23
Sog'liqni saqlash tizimini huquqiy me'yoriy bazasini takomillashtirish
maqsadida O'zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga o'zgartirishlar va
qo'shimchalar kiritildi:
- “Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida”;
- “Davlat sanitariya nazorati to’g’risida”;
- “OITS kasalligini oldini olish to'g'risida”;
- “Dori - darmon va farmatsevtik faoliyat to'g'risida”;
- “Alkogolizm, narkomaniya yoki toksikomaniya bilan kasallangan
bemorlarni majburiy davolash to'g'risida”.
Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi
quyidagi qonunlari qabul
qilindi:
- “OIV virusi (OIV infeksiya) bilan chaqiriladigan kasalliklarni
oldini olish
to'g'risida”;
- “Narkotik moddalar va psixotrop dorilar to'g'risida”;
- “Fuqarolarga psixiatrik yordam to'g'risida”;
- “Aholisini sildan himoyalash to'g'risida”;
- “Donorlik, qon va uning komponentlari to'g'risida”.
Sog'liqni saqlash tizimining me'yoriy-xuhuqiy bazasini takomillashtirish o'z
navbatida barcha tizim organ va muassasalarining faoliyatini ta'minlovchi
hujjatlarni
ijtimoiy, iqtisodiy o'zgarishlarga mosligini ta'minlab berdi.
O'zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy gigiyena va sog'liqni
saqlashni tashkil
qilishni o'qitish programmasi quyidagi bo'limlarni o’z ichiga oladi:
1.Sog'liqni saqlashda nazariy asoslari va zaruriy ijtimoiy gigiyena
muammolari.
2. Aholi salomatligi holati va uni o'rganish usullari.
3.Sog'liqni saqlashni asosiy rivojlanish bosqichlari.
4. Aholiga tibbiy xizmatni tashkillashtirish.
5. Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug’urta.
6. Iqtisod, rejalashtirish va boshqarish masalalari.
Tibbiy o’quv yurtlarida aholi salomatligi va sog'liqni saqlashni
tashkillashtirish masalalarini o'rganishda avvalambor, mavjud usullaridan to'g'ri
foydalana bilishni taqazo etadi: tarixiy, statistik, iqtisodiy va boshqalar. Statistik
usul yordamida demografik ko'rsatkichlar, kasallanish, nogironlik va jismoniy
rivojlanganlik ko'rsatkichlari aniqlanadi. Buning uchun ularga ta'sir etuvchi
omillarni o'rganish kerak.
Aholi salomatligiga ta'sir etuvchi omillarga:
1)
biologik
(endogen)
2)
tashqi
muhit
3) ekologik
4)
ijtimoiy gigiyena va ijtimoiy - iqtisodiy (hayot tarzi) kiradi.
Sog'liqni saqlashni tashkillashtirishda, avvalambor, quyidagilarni bilish
lozim:
- tibbiy ta'minlanganlik holatni (tibbiy muassasalar bilan ta'minlanganlik,
ularning tarkibi, kadrlarning yetarliligi va ularni sifati).
24
-
asosiy direktiv hujjatlar, ya'ni aholi sog'lig'ini mustahkamlashga
qaratilgan
hujjatlarni o'rganish talab etiladi. Bunday hujjatlarga:
1) 1992 y. 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 40- moddasida aytilishicha: "Har
bir fuqaro malakali tibbiy
xizmatga huquqlidir".
2) 1996 yil 29 avgustdagi "O'zbekiston aholisi salomatligini muhofaza
qilish" va shu kabi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi buyruq va
farmoyishlari misol bo’la oladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va "
Do'stlaringiz bilan baham: