Dispanserizasiya - bu sog'lomlar va bemorlarning salomatligini dinamikada
kuzatib boriladigan usul bo'lib, u kasallik belgilarini erta aniqlash, ro’yxatga olish,
kompleks davolash, yashash va mehnat sharoitlarida sog'lomlashtiruvchi
tadbirlarni tashkillashtirish, kasallik tarqalishini olidini olish, sog'lom turmush
tarzini targ’ib qilish maqsadida olib boriladi.
Shunday qilib uchastka vrach-terapevti ishini quyidagi bo'limlarga ajratish
mumkin:
1. Davolash:
- poliklinika va uyda terapevtik yordam ko'rsatish,;
- bemorlarni gospitalizasiya qilish;
- mehnat ekspertizasini tashkillashtirish;
- profilaktik ko’riklar;
- dispanserizasiya;
- yuqumli kasalliklarni aniqlash;
2. profilaktik:
- profilaktik ko’riklar uyushtirish;
- dispanserizasiya;
- sanitar-oqartuv ishlari
3. epidemiyaga qarshi tadbirlar:
- yuqumli kasalliklar o’chog’ini aniqlash;
- profilaktik emlashlarni tashkillashtirish;
4. tiklantiruvchi:
- salomatligini va mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |