kimyoviy va
farmakologik testlar yordamida ajratib olinadi. Skrining usulida ko‘plab kimyoviy
moddalar ichidan dori sifatida yaroqliligini tanlab olish iqtisodiy jihatdan qimmat
bo‘lib, ularni dori sifatida ishlatish mumkinligini isbotlash esa juda ko‘p vaqt talab
qilinadi. Hozirgi vaktda skrining usuli bo‘yicha ko‘p sonli kimyoviy birikmalar
orasidan tibbiyotda ishlatilishga yaroqliligini tanlab olish yo‘llarini zamonaviy fan va
texnika asosida takomillashtirish borasida bir muncha yutuqlarga erishilgan bo‘lsada,
shu sohada izlanishlar hali davom etmoqda. Dori vositalarini yaratishda yana bir usul
bu aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan sintez yo‘lidir . Usulning mohiyati shundan
iboratki, olishga mo‘lljallangan dori moddasining sintezi uning farmakologirk ta’siri
har tomonlama oldindan nazariy asoslangan aniq bir yo‘nalishda olib boriladi. Bu
yo‘nalish bo‘yicha mo‘ljallangan yangi dori moddasini yaratish uchun ko‘pgina