144
Bolalar shifoxanasida sog'lom bolalar bilan profilaktik ishlar
uz ichiga
uchastka pediatrii tomonidan profilaktik ko’rikni amalga oshirishni qamrab oladi,
bunda ota-onalarga bolalarni ovqatlantirish, jismoniy tarbiya, chiniqtirish va
boshqalar bo'yicha tavsifnomalar beriladi.
Labaratorik-tashxis kuzatuvlar, shifokor-mutaxasislar ko’rigini
tashkil etish
va uning salomatligiga xafli faktorlar mavjudligi go’dak yoshiga bog’liq.
Kompleks tibbiy ko’riklar o’tkazish kasalliklarni boshlang'ich davrida
aniqlash, o’z vaqtida davolashni olib borish va shu o’rinda surunkali rivojlanish
jarayonini oldini olish imkonini beradi.
Alohida e'tibor yil davomida 4 va undan ko'proq kasallanuvchi, 40 kundan
uzoqroq muddatli tez kasallanuvchi guruhiga taluqli bolalarga qaratilishi zarur,
chunki aynan shu bolalarda turli xildagi surunkali kasalliklar rivojlanadi. Tez va
uzoq muddatli kasallanuvchi bolalarni nazorat ostiga olishadi (f.
30/u)
va har bir
go’dak bilan alohida nafaqat profilaktik, umumsog'lomlashtirish, balki maxsus
davolash tadbirlari olib boriladi.
Salomatlik guruhining 3,4,5 guruhi bolalari ya'ni turli davrdagi surunkali
kasalliklari bor bolalar pediatr yoki mutaxasislar nazoratida bo’ladilar
va u yoki
bu patalogiyasiga qarab davolanib turadilar.
Dispanserizasiya ishining samaradorligi va nazoratdan chiqarish kriteriyasi
bo'lib bemorning umumiy holatining qoniqarliligi, yaxshi emosional ko’rinish,
uzoq barqaror doimiy harorat, klinik va rentgenologik kasalliklarining yo'qligi
hisoblanadi. Ushbu guruhga kiruvchi bemor bolalarni nazoratdan chiqarish
masalasi shaxsiy xal etiladi, ammo asosan bolalar umumiy salomatlik holati
yaxshilanishganidan ikki yildan so’ng amalga oshiriladi.
Sog'lom va kasal bolalar bilan olib boriladigan
profilaktika ishlari bu
ko’rgazmali va ishonchlilikka ega bo'lgan sanitariya-oqartuv ishlarini tashkil
etishdan iboratdir. Sanitariya - oqartuv ishlari bo'yicha
suxbatlar shifoxonada qabul
vaqtida, hamda uyga tashrifida va maxsus mashg’ulotlarda olib boriladi.
Sanitariya oqartuv ishlarini tashkil etishda "Sog'lom bola" xonasi katta rol'
uynaydi, bu yerda ota-onalarni sog'lom bolani tarbiyalash qoidalariga o’rgatiladi,
sog'lom xayot tarzi asoslari targ’ibot qilinadi. Tabiiyki, "sog'lom bola" xonasi
uslubiy materiallar, ko’rgazmali qurollar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.
Sog'lom bola xonasi ishining maxsus bo'limi maktabgacha va maktab
muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko’ruvchi bolalar bilan alohida tadbirlar
o’tkazishdan iborat bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: