Homiladorlikda davolovchi jismoniy mashqlar (DJM)
Homiladorlikda DJMning umumiy vazifalari:
umumiy moddalar almashinuvini yaxshilash;
press, orqa, tos tubi, oyoq mushaklarini mustahkamlash;
oraliq mushaklari elastikligini oshirish;
tos-son va tananing boshqa bo’g’imlari harakatchanligini saqlash;
homilador ayollarni to’g’ri nafas olishga va mushaklarni bo’shashtirishga
o’rgatish;
yurak-tomir tizimi, o’pka, ichaklar ishini yaxshilash;
kichik tos va oyoqlarda dimlanish holatlarini yo’qotish;
tug’ishga psixomotor tayyorlash va b.
DJM vositalari: barcha DJM usullarini amalda qo’llash mumkin: jismoniy
mashqlar (gimnastika, sport, o’yinlar), autogen trenirovka va massaj, chiniqtirish
elementlari (quyosh, havo, suv).
DJM formalari: UGG, LG muolajasi, aerobika, suvdagi jismoniy mashqlar,
futbol, homiladorlarning mustaqil mashg’ulotlari.
Mashg’ulotlar uchun homilador ayollarni tanlash: DJM homiladorlik normal
kechayotgan hamma ayollarga ginekolog yoki UASh ga murojaat qilgan birinchi
kunidan boshlab tavsiya etiladi. Yurak-tomir tizimi kasalliklari kompensatsiya davri
55
kasalliklari bilan og’rigan homilador ayollar ham mashg’ulotlarga jalb etiladi.
DJMga qarshi ko’rsatmalar
:
shoshilinch jarrohlik yoki akusherlik yordamini talab qiluvchi holatlar;
klinikasi yallig’lanish jarayoni bilan aniqlanuvchi holatlar: a’zo va to’qimalarda
o’tkir infektsion va yallig’lanish kasalliklari, etiologiyasi noaniq uzoq davom
etuvchi subfebril temperatura; buyrak va siydik xaltasi o’tkir kasalliklari (nefrit,
nefroz, tsistit); kichik tosda yallig’lanish o’tkazilgandan keyingi holat;
kechayotgan yoki kechishdan oldingi homiladorlik bilan bog’liq holatlar:
homiladorlikning og’ir toksikozlari (qusish, nefropatiya, predeklampsiya holati
va eklampsiya); jinsiy a’zolardan qon ketish; homiladorlikning uzilishga xavf
borligi; homila atrofi qobig’ining shikastlanishi; bachadondan tashqari
homiladorlik; odatiy bola tashlashlar; ko’p suv yig’ilganligi; anamnezida o’lik
bola tug’ilganligi; xurujli qorinda og’riq;
homiladorlikning somatik og’ir kechishi bilan bog’liq holatlar: o’tkir va jadal
kechuvchi surunkali yurak-tomir etishmovchiligi; yurak-tomir tizimi
kasalliklari dekompensatsiyasi; buyrak va jigar kasalliklarining faol kechishi;
qon kasalliklari; epilepsiya; to’r pardaning ko’chish xavfi.
Davolovchi gimnastika
Mashg’ulot sxemasi standart bo’lib, kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat.
Kirish qismi asosiy mushak guruhlari faollashtiruvchi mashqlardan iborat - yurishning
turli variantlari, oyoq-qo’llar bo’g’imlarida oddiy harakatlar. Asosiy qism -
individuallashtirilgan kompleks - nafas mashqlari, qorin, orqa, oyoqlar, tos tubi
mushaklariga mashqlar, oraliq va son mushaklari cho’ziluvchanligini oshiruvchi
mashqlar. Yakuniy qism oddiy mashqlar va bo’shashtirish uchun mashqlarni o’z
ichiga oladi.
Tashkillashtirish, guruhni tuzish va mashg’ulotlarni olib borishda homiladorlik
muddati e’tiborga olinadi.
I
trimestr (1-16 hafta)
. 16-haftada bachadon tubi qov birikmasidan 2 barmoq
yuqorida joylashgan bo’ladi, lekin u hali ham kichik tos bo’shlig’ida joylashadi. Bu
davrda homila bachadon bilan mustahkam aloqada bo’lmaydi, chunki yo’ldosh yaxshi
56
rivojlanmagan, bachadon miometriyasi va bo’g’imi g’ovaklik fonida uning yuqori
qo’zg’aluvchanligi belgilanadi. Bachadon jismoniy zo’riqishlarga juda sezgir.
Ayniqsa intensiv jismoniy mashqlar menstrual tsiklning birinchi 3 kunida xavfli.
Do'stlaringiz bilan baham: |