O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


  Dori vositalarining sifatini ta’minlash konsepsiyasi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

1.2.  Dori vositalarining sifatini ta’minlash konsepsiyasi 
 
Bugungi  kunda  mahsulotlarning  sifatini  ta’minlash  muammosi  inson  hayoti 
havfsizligini  iqtisodiy,  sotsial  va  ekologik  jihatdan  oshirishning  muhim  omillaridan 
xisoblanadi.  Mavjud  adabiyotlarda  va  amaliyotda  sifat  tushunchasiga  turlicha  ta’rif 
berilgan. 
Masalan,  standartlash  bo‘yicha  halqaro  tashkilot  ISO  9000:2000  standartida  “sifat” 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: sifat - o‘ziga xos xususiyatlarni talablarga mos 
kelish darajasi. 
Dori vositalarining sifat mezonlari (WHO bo‘yicha): 
-faolligi va havfsizligi; 
-me’yorlar, sinovlar va usullar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari talablarga javob berishidir. 
Dori vositasining sifati (FDA  AQSH): 

 
qo‘llanishga  yaroqliligi  (havfsizlik,  samaralilik,  foydalanish  uchun 
qulayligi); 

 
mahsulot va jarayonlar haqidagi ilmiy echimlarning etarliligi; 

 
iste’molchilar talablariga mosligi. 
Dori vositalarining sifati – dori vositalari Davlat sifat standartiga dori vositalarining 
mos kelishi (RF ning “Dori vositalari to‘g‘risida”gi qonuni).  
Xozirgi kunda dori vositalari muomalasidagi sifat tushunchasini mustahkamlaydigan 
asosiy xuquqiy hujjat bu O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunidir (2009 y). Unga ko‘ra dori vositalarining sifati – dori 
vostiasiga belgilangan maqsadga muvofiq ist’emolchilar talablarini qondirish qobiliyatini 
beruvchi  xususiyatlar  yig‘indisi  va  uning  me’yoriy  hujjatlarda  ko‘rsatilgan  talablarga 
javob berishidir.  
Dori  mahsulotining  talab  darajada  sifatli  bo‘lishiga  erishmoq  uchun  faqatgina  uni 
ishlab  chiqarish  jarayonini  tekshirish  yordamida  emas,  balki  tadqiqotlarning  har  bir 
bosqichida,  ya’ni  xom  ashyo,  olinish  usuli,  foydalanilayotgan  reaktivlar  va  asbob 
uskunalar-jihozlar, tahlil usullari, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlanishi, tashilishi, tarqatilishi, 
klinikagacha va klinikadan so‘ngi tadqiqotlar va boshqa bosqichlarda sifat nazorati olib 
borilishi kerak bo‘ladi. Qayd etilgan bosqichlarning barchasida dori vositasi yoki yarim 
tayyor mahsulotning sifati saqlanishi lozim. Ana shundagina dori vositasining havfsiz va 
samarador bo‘lishiga erishish mumkin bo‘ladi.  
Havfsizlik  va  samaradorlik  is’temolchining  aynan  ma’lum  bir  dori  vostasidan 
qanoatlanishini  ifodalaydigan  omillardan  xisoblanadi.  Ya’ni  samaradorlik  inson 
organizmiga  dorining  ijobiy  ta’sirini  belgilasa,  havfsizlik  esa  uning  bezararligini 
ifodalaydi. Agar har bir dori vositasining tirik organizmga ma’lum darajada salbiy ta’sir 
ko‘rsatishini  e’tiborga  oladigan  bo‘lsak,  unda  u  faqat  aynan  mo‘ljallangan  bemorga 
nisbatan havfsiz deb e’tirof etiladi. 
Demak, “dori vositasining sifati” quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi:  

 
samaradorlik 

 
havfsizlik 


 

 
axborot 

 
saqlanish muddati 

 
qo‘llash qulayligi 

 
estetikligi 
Bugungi farmatsevtika bozori o‘z boshidan globallashuv va integratsiya jarayonlarini 
o‘tkazmoqda. Hech bir davlat kasalliklarni davolash uchun jamiki dorilar xajmini ishlab 
chiqara  olmaydi.  Har  bir  davlatning  boshqaruv  idoralari  o‘zida  ishlab  chiqarilayotgan 
yoki xorijdan kelayotgan dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki marketingiga ruxsat 
beradi. Har bir davlat o‘zining farmatsevtika muomalasini boshqaruvchi tashkilotga ega 
va bu tashkilot dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazgandan so‘nggina uni sotishga ruxsat 
beradi.
1
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish